Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 103

2021-12-25 12:31:19
#mulohaza_uchun #it_humor

Klaviaturada aniq qancha klavishlar borligini faqat ularni yaxshilab yuvib-artayotganingda anglar ekansan...

Manba: @solonabiraem

Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun tavsiya etiladi:
• СОЛО на клавиатуре kompyuter dasturi

@itspecuz | Mundarija
2.0K views09:31
Ochish/sharhlash
2021-12-25 10:45:02
#smartfon #android

AZ Screen Recorder — ekrandan videoni yozib olish va tahrirlash uchun maxsus ilova. Android'ning 5.0 va undan yuqori talqinlarida ishlaydi. Premium-versiya.

AZ Screen Recorder Premium v5.8.3 mobil ilovasini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• ADV Screen Recorder mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
2.2K views07:45
Ochish/sharhlash
2021-12-24 19:10:00 #operatsion_tizim

Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish

Bunda bizga hattoki eski tizimlarda ham qulay ishlash imkonini taqdim etuvchi ShiftDown yordamchi dasturi yordamga keladi.

Dasturni o‘rnatish tartibi quyidagicha:

. Uni GitHub'dan yuklab oling va qattiq diskning operatsion tizim o‘rnatilgan qismiga (odatda bu C diski) joylashtiring.

. Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiring.

. Выполните команду sc.exe create ShiftDown binpath="С:shiftdown.exe" start=auto.

. Yangi xizmatni ishga tushirish uchun sc.exe start ShiftDown buyrug‘ini ishga tushiring (Copy/Paste, Enter).

Ushbu harakatlar bajarilganidan keyin ShiftDown tizim ishga tushishi bilan birga avtomatik ravishda faollashadigan bo‘lib sozlanadi — u protsessorga yuklamani kamaytirish uchun ishga tushirilgan jarayonlar uchun prioritetlarni o‘zgartirib turadi.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Windows'da bajarilayotgan jarayon uchun prioritet belgilash
• Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi?
• Windows 10 bo‘yicha maslahatlar: har kunlik qo‘llaniluvchi vazifalarni tezroq va qulayroq bajaramiz!
• Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?
• Kompyuterning to‘liq qotib qolishi
• Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish
• Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
1.3K views16:10
Ochish/sharhlash
2021-12-24 16:10:00 #excel

Kanalimizdagi Microsoft Excel dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (3):

• Excelda jumla boshida keluvchi so‘zning dastlabki harfini katta qilish
• Oddiy ko‘rinishda yozilgan sanani qanday qilib oy nomlanishi ko‘rinishiga keltirish mumkin?
• Belgilash uchun qaynoq klavishlar bilan tanishamiz
• Muayyan yacheykalardan himoyani olib tashlash?
• Matnni diagonal bo‘ylab ajratish
• Formulada list uchun havola qanday ko‘rsatiladi?
• Matnli diapazonlarni tezkor belgilash
• Belgilangan diapazonda keraksiz qiymatlar kiritilishini cheklash
• Excel'da F4 klavishidan foydalanish
• Jadvalning sarlavhasini “qotirib qo‘yamiz”
• Sanalarni saralashda shartli formatlashdan foydalanish
• Ishchi kunlar bo‘yicha avtoto‘ldirish

P.S.: Kanalga MS Excel dasturidan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi.

Agar MS Excel bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Excel) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.

Kanalimizda MS Excel bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

@itspecuz | Mundarija
1.8K views13:10
Ochish/sharhlash
2021-12-24 13:31:07
Asrab olmoqchimiz!

Bizni Adobe oilasi boti deb atashadi va biz o'z oilamizga biz chiqargan dasturlarni biladiganlarni asrab olmoqchimiz. Ular uchun bizda barcha dasturlar mavjud.

Birgina tugmani bosib, xoh Photoshop, xoh After effects, xohlasangiz shunga o'xshash yana boshqa dasturlarni ham bepul yuklab olishingiz mumkin.

Oilamiz bilan tanishish:
@Adobe_Master_Collections_bot
2.1K views10:31
Ochish/sharhlash
2021-12-24 10:30:01 #operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash

PDF fayllaridan rasmlarni tezkor ajratib olish

PDF hujjatidan rasmlarni PDF-muharrir orqali yoki har bir rasmning skrinshotini hosil qilgan holda ajratib olish mumkin. Bepul muharrir, odatda, bunday funksiyaga ega bo‘lmaydi, skrinshotlar esa rasmning asl sifatini ancha pasaytiradi.

Biroq tashvishlanishga hojat yo‘q — Photoshop ushbu vazifani juda yaxshi uddalaydi:

. Photoshop dasturini ishga tushirgan holda, uning menyu satrida “Файл”“Открыть” bandlari bo‘ylab o‘tamiz.

. Kerakli PDF faylini tanlaymiz.

. Ochilgan “Импорт PDF” oynasida “Изображения” bo‘limini faollashtiramiz.

. Ajratib olish lozim bo‘lgan rasmlarni SHIFT klavishini bosib turgan holda belgilab olib, “OK” tugmasini bosamiz.

. Shundan so‘ng Photoshop har bir rasmni yangi varaqa (вкладка)da ochadi, shunchaki ularni kerakli format va joyga saqlaymiz.

Manba: @tech_lifehacks

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
4.2K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-12-24 07:40:00 #operatsion_tizim #software #rasm_bilan_ishlash

Picture Colorizer Pro – bu oq-qora rasmlarga rang berish va eski fotosuratlarni tiklash uchun mo‘ljallangan Windows dasturi. Rasmlarni avtomatik bo‘yash va eski rasmlarni optimallashtirish uchun qo‘llashingiz mumkin.

DASTUR HAQIDA:
Versiya: v3.0
OT: Windows
Razryadlik: x86/x64
Interfeys tili: Ruscha
Davolash: Talab etilmaydi

Picture Colorizer Pro v3.0 dasturini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
2.3K views04:40
Ochish/sharhlash
2021-12-23 19:30:00 #internet

Brauzerda muayyan sayt uchun Internet tezligini ataylab sekinlashtirish

Internet tezligini oshirish emas, balki aksincha, sekinlashtirish turli holatlarda kerak bo‘lishi mumkin: agar siz veb-dasturchi bo‘lsangiz, saytingizning yuklanish tezligini tekshirishdan tortib, hamkasblar va do‘stlaringizga hazil qilishga qadar.

Buning uchun ushbu harakatlar ketma-ketligi bajariladi:

. Kerakli saytni ochamiz.

. F12 yoki CTRL + SHIFT + I'ni bosgan holda dasturchi votitalariga murojaat etamiz.

. “Сеть” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz.

. Ochiluvchi ro‘yxatli strelkachani ochamiz va “Свои настройки” bo‘limida “Добавить”ni ustiga bosamiz.

. “Добавить специальный профиль”ga bosamiz va unga nomni, yuklab olish tezligini, unga yuklash tezligini va ping'ni ko‘rsatamiz.

. So‘ngra ochiluvchi ro‘yxatdan yaratilgan profilni tanlaymiz va sahifani qayta yuklaymiz (F5) .

Tayyor! Sekinlashtirishdan tashqari, siz saytning alohida komponentlari yuklanishiga qancha vaqt ketishini ko‘rishingiz mumkin.

Manba: @tech_lifehacks

Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
1.4K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-12-23 17:10:00 #excel

Ishchi kunlar bo‘yicha avtoto‘ldirish

Agar sana kiritilgan yacheykaning pastki o‘ng burchagidagi qora kvadratchali markerni tutgan holda, kursor pastga qarab tortilsa, haftaning shanba va yakshanba kunlarini ham o‘z ichiga oluvchi sanalar ro‘yxati yuzaga keladi.

Sanalar ro‘yxatini shakllantirish paytida dam olish kunlarini qoldirib ketish uchun, belgilangan sohaning pastki o‘ng burchagida odatiy yuzaga keluvchi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi Параметры автозаполнения bandi ustiga bosing.

Ushbu menyudan siz oylar va yillar bo‘yicha to‘ldirishni, shuningdek faqatgina qiymatlar va formatlar bo‘yicha formatlashni tanlashingiz mumkin .

Manba: @hacks_excel

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Excel dasturida Avtoto‘ldirish (Автозаполнение) imkoniyatidan foydalanish
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.9K views14:10
Ochish/sharhlash
2021-12-23 14:30:00
#mulohaza_uchun #internet

Agarda Oy 1 piksel bo‘lganida

Darsliklardagi qo‘llanilgan koinotga doir tasvirlar Quyosh tizimining asl o‘lchamlarini yetkazib bera olmaydi. Shu sababli, rassom va dizayner Josh Uort foydalanuvchilarga koinotning butun sig‘imini mustaqil baholay olishlari uchun sayt yaratgan.

If The Moon Were Only 1 Pixel — Quyosh tizimining haqiqiy o‘lchamlarini amaliy tarzda ko‘rsatib beruvchi sayt. Masshtab asosi sifatida Oy diametri xizmat qiladi — bu yerda u 1 pikselga tenglashtirilgan.

Quyosh va uning atrofidagi sayyoralarning bir-biridan qanday masofada joylashganligi va ularning nisbiy o‘lchamlarini ko‘rsatish uchun saytda gorizontal tarzda siljuvchi HTML-sahifasi qo‘llanilgan.

Manba: @komputeer

Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
2.2K views11:30
Ochish/sharhlash