Get Mystery Box with random crypto!

#powerpoint Shakl va uning tarkibidagi matn o‘lchamlarining | IT specialist

#powerpoint

Shakl va uning tarkibidagi matn o‘lchamlarining proporsional o‘zgarishi sozlamasi

Agar shakl tarkibidagi matn hajmini o‘zgartirishga urinish vaqtida, matn o‘lchami kattalashib, shakl hajmi o‘zgarmasa, buni shaklga tegishli sozlamalar orqali to‘g‘rilasa bo‘ladi.

. Shaklning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyudan “Формат фигуры” bandi tanlanadi.

. Oynaning o‘ng tomonida yuzaga keluvchi panelda “Параметры текста” varaqa (вкладка)siga o‘tiladi.

. “Надпись” bo‘limi ostidagi “Подгонять размер фигуры под текст” bandining faollashtirilishi, shakl hajmining matn bilan proporsional o‘zgarishiga olib keladi.

. Agar shakl ichidagi matn tarkibidagi so‘zlar satrlar bo‘ylab siljishi sizga noqulaychilik tug‘dirsa, “Формат фигуры” paneli ostidagi “Переносить текст в фигуре по словам” bandini o‘chirib qo‘ying.

Bularning barchasi amalda .

Manba: @office_killer

Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

@itspecuz | Mundarija