Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.07K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 101

2021-12-28 16:10:00 #rasm_bilan_ishlash #internet #maslahat

Neyrotarmoq yordamida oq-qora fotosuratlarni rangli ko‘rinishga keltirish

Bunda bizga ushbu sayt yordam berishi mumkin.

Foydalanish uchun shunchaki havola bo‘ylab o‘ting, fotosuratni tanlang va neyrotarmoqlar tiklash (реставрация) jarayonini boshlaydi. Olingan tasvir darhol bulutli papkaga yuborilishi yoki qurilmaga yuklab olinishi mumkin.

Neyrotarmoq fotosuratlarda uchraydigan barcha obyektlarning tashqi ko‘rinishini eslab qoladi va ularni xotirada saqlagan holda, keyinchalik tasvirdagi yetishmayotgan obyektlarni aniqlaydi va ularni qo‘shimcha qilib chizadi.

Manba: @guide_it

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
1.6K viewsedited  13:10
Ochish/sharhlash
2021-12-28 13:10:00
#mulohaza_uchun #texnologiya #ict_news

AQShda avtopilotda ketayotgan Tesla avtomobilining old o‘rindig‘ida ayol bolani dunyoga keltirdi

Er-xotin yo‘lda ketayotib, tirbandlikka tushib qolgan vaziyatida 33 yoshli Yiran Sherrining tug‘ruqi boshlanib qoladi. Ayolning turmush o‘rtog‘i avtopilotni faollashtirgan holda undan tug‘ruqni qabul qilishga kirishadi.

Qizaloq kasalxonaga yetib kelish dunyoga kelgan.

Manba: @Znaltg

Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Tesla kompaniyasi logotipi haqida
• Tesla avtomobili ostki qismining ko‘rinishi
• Tesla elektromobili mustaqil harakati vaqtida atrofini “ko‘rishi”
• Tesla o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirmoqda!
• Ilon Mask haqida post

@itspecuz | Mundarija
2.0K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-28 10:10:00 #operatsion_tizim #software #security

Virusga duch kelish ehtimolini qanday bartaraf etish mumkin?

Notanish dastur yoki havolani ishga tushirganda, uning ortida qandaydir virus yashiringan bo‘lishi mumkinligini hech qachon istisno etib bo‘lmaydi.

Bunda o‘z xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida Sandboxie ilovasini o‘rnatishingiz mumkin. Bu maxsus “qum maydoni” (Песочница) bo‘lib, u orqali ishga tushirilgan har qanday soft (dastur) tizim fayllari, Windows reyestriga murojaat eta olmaydi, tizimga qandaydir o‘zgartirish kiritish yoki zarar yetkazish xavfining oldi olinadi.

Ushbu tarzda siz faylni tahdidlarga qarshi tekshirishingiz va muammo mavjud bo‘lmasa, uni operatsion tizimning o‘zi orqali ishga tushiringingiz mumkin.

Sandboxie v5.53.2 dasturini yuklab olish.

Manba: @trojan_anonym

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
2.0K views07:10
Ochish/sharhlash
2021-12-28 07:10:11 #mulohaza_uchun

DONO FIKRLAR: Doktor Abdul Qalam fikrlari

Avur Pakir Djaynulabdin Abdul Qalam (1932-2015) – hind olimi, fan va jamoat arbobi. Doktor Abdul Qalam Hindiston Respublikasining 11-prezidenti bo‘lib, 2002-2007 yillarda faoliyat ko‘rsatgan. Oddiy qayiqchining o‘g‘lidan prezidentlik darajasigacha erishgan olim mamlakat yoshlarining ilmiy-ma’naviy yo‘lboshchisi, mehnat muvaffaqiyatga erishtirishini isbotlay olgan. Quyida uning iqtiboslaridan namunalarni o‘qib bahra oling:

“Orzu ushalishidan oldin sen orzu qilishga odatlanishing kerak. Ammo unutma: orzu qilish – hayollarni tushda ko‘rish degani emas, balki bu odamga uyqu bermaydigan jarayondir”.

* * *

“Maqsad yo‘lida omadga erishishning yagona yo‘li – sobitqadamlikdir”.

* * *

“Erkak kishi muvaffaqiyatidan huzurlanishi uchun mashaqqatlarga ro‘baro‘ kelishi kerak. Mehnat azobi muvaffaqiyatning hozirligidan nishona”.

* * *

“Kimgadir zarba berish uni mag‘lub qilishni anglatmaydi. G‘alaba insonning ko‘nglidan joy olish bilan belgilanar ekan, kimgadir dushmanligimizdan ma’ni yo‘qdir”.

* * *

“Bizning farzandlarimiz ertaga farovon yashashi uchun biz bugunimizni qurbon qilishga ikkilanmaylik”.

* * *

“Ozod bo‘lmagan millatni ham, insonni ham hech kim hurmatga munosib ko‘rmaydi. Avvalo, biz ozodlikka shuning uchun muhtojmiz”.

* * *

“Hayotdagi mashaqqatlar bizni xarob qilish uchun emas, o‘zimizning yashirin salohiyat va imkoniyatimizni anglash uchun bizga to‘qnash keladi. Mashaqqatlarga mukammal inson ekanligingizni bildirib qo‘ying”.

* * *

“Quyoshdek porlamoq uchun quyoshdek nur sochishni bilish kerak”.

* * *

“Qalbi yuksak insonlar uchun din, bu – do‘stlar orttirish, osuda yashash vositasi. Mayda odamlar esa dinni dahshatli qurolga aylantirishadi”.

* * *

“Kichik maqsad ham go‘yo bir jinoyat – o‘zingga qarshi jinoyat. Doimo o‘zingga munosib baho ber va kichik emas, yuksak cho‘qqini ko‘zla”.

* * *

“To‘g‘ri, men kelishgan odam emasman. Lekin kelisha oladigan odamman. Go‘zallik yuzda emas, ko‘ngilda bo‘ladi”.

* * *

“Modomiki mamlakat korrupsiyadan holi, go‘zal tafakkurli insonlar jamiyatini qurishni xohlar ekan, men buni jamiyatning uchta a’zosi amalga oshirishiga qattiq ishonaman. Ular – ota-ona va o‘qituvchi”.

* * *

“Yaratgan ham tinimsiz mehnat qiladiganlarga yordam berishini tushunib yetgan bo‘lsang kerak. Bu hayotning eng yorqin qoidasi”.

* * *

“Kelajagingni o‘zgartirishga qodir emasdirsan, lekin fe’l-atvor, odatlaringni o‘zgartirish qo‘lingdan keladi. Bu esa o‘z navbatida kelajagingni o‘zgartiradi”.

* * *

“Yomg‘ir yog‘ishi bilan qushlar iniga, pana-pasqamga shoshsa, burgutlargina bulut tepasiga parvoz qiladilar. Xulosa: muammolar bir xil, unga yechim topish yoki topa olmaslik fe’l-atvorga bog‘liq”.

* * *

“Muvaffaqiyatga bag‘ishlangan hikoyalarni o‘qimang: ularning maktubdan farqi yo‘q. Siz muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarning hayotini o‘rganing: ular xulosa chiqarishingizga sababchi bo‘lishadi”.

* * *

“Modomiki buyuk bo‘lishni istar ekansan, avvalo millating buyukligi yo‘lida xizmat qil”.

Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

@itspecuz | Mundarija
2.2K views04:10
Ochish/sharhlash
2021-12-27 19:30:37 #operatsion_tizim #security

Windows ishchi stoli (Рабочий стол)da ilovalar yorliqlarini qanday berkitish mumkin?

Siz do‘stingiz uchun kompyuterida “syurpriz” qilmoqchimisiz? Yoki mehmonlar bilan birga keluvchi bolalarning kompyuteringizga yaqinlashib, u-bu kerakli ma’lumotlaringizni o‘chirib yuborishi ehtimolini oldini olmoqchimisiz? Unda Windows'ingizning ishchi stolidagi ilovalarni ishga tushiruvchi belgilarni berkitib qo‘yishingiz mumkin.

Agar astoydil hazillashmoqchi bo‘lsangiz, unda ekrandan Printscreen olib, ilovalar yorliqlarining joriy holatini rasm ko‘rinishida saqlashingiz va ushbu rasmni fon rasmi sifatida o‘rnatib qo‘yishingiz mumkin!

Shunday qilib, ushbu usul orqali “o‘lik belgilar” effektiga erishish mumkin, ular ko‘rinib turadi, biroq ish bermaydi. Ko‘pchilik kompyuter qotib qolgan, degan hayolga borib, nima qilishni ham bilmay turaveradi. Ushbu maqolada buni Windows XP, 7 va 10 versiyalarida qanday amalga oshirilishi xususida to‘xtalib o‘tamiz.

Batafsil...

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows uchun Fences dasturi
• Windows 10’da virtual ishchi stollari o‘rtasida tezkor o‘tish
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-12-27 17:30:00
#mulohaza_uchun #texnologiya #hardware

Kanalimizda ilgari so‘z yuritilgan Ameca gumanoid roboti shaxsiy hududini buzmaslik lozimligini talab etdi. Sinovlar davomida u avvaliga yuziga tegishlarini yoqtirmasligini mimika (yuzdagi imo-ishoralar) bilan ko‘rsatdi, so‘ngra o‘zi insonning qo‘lidan ushlab, chetga tortdi.

@itspecuz | Mundarija
1.7K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-12-27 15:10:28 #internet

Videoning muayyan qismiga o‘tish (raqamlar umumiy davomiylikning 0 - 90% qismiga mos tarzda bosiladi):
— 0 - 9;

Oldingi / keyingi videoga o‘tish:
— SHIFT + P (SHIFT + N);

Videoni 10 soniya orqaga / oldinga o‘tkazish:
— J (L)

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube qaynoq klavishlari

@itspecuz | Mundarija
2.0K views12:10
Ochish/sharhlash
2021-12-27 12:10:00 #operatsion_tizim #security

“Корзина”ni tozalab o‘tirmasdan faylni tezkor o‘chirish

Barchaga tanish fakt: faylni o‘chirganimizda, u “Корзина” nomli obyektga borib tushadi. Keyingi harakat — ushbu maxsus tizim papkasi tarkibini tozalashdir. Faqat shundagina xotira to‘liq bo‘shaydi! Ha, ushbu sharoitda ham faylni tiklashning iloji bor, — va biz ushbu opsiyaning oldini olish xususida kanalimizda so‘z yuritgan edik, — lekin bugungi post boshqa mavzuda.

Bir layfxak mavjud — faylni “Корзина”ni tozalab o‘tirmasdan o‘chirish mumkin. Darhol va butunlay, ya’ni uni ishga tushirib, “Очистить корзину” bandini tanlash va hkz. harakatlarni bajarib o‘tirmasdan! Xavfsizlik nuqtai nazaridan, fayl foydalanuvchi tomonidan ikkilanish tufayli vaqtinchalik o‘chirilgan bo‘lsa, “Корзина” tiklash uchun zo‘r vositadi. Biroq fayl ikkilanishsiz, butunlay o‘chirilayotgan bo‘lsa, kerakli fayl/papka(lar)ni tanlaymiz → нажимаем SHIFT + DEL klavishlari birikmasini → va so‘ngra “OK” tugmasini bosamiz. Tayyor! Ma’lumotlar kompyuterdan butunlay o‘chiriladi, qariyb butunlay...

Yana bir bor ta’kidlab o‘tamiz: Hattoki “Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni ham tiklashning iloji bor. Agarda sizning kompyuteringiz ilg‘or foydalanuvchining maqsadiga aylansa, u maxfiy ma’lumotlarni ajratib olishi mumkin. Bu holat esa yoqimli emasligi aniq! Shuning uchun maslahatimiz: CyberShredder'dan foydalaning.

Manba: @mcrosoft

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• “Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
• Tiklash mavzusiga doir barcha postlarimiz ro‘yxati.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
2.2K views09:10
Ochish/sharhlash
2021-12-27 09:30:05
#mulohaza_uchun #internet #software #IT_humor

“Internet Explorer” menga asosiy brauzer bo‘lish uchun so‘rov yuborganida...

P.S.: Ushbu holatga yana bir qiyosiy hazil.

@itspecuz | Mundarija
2.3K views06:30
Ochish/sharhlash
2021-12-27 07:10:08 #mulohaza_uchun

IBRATLI HIKOYA: Yaxshilik zanjiri

Chamasi o‘n bir yoshlardagi bu sotuvchi bolakayning ismi Hovard. Shu mavzeda ko‘pchilik uni yaxshi taniydi. Hovard dam olish va ta’til kunlari ko‘chama-ko‘cha, eshikma-eshik onasi tayyorlab bergan pishiriqlarni sotib, ro‘zg‘orga va o‘qishiga pul jamg‘aradi.

Jazirama kunlarning birida tushdan keyin Hovard nimadir sotish ilinjida navbatdagi eshikni taqillatdi. Eshik ochilishi bilan u qarshisidagi ayolni ham ilg‘amasdan hushidan ketibdi.

Bolakay ko‘zini ochganida o‘zini yumshoq o‘rinda ko‘rdi. Qarshisidagi begona ayolning mehrga to‘la nigohidan taskin oldi. Ayolning ham iyagining o‘ngrog‘ida onasinikiga o‘xshagan bir chaqalik tangadek qop-qora xoli borligi bolaning e’tiborini tortdi. Go‘dakning holsizlanganini ko‘rgan ayol unga bir stakan salqin ayron tutqazdi.

Shu vaqtga qadar hayotni pul bilan o‘lchagan bola uyni tark etar mahali ayoldan ayronning narxini so‘radi. “Ota-onam menga mehring va e’tiboringni hech qachon pullamagin”, deb o‘rgatishgan, dedi mehribon ayol tabassum bilan.

“Unday bo‘lsa, sizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman, xonim”, dedi Hovard xijolatdan ko‘zlarini olib qochib. Bolakay bu xonadonni tark etayotganda uning Yaratganga va odamlarga bo‘lgan e’tiqodi yuksalgan edi.

Oradan yillar o‘tdi. Bir kuni AQShning ko‘zga ko‘ringan shifokorlaridan hisoblanmish Hovard Artvud Kelli huzuriga og‘ir ahvolda bir ayolni olib kelishdi. Bemor ayollarda kamdan-kam uchraydigan, professor Hovard Kelli tadqiq qilgan kasallikka chalingan ekan. Bemorni ko‘zdan kechirayotib uning iyagi o‘ngrog‘ida joylashgan xol doktorning e’tiborini tortdi. Hovard Kelli holsizlanib qolgan ayolga diqqat bilan razm soldi...

Professor bir oy davomida bemorni oyoqqa turg‘azish uchun bor mahoratini ishga soldi. Undan har kuni shaxsan o‘zi xabar olib turdi. Nihoyat, keksa onaxon oyoqqa turdi. So‘nggi kun qo‘lidagi to‘lov chekiga xavotir bilan nazar solgan ayolning ko‘zlarida hayrat porlardi.

Chekda “Bizda mehr pullanmaydi. Binobarin, barcha xarajatlar bir stakan ayron bilan to‘langan!” deb yozilgan, ostiga bolaligida onasiga o‘xshash ayolga mehri tushgan doktor Hovard Kelli imzo qo‘ygan edi.

Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

@itspecuz | Mundarija
2.3K views04:10
Ochish/sharhlash