Get Mystery Box with random crypto!

#telegram #unigram #android #iOS #masOS #desktop Reaksiyala | IT specialist

#telegram #unigram #android #iOS #masOS
#desktop

Reaksiyalar, sirli matn, xabarlar tarjimasi va QR-kodlar

Android, iOS, macOS va Unigram mijozi uchun Telegram 8.4 versiyasiga, Telegram Desktop – 3.4 versiyasiga qadar yangilandi.

Xabarlarga nisbatan reaksiyalar

• O‘z fikringizni ortiqcha xabarlarsiz ifodalay olishingiz uchun ba’zi interaktiv emodzilarni endi reaksiyalar ko‘rinishida qo‘llashingiz mumkin.
• “Yuqoriga qaratilgan bosh barmoq” tezkor reaksiyasini yuborish uchun xabar ustiga ikki marta bosing.
• Boshqa reaksiyalarni tanlash uchun shunchaki xabar ustiga bosing.
• Tezkor reaksiya bildirish uchun emodzilarni Sozlamalarda o‘zgartirish mumkin (Android: Настройки чатов > Быстрая реакция. iOS: Стикеры и эмодзи > Быстрая реакция).
• Reaksiyalar shaxsiy dialoglarda qoida bo‘yicha ishlaydi, guruh va kanallarda ular dastlabki holatida nofaoldir – administratorlar ularga ruxsat berishi va aynan qaysi emodzilar chatda/kanalda qo‘llanilishi mumkinligini tanlashlari mumkin.
• Guruh va kanallar administratorlari reaksiyalarni guruh/kanallarining profillarida faollashtirishlari mumkin (Изменить > Реакции).

Spoylerlar (sirli matnlar)

• Siz kiritilgan matnning bir qismini belgilashingiz va uni berkitish uchun “Spoiler” formatlanishini qo‘llashingiz mumkin.
• Spoyler ortida berkitilgan matn na xabarlarda, na chatlar ro‘yxatida, na bildirishnomalarda ko‘rsatilmaydi.
• Berkitilgan matnni ko‘rish uchun, shunchaki uning ustiga teginish/bosish yetarlidir.

Xabarlar tarjimasi

• Endi siz ilovadan chiqmay turib har qanday xabarni o‘z tilingizga tarjima qilishingiz mumkin.
• Xabarlar matnini tarjima qilish imkoniyatini Настройки > Язык bo‘limida faollashtirishingiz mumkin.
• Xabarni tarjima qilish uchun uning ustiga bosing (iOS'da barmoq bilan ushlab turishga to‘g‘ri keladi) va ochilgan menyudan “Перевести” bandini tanlang.
• Sozlamalarda tarjima qilinishi lozim bo‘lmagan tillarni tanlash mumkin — ushbu tillardagi xabarlarda “Перевести” tugmasi berkitilgan bo‘ladi.
• Ushbu opsiyaning qurilmada ishlashi uchun iOS 15+ yoki Android'ning istalgan versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

Bezatish sozlamalari bilan QR-kodlar

• Ommaviy havolaga ega bo‘lgan istalgan profil, guruhli chat, kanal yoki bot uchun QR-kodni shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
• QR-kodni tezkor yaratish uchun foydalanuvchi yoki chat/kanal profilidagi ommaviy havola yonidagi yangi ikonka ustiga bosing hamda mos keluvchi ranglar va naqshni tanlang.
• Sozlamadan so‘ng kodni saqlash, chop etish, Telegram yoki boshqa ilovalar orqali yuborish mumkin.

Boshqa yangilanishlar

• macOS uchun Telegram'da sichqonchaning o‘ng tugmasi orqali chaqiriluvchi barcha menyular yangilandi: har bir menyu bandi uchun yaxshilangan navigatsiya va animatsiyali ikonkalar qo‘shildi.
• Telegram Desktop'da har bir kontekstli menyular bandlarining yon tomonida ikonkalar paydo bo‘ldi.
• Mobil mijozlar videoroliklar uchun yaxshilangan taym-kodlarni qabul qilib oldi.
• Ba’zi animatsiyali emodzilar endi ustiga bosilganida to‘liq ekranli effektlarga ega bo‘ldi, masalan: , , , , , , .
• Emodzi ustiga bosganingizda, agar unda ham chat oynasi faol bo‘lsa, suhbatdoshingiz effektni siz bilan bir vaqtda ko‘radi.

Batafsil ma’lumot uchun: telegram.org/blog/reactions-spoilers-translations/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

Manba: @tginfo

Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

@itspecuz | Mundarija