Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.07K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 97

2022-01-04 11:30:54
#smartfon #android #rasmlar_bilan_ishlash

Colorize it - oq-qora rasmlarga avtomatik rang berish uchun neyron tarmoqlari va sun’iy intellekt uslublarini qo‘llovchi mobil ilova. Android 6.0+. Premium-versiya.

Colorize It Premium v1.1.8 mobil ilovasini yuklab olish.

Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

@itspecuz | Mundarija
2.3K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-01-04 09:05:02
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Mening dasturlash uslubim taxminan quyidagicha...

@itspecuz | Mundarija
2.4K views06:05
Ochish/sharhlash
2022-01-03 19:45:16 #bilasizmi #hardware #operatsion_tizim

HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?

Dastlab qaysi biri qanday tuzilgan va qay tariqa ishlashini ko‘rib chiqamiz:

HDD (Hard Disk Drive) – ma’lumot saqlashda elektrga bog‘liq bo‘lmagan qattiq (жесткий) disk. U bir necha metal disklardan tashkil topgan bo‘lib, ushbu metal disklar aylanishi hisobiga diskdan ma’lumotlar o‘qiladi.

SSD (Solid State Drive) – ma’lumot saqlashda elektrga bog‘liq bo‘lmagan qattiq (твердотельное устройство) qurilma yoki disk. U asosan mikrosxemadan tashkil topgan bo‘lib, ma’lumotlarni HDD kabi metall disklarda emas, balki flesh xotiralarda saqlaydi. Ishlash prinsipi bo‘yicha fleshkani eslatib yuborsa-da, biroq undan tezroq va ishonchliroqdir.

Endi ularning farqlari haqida to‘xtalib o‘tamiz:

Tezlik. SSD qurilmasi HDD'ga qaraganda tezroq ishlaydi, chunki u yerda mexanik aylanishlar bo‘lmaydi, barchasi mikrosxemalarda bajariladi.

Narx. HDD arzonroq, lekin SSD'larning ham narxlari tushib bormoqda.

Ishonchlilik. HDD'larda biror mexanik vaziyat (tushib ketish, biror nimaga urib olish) sodir bo‘lsa, ishdan chiqish ehtimoli juda katta (o‘z tajribamizda bo‘lgan vaziyat), SSD disklar ham jaaa buldozer emas, ular ham buziladi, lekin HDD'larda mavjud bo‘lgan mexanik disklar va ularni o‘quvchi kallaklar (головки) SSD'larda bo‘lmagani evaziga biroz ishonchliroqdir.

Shovqin. HDD disklarda metall distlar aylanganligi sababli shovqinli hisoblanadi, yuklama tushganda disklar aylanayotganini eshitishingiz ham mumkin.

Quvvat. SSD disklar kam quvvat talab qiladi, HDD disklarda esa metall disklarni katta tezlikda aylantirish uchun yaxshigina quvvat zarur.

Hajm. Hajm bo‘yicha ikkalasida ham muammo yoq desa ham bo‘ladi, turli xil variantlari bor, lekin shunday bo‘lsa-da, HDD'larda bu borada variant ko‘proq.

Form faktor (tashqi ko‘rinishi). SSD disklar HDD'ga qaraganda o‘lcham jihatidan kichikroq, yengilroq va olib yurish uchun ham qulaydir.

Ishlash davomiyligi. HDD disklar qandaydir mexanik ta’sirlar bo‘lmasa anchagacha ishlashi mumkin. SSD disklarga ma’lum bir marotabagacha yozish va o‘qish chegaralari bor, bu chegaralar uy kompyuteringizdagi SSD disklar uchun unchalik ahamiyatsiz, bu chegara asosan serverlar uchun muhimroqdir.

Asosiy farqlari shu, endi kimga qaysi birini tanlash kerakligiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak:

Geymerlar, ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchilar, dasturchilar, video va foto montajchilar va albatta o‘z kompyuterida tezkor ishlashni xohlovchilar uchun – SSD yaxshi variant.

Katta hajmdagi video fayllarni saqlovchilar, arxiv ma’lumotlari bilan ishlovchilar, videokuzatuv ma’lumotlarini saqlovchilar, asosan ofis ishlari bilan shug‘ullanuvchlar uchun ma’lumot saqlashda – HDD'dan foydalanish mumkin.

Optimal variant – aralash qilib ishlatish. Tizim tezroq yonishi uchun, uni SSD'ga o‘rnatib, ma’lumotlarni saqlash uchun HDD'dan foydalansa bo'ladi yoki montaj ishlari uchun SSD'ni tayinlab, qolgan dasturlarni HDD'ga o‘rnatish mumkin, bular endi o‘zingizdagi fantaziya, ish sharoiti va albatta moddiy imkoniyatlar bilan bog‘liq.

SSD tezligini tasavvur qilishingiz uchun misol: SSD disk orqali Windows'ni yuklasangiz HDD'ga nisbatan tizimingiz 5, 6 marotaba tezroq yuklanadi.

Kimga qaysi biri kerak degan savol nisbiy berilgan, mablag‘ bo‘lsa istalgan odam uchun SSD qulay. Bunda bitta farq – ma’lumotlar bazasi bilan (serverlarda) ishlashda tanlov ustida shoshmagan ma’qul, chunki yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, SSD disklarda yozish chegarasi mavjud.

Manba: @planetait

P.S.: Xo‘sh, sizchi, shaxsiy kompyuter yoki noutbukingizda ushbu qurilmalarning qaysi biridan foydalanasiz?

Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
1.3K views16:45
Ochish/sharhlash
2022-01-03 17:31:02
#bilasizmi #game #dasturlash

Olamga mashhur “Tetris” o‘yini 1984-yil 6-iyun kuni, o‘sha paytlar Sovet Ittifoqi Fanlar akademiyasi Hisoblash markazi dasturchisi Aleksey Pajitnov tomonidan yaratilgan.

Ushbu o‘yin dastlab o‘zining maxsus gadjetlari ko‘rinishida, keyinchalik tugmachali telefonlarda va katta sensorli ekranlarda paydo bo‘lib, hali hanuz o‘ynalib kelinmoqda, boshqa shu kabi qiziqarli o‘yinlar yaratilishiga turtki bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa ham ajabmas.

O‘yin yaratishni endigina boshlayotgan dasturchilar, ushbu mashaqqatli sohani o‘zlashtirish maqsadida, soddaroq bo‘lgani bois o‘z faoliyatlarini aynan shu kabi o‘yinlarning kodini tahlil qilishdan boshlashadi.

P.S.: Ushbu o‘yinni, uning dastlabki ko‘rinishlaridagi gadjetlarda o‘ynab ko‘rganmisiz?

@itspecuz | Mundarija
1.7K views14:31
Ochish/sharhlash
2022-01-03 15:10:18
#mulohaza_uchun #texnologiya #IT_humor

Tabiat (arxar) va texnologiya (dron) to‘qnashuvi...

P.S.: Qanday ajoyib tasvir hosil bo‘layotgan ediya... Bunga nima sabab bo‘lgan deb o‘ylaysiz, operatorning tajribasizligimi yoki drondagi nosozlik?

@itspecuz | Mundarija
1.9K views12:10
Ochish/sharhlash
2022-01-03 12:40:12
#smartfon #android #game

Plants vs. Zombies — o‘simliklar va zombilar qarama-qarshiligi haqidagi mashhur kazual o‘yinlar seriyasining eng dastlabki qismi. Android 4.1+. Kungaboqarlar ko‘proq energiya beradi; ko‘plab tangalar.

Plants vs Zombies Mod v2.9.08 mobil o‘yinini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Angry Birds mobil o‘yini
• Subway Surfers mobil o‘yini
• O‘yin haqida IT-hazil
• Tap Tap Dash mobil o‘yini
• Numpuz mobil o‘yini
• Geometry Dash World mobil o‘yini
• O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
• Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish
• Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!
• Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin
• Barcha geymerlar uchun qadrdon bo‘lishga ulgurgan Counter Strike o‘yini kodlari
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
2.2K views09:40
Ochish/sharhlash
2022-01-03 10:20:53
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim

Ushbu tovushlarni eslay olasizmi?

@itspecuz | Mundarija
2.2K views07:20
Ochish/sharhlash
2022-01-03 07:25:31 #maslahat #learn_english_with_software #bilasizmi

Assalomu alaykum tilshunos do‘stlar, sizlarning e’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz:

Kompyuter dasturlari:

01. Straighforward Macmillan Beginner;
02. Straighforward Macmillan Elementary;
03. Straighforward Macmillan Pre-Intermediate;
04. Straighforward Macmillan Intermediate;
05. Straighforward Macmillan Upper Intermediate;
06. Straighforward Macmillan Advanced;
07. Basic Grammar in Use, Third Edition;
08. Cambridge Advanced Learners Dictionary;
09. ABBYY Lingvo x6 Pro (Ru-En, En-Ru lug‘at);
10. Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar.

Mobil ilovalar:

01. Duolingo;
02. Drops;
03. Memrise;
04. Полиглот 16/32 va boshqalar;
05. English LinDuo;
06. Rosetta Stone;
07. Lingvist;
08. IELTS Test;
09. English Level Checker;
10. English Tenses;
11. English Grammar in Use;
12. 4 pics 1 word;
13. Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar;
Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar:

• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar;
• List of English & IELTS Channels to follow
• Top 10 onlayn lug‘atlar;
• Uz-En, En-Uz lug‘at;
• O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at;
• Filmdan parchani topish va yuklab olish;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak;
• Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?;
• Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru);
• Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?;
• Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi;
• Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin;
• Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar;
• Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting;
• Bu shunchaki imtihon!
• Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi?
• Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin.
• Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi?
• Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat;
• “Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat;
• IELTS va TOEFL nima farqi bor?
• Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi?
• Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin?
• Ingliz tilini o‘zlashtirishga ko‘mak beruvchi 10 ta film

Hamkor kanal: @Kompyuter_Akademiyasi

Ushbu postimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!”

@itspecuz | Mundarija
2.4K views04:25
Ochish/sharhlash
2022-01-02 22:30:13
#mulohaza_uchun #telegramda_kanal_yuritish #IT_humor

Kanalga biror qiziqarli post tushgani zahoti ba’zi adminchalar...

P.S.: “Hech bo‘lmasa ukajon, manbani ko‘rsatib ket!” deydigan odam yo‘q...

@itspecuz | Mundarija
708 viewsedited  19:30
Ochish/sharhlash
2022-01-02 18:31:26 #operatsion_tizim

Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati (1)

Operatsion tizimning qulay interfeysi tufayli hamma ham buyruq satri (Командная строка)ning imkoniyatlari haqida bilmaydi. Odatda buyruq satri yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ba’zi xatoliklarni tuzatish uchun qo‘llaniladi (shunda ham kompyuterda uncha-muncha ishlash tajribasi bor foydalanuvchilar tomonidan).

Buyruq satri bo‘yicha video ko‘rsatmani ushbu postimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ushbu maqolada Windows'ning konsol oynasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati qisqa izohi bilan keltiriladi. Buyruqlarning aksariyati ma’lum parametrlar bilan bajarilishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun buyruqning o‘zidan keyin funksiya bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish uchun /? belgilari kiritiladi.

Masalan, PING buyrug‘i ulanishning butligi va sifatini tekshiradi. Konsolga PING /? ni yuborib, biz buyruqning turli parametrlari bo‘yicha ma’lumotnomaga ega bo‘lamiz.

• ASSOC – fayl nomi kengaytmalari bo‘yicha solishtirmalarni chiqarish yoki o‘zgartirish
• ATTRIB – fayl atributlarini ko‘rsatish yoki o‘zgartirish
• BREAK – CTRL + C klavishlari kombinatsiyasini qayta ishlash rejimini faollashtirish yoki o‘chirib qo‘yish
• BCDEDIT – boshlang‘ich yuklanmani boshqarish uchun yuklanma ma’lumotlar bazasida xususiyatlarni belgilaydi
• CACLS – fayllarga murojaatni boshqarish ro‘yxatlari (ACL)ni ko‘rsatish va tahrirlash
• CALL – bir paketli faylni boshqasidan turib chaqirish
• CD – joriy papkaning nomini chiqarish yoki uni o‘zgartirish
• CHCP – faol kod sahifasini chiqarish yoki o‘rnatish/sozlash
• CHDIR – joriy papkaning nomini chiqarish yoki uni o‘zgartirish
• CHKDSK – diskni tekshirish va statistikani chiqarish
• CHKNTFS – yuklanish vaqtida disk tekshirilishi bajarilishini ko‘rsatish yoki o‘zgartirish
• CLS – buyruq satri oynasini yozuvlardan tozalash
• CMD – buyruq satrlari interpretatorining yana birini ishga tushirish
• COLOR – qoida bo‘yicha qo‘llanilayotgan oldingi plan (matn) va fon ranglarini o‘rnatish/sozlash
• COMP – ikki fayl yoki ikki fayllar to‘plamlari tarkibini solishtirish
• COMPACT – NTFS bo‘lim (раздел)larida fayllar siqilishini ko‘rsatish va o‘zgartirish
• CONVERT – FAT tom (fayl tizim)ini NTFS'ga o‘zgartirish
• COPY – bir yoki bir nechta fayllarni boshqa joyga nusxalab o‘tkazish
• DATE – joriy sanani chiqarish yoki o‘rnatish/sozlash
• DEL – bir yoki bir nechta fayllarni o‘chirish
• DIR – ko‘rsatilgan papka tarkibidagi fayllar va ichki papkalar ro‘yxatini ko‘rsatish
• DISKPART – disk bo‘lim (раздел)i xususiyatlarini ko‘rsatadi yoki sozlaydi
• DOSKEY – buyruq satrlarini tahrirlaydi, makroslar yaratadi va Windows 10 buyruqlarini qayta chaqiradi
• DISM – Windows 10 obrazlarida komponentlar va paketlarni sanab o‘tadi, o‘rnatadi, o‘chiradi, sozlaydi va yangilaydi
• DRIVERQUERY – qurilma drayverining joriy holati va xususiyatlarini ko‘rsatadi
• ECHO – xabarlarni ko‘rsatadi va ekranda buyruqlarni ko‘rsatish rejimini o‘zgartiradi

Ushbu maqolaning 2-qismi | 3-qismi

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
1.6K views15:31
Ochish/sharhlash