Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.07K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 100

2021-12-30 15:58:35 #telegram #unigram #android #iOS #masOS
#desktop

Reaksiyalar, sirli matn, xabarlar tarjimasi va QR-kodlar

Android, iOS, macOS va Unigram mijozi uchun Telegram 8.4 versiyasiga, Telegram Desktop – 3.4 versiyasiga qadar yangilandi.

Xabarlarga nisbatan reaksiyalar

• O‘z fikringizni ortiqcha xabarlarsiz ifodalay olishingiz uchun ba’zi interaktiv emodzilarni endi reaksiyalar ko‘rinishida qo‘llashingiz mumkin.
• “Yuqoriga qaratilgan bosh barmoq” tezkor reaksiyasini yuborish uchun xabar ustiga ikki marta bosing.
• Boshqa reaksiyalarni tanlash uchun shunchaki xabar ustiga bosing.
• Tezkor reaksiya bildirish uchun emodzilarni Sozlamalarda o‘zgartirish mumkin (Android: Настройки чатов > Быстрая реакция. iOS: Стикеры и эмодзи > Быстрая реакция).
• Reaksiyalar shaxsiy dialoglarda qoida bo‘yicha ishlaydi, guruh va kanallarda ular dastlabki holatida nofaoldir – administratorlar ularga ruxsat berishi va aynan qaysi emodzilar chatda/kanalda qo‘llanilishi mumkinligini tanlashlari mumkin.
• Guruh va kanallar administratorlari reaksiyalarni guruh/kanallarining profillarida faollashtirishlari mumkin (Изменить > Реакции).

Spoylerlar (sirli matnlar)

• Siz kiritilgan matnning bir qismini belgilashingiz va uni berkitish uchun “Spoiler” formatlanishini qo‘llashingiz mumkin.
• Spoyler ortida berkitilgan matn na xabarlarda, na chatlar ro‘yxatida, na bildirishnomalarda ko‘rsatilmaydi.
• Berkitilgan matnni ko‘rish uchun, shunchaki uning ustiga teginish/bosish yetarlidir.

Xabarlar tarjimasi

• Endi siz ilovadan chiqmay turib har qanday xabarni o‘z tilingizga tarjima qilishingiz mumkin.
• Xabarlar matnini tarjima qilish imkoniyatini Настройки > Язык bo‘limida faollashtirishingiz mumkin.
• Xabarni tarjima qilish uchun uning ustiga bosing (iOS'da barmoq bilan ushlab turishga to‘g‘ri keladi) va ochilgan menyudan “Перевести” bandini tanlang.
• Sozlamalarda tarjima qilinishi lozim bo‘lmagan tillarni tanlash mumkin — ushbu tillardagi xabarlarda “Перевести” tugmasi berkitilgan bo‘ladi.
• Ushbu opsiyaning qurilmada ishlashi uchun iOS 15+ yoki Android'ning istalgan versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

Bezatish sozlamalari bilan QR-kodlar

• Ommaviy havolaga ega bo‘lgan istalgan profil, guruhli chat, kanal yoki bot uchun QR-kodni shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
• QR-kodni tezkor yaratish uchun foydalanuvchi yoki chat/kanal profilidagi ommaviy havola yonidagi yangi ikonka ustiga bosing hamda mos keluvchi ranglar va naqshni tanlang.
• Sozlamadan so‘ng kodni saqlash, chop etish, Telegram yoki boshqa ilovalar orqali yuborish mumkin.

Boshqa yangilanishlar

• macOS uchun Telegram'da sichqonchaning o‘ng tugmasi orqali chaqiriluvchi barcha menyular yangilandi: har bir menyu bandi uchun yaxshilangan navigatsiya va animatsiyali ikonkalar qo‘shildi.
• Telegram Desktop'da har bir kontekstli menyular bandlarining yon tomonida ikonkalar paydo bo‘ldi.
• Mobil mijozlar videoroliklar uchun yaxshilangan taym-kodlarni qabul qilib oldi.
• Ba’zi animatsiyali emodzilar endi ustiga bosilganida to‘liq ekranli effektlarga ega bo‘ldi, masalan: , , , , , , .
• Emodzi ustiga bosganingizda, agar unda ham chat oynasi faol bo‘lsa, suhbatdoshingiz effektni siz bilan bir vaqtda ko‘radi.

Batafsil ma’lumot uchun: telegram.org/blog/reactions-spoilers-translations/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

Manba: @tginfo

Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

@itspecuz | Mundarija
1.9K views12:58
Ochish/sharhlash
2021-12-30 12:30:00
#mulohaza_uchun #texnologiya

“Elektron qog‘oz” texnologiyasini qo‘llagan holda tayyorlangan raqamli ko‘ylaklar.

@itspecuz | Mundarija
2.3K views09:30
Ochish/sharhlash
2021-12-30 09:30:05 #internet #smartfon #operatsion_tizim

Qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatib o‘tirmasdan smartfon yoki kompyuterdagi fayllar bilan ishlash

Agar sizga tezkorlik bilan biror fayl yoki rasmni konvertlash (boshqa fayl turiga o‘girish), PDF hujjat yoki videoni tezkor tahrirlash/kesish kerak bo‘lib qolsa, smartfon yoki kompyuteringizga ilova va dasturlarni o‘rnatish uchun izlashga shoshilmang. Buning ancha qulay usuli mavjud.

Buning uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
1. TinyWow xizmatiga murojaat etamiz.
2. Mos keluvchi vositani tanlaymiz.
3. Faylni saytga yuklaymiz.
4. Ishlov berilgan faylni qurilmamizga yuklab olamiz.

Barchasi oddiy! Fayllaringiz borasida xavotir olmang, yuklab olingan, shuningdek yuklab olishga ulgurilmagan fayllar, saytga yuklangan onidan boshlab 15 daqiqa ichida serverlardan o‘chiriladi.

Manba: @tech_lifehacks

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
2.4K views06:30
Ochish/sharhlash
2021-12-30 06:30:19
#yangilik

Assalomu alaykum hurmatli do'stlar!
SIzlarni @sariqdev hamda @mohirdev loyihalari asoschisi Anvar Narzullayev bilan bo'ladigan Telegramdagi ilk suhbatimizga taklif etamiz. Suhbatda kamina ham bo'ladi

Suhbat mavzusi: Koreyada IT va ta'lim.

Vaqti: 1-yanvar shanba kuni, 18:00 (Toshkent vaqti bilan).

Barchangizni suhbatda kutib qolamiz. Savollaringizni hozirlab turing.

Do'stlar bilan ulashing

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | YouTube
2.1K views03:30
Ochish/sharhlash
2021-12-29 19:30:00 #operatsion_tizim #security

Windows brandmaueri (Firewall)ni o‘chirib qo‘yishning ikki usuli

Windows brandmaueri
(Брандмауэр Windows) — operatsion tizim tarkibida keluvchi bepul himoya vositasi. Ammo biror dasturni o‘rnatish paytida halaqit bermasligi yoki boshqa antivirus dasturiy ta’minoti bilan birgalikda ishlab, muammo yuzaga keltirmasligi uchun ba’zida uni o‘chirib turishga to‘g‘ri keladi.

Buni amalga oshirishning ikki usuli xususida so‘z yuritamiz:

. Пуск menyusining qidiruv satriga Брандмауэр Защитника Windows matnini kiritamiz va ushbu votita oynasini ekranga chaqiramiz. Oynaning chap panelida Включение и отключение брандмауэра Защитника Windows bandi ustiga bosamiz. Uni barcha tarmoqlar uchun o‘chirib qo‘yamiz.

. Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiring. Ushbu vositani o‘chirib qo‘yish uchun netsh advfirewall set allprofiles state off buyrug‘idan foydalaning. Vositani qayta faollashtirish uchun buyruqning oxiridagi off'ni on'ga o‘zgartiring.

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz
Windows 10'da yangilanishlarni qanday qilib vaqtinchalik to‘xtatib turish mumkin?
Windows'ga yangilanishlar kelib tushishi (Windows Update)ni faollashtirish
Windows Update haqida qiyosiy hazil
• Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
• Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-12-29 17:30:00
#mulohaza_uchun #texnologiya #IT_humor

Snack'larni tanovul qilishni xush ko‘ruvchi, biroq klaviaturadan qo‘lni uzib, boz ustiga qo‘lni kir qilishni xohlamagan kompyuter foydalanuvchilari uchun layfxak...

@itspecuz | Mundarija
1.7K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-12-29 14:30:00 #excel

Yacheykalardagi qoldirilgan izohlarni chop etish

Excel'da yacheykalarga kiritilgan ma’lumotlarni chop etishda ular ortida qoldirilgan izohlar inobatga olinmaydi, ammo buni uddalashning 2 usuli mavjud.

Buning uchun menyu satrining Разметка страницы varaqa (вкладка)siga o‘tish, Параметры страницы bo‘limining o‘ng pastki burchagidagi strelkacha ustiga bosish va ochilgan shu nomli muloqot oynasida Лист Примечания (и заметки) bandlari bo‘ylab o‘tish lozim.

Ushbu bosqichda siz ochiluvchi ro‘yxatdagi quyidagi ikki band orqali izohlarni qanday chop etish lozimligini tanlashingiz mumkin: В конце листа (izohlar sahifaning oxirida yoki alohida sahifada chop etiladi) yoki Как на листе (только заметки).

Manba: @hacks_excel

Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
2.0K viewsedited  11:30
Ochish/sharhlash
2021-12-29 12:10:00
#ict_news #telegram #muvaffaqiyatli_insonlar

Pavel Durovning boyligi yil davomida 3,43 dan 17,24 milliard AQSh dollarigacha o‘sdi, bu rossiyalik milliarderlar orasida besh baravar ko‘p – Forbes.

Nashr ushbu o‘sishni Telegram reytingi bilan bog‘laydi. 2021-yil mart oyida messenjer birinchi marta o‘z obligatsiyalarini joylashtirdi va 1 milliard AQSh dollaridan iborat mablag‘ni jalb etdi.

Manba: @tbite

Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Pavel Durov haqida postlar
• Bill Geyts haqida postlar
• Djeff Bezos haqida postlar
• Ilon Mask juda ajoyib xarakter egasi ekan
• Stiv Jobs haqida postlar
• Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
• Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar

@itspecuz | Mundarija
2.1K views09:10
Ochish/sharhlash
2021-12-29 09:30:07
#telegram

Telegram'ning Android uchun yangi funksiyalarini allaqachon sinab ko‘rishingiz mumkin

Messenjer jamoasi Android uchun mijozning yangi beta-versiyasini ishga tushirdi.

Kiritilgan yangilanishlarning qisqacha ro‘yxati:

— yangi yil uchun animatsiyalangan qorli mavzu paydo bo‘ldi, u ikki: kunduzgi va tungi variantlarda mavjud;
— xabarlarning Google bazasidagi ichki tarjimoni paydo bo‘ldi;
— xabarlarga reaksiyalar qo‘shilgan: 11 variantdagi turli reaksiyalar mavjud;
— endi xabarning bir qismini spoyler ortiga berkitish mumkin, undagi matn namoyon bo‘lishi uchun ustiga bosish lozim bo‘ladi;
— foydalanuvchilar va ommaviy kanallarning havolalari endi QR-kod ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.

Ushbu yangilanishlar haqida ilgari ham yozilgan edi. Batafsilroq rus tilidagi ushbu maqolada o‘qib ko‘rishingiz mumkin.

Manba: @d_code

Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

@itspecuz | Mundarija
2.2K viewsedited  06:30
Ochish/sharhlash
2021-12-28 19:10:00
#powerpoint

Shakl va uning tarkibidagi matn o‘lchamlarining proporsional o‘zgarishi sozlamasi

Agar shakl tarkibidagi matn hajmini o‘zgartirishga urinish vaqtida, matn o‘lchami kattalashib, shakl hajmi o‘zgarmasa, buni shaklga tegishli sozlamalar orqali to‘g‘rilasa bo‘ladi.

. Shaklning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyudan “Формат фигуры” bandi tanlanadi.

. Oynaning o‘ng tomonida yuzaga keluvchi panelda “Параметры текста” varaqa (вкладка)siga o‘tiladi.

. “Надпись” bo‘limi ostidagi “Подгонять размер фигуры под текст” bandining faollashtirilishi, shakl hajmining matn bilan proporsional o‘zgarishiga olib keladi.

. Agar shakl ichidagi matn tarkibidagi so‘zlar satrlar bo‘ylab siljishi sizga noqulaychilik tug‘dirsa, “Формат фигуры” paneli ostidagi “Переносить текст в фигуре по словам” bandini o‘chirib qo‘ying.

Bularning barchasi amalda .

Manba: @office_killer

Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K viewsedited  16:10
Ochish/sharhlash