Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga | IT specialist

#operatsion_tizim

Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz

Noutbuk foydalanuvchilari, uning ustki qismi yopilganida, tizim uyqu rejimiga o‘tishiga ko‘nikib qolganlar. Ushbu standart harakatni esa biz o‘z xohishimizga ko‘ra o‘zgartirishimiz mumkin.

Noutbuk (batareyasi) yangi bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilikda uni dastlab o‘chirib, keyin ustki qismini yopish odati bor, uyqu rejimi imkoniyatidan bexabar bo‘lsangiz, unda buni bilib qo‘yish zarar qilmaydi, buning noutbuk uchun ziyoni yo‘q.

Buning uchun Панель управления oynasini ekranga chaqiramiz (WIN + R → control → ENTER) va undagi Электропитание bo‘limiga o‘tamiz. Ushbu bo‘limga tezkor murojaat etish uchun WIN + R birikmasi yordamida Выполнить oynasini chaqirib, unga powercfg.cpl buyrug‘ini kiritgan holda ENTER'ni bosishimiz mumkin.

Oynaning chapki panelida Действие при закрытии крышки bandi ustiga bosing. Noutbukning batareya yoki elektr manbasidan quvvat olish mahalida, uning ustki qismi yopilgan taqdirda amalga oshishi kerak bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatib o‘ting.

Bunda noutbuk ishlashda davom etadigan qilish (Действие не требуется), uyqu (Сон) yoki gibernatsiya (Гибернация) rejimiga o‘tishi, o‘chirilishi (Завершение работы)ni sozlash mumkin.

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Windows 10’da gibernatsiya
• Gibernatsiya rejimini faollashtirish
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari
• Ekspert maslahati: ishlayotgan noutbukni qayerga qo‘yish xavfli?
• Qizib ketgan noutbuk o‘chib qolyapti: nima qilish kerak?
• Noutbukning to‘g‘ri sovutilishi uchun maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija