Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 102

2021-12-26 19:30:25 #rasm_bilan_ishlash #operatsion_tizim

JPEG, GIF, PNG, BMP formatlarini o‘zaro qanday farqi bor?

JPEG, GIF, PNG va boshqa grafik formatlarning farqini bilasizmi? Qachon u yoki bu formatdan foydalanish kerak? Rasmlarni saqlash uchun qay biri yaxshi? Barcha savollarga javobni ushbu postda topasiz.

.JPEG (JPG)
Eng mashhur format hisoblanadi. Asosan bu format internetda surat va rasmlarni matn bilan birgalikda e'lon qilish uchun ishlatiladi. JPEG TrueColor-format hisoblanadi ya'ni 24 bit/piksel rang chuqurligi bo‘lgan tasvirlarni saqlashi mumkin. Ushbu format 16 milliondan ortiq rangni namoyish etishi mumkin. JPEG moslashuvchan ma'lumotlarni siqish qobiliyatlari bilan mashhurlikka erishdi. Agar kerak bo‘lsa, tasvirni yuqori sifatli saqlash mumkin. Sifatni yo‘qotuvchi siqish algoritmi qo‘llanganida har safar rasmni saqlashda uning sifati kamayib boradi.

.GIF
GIF (Grafik almashinuvi formati) rang chuqurligi bilan maqtana olmaydi (8 bit). U 256 ranggacha yo‘qotishsiz siqilgan tasvirlarni saqlashi mumkin. GIF-ning xususiyatlaridan biri – bu animatsiyani qo‘llab-quvvatlashidir.

.PNG
Ushbu format GIF-ning o‘rnini bosuvchi sifatida ishlab chiqilgan. PNG portativ tarmoq grafikasi degan ma'noni anglatadi. GIF-dan farqli o‘laroq, PNG qo‘shimcha alfa-kanali tufayli shaffoflik (прозрачность) gradatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi (fonsiz rasmlarni shu formatda izlash degani). Tashqi tomondan, PNG fayllari JPEG rasmlaridan deyarli farq qilmaydi. PNG ma'lumotlarni yo‘qotmasdan siqadi. Agar shaffoflik siz uchun muhim bo‘lsa, ushbu formatni tanlaganingiz ma'qul.

.BMP
BMP (bitmap) formati birinchi grafik formatlardan biri hisoblanadi va hozirda unchalik mashhur emas. BMP rang chuqurligi 64 bitgacha bo‘lgan tasvirlarni saqlaydi. Ushbu format shaffoflikni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo uni ba'zi Microsoft dasturlari o‘qiy olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, BMP fayllari boshqa formatga o‘tkazgan yaxshi.

Qaysi formatdan foydalangan ma'qul?
PNG - bu eng yaxshi tanlov. Bu katta tasvirlar uchun juda yaxshi. Agar sizga fotosuratni elektron pochta orqali yuborish uchun yuqori siqishni nisbati kerak bo‘lsa, JPEG-dan foydalanish yaxshiroqdir.

Pastdagi jadvalda turli formatlar xarakteristikalari keltirilgan.

Manba: @kompyuter_akademiyasi

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'da bir nechta rasmlarning hajmini qanday o‘zgartirish mumkin?
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
• Rasm sifatini yo‘qotmasdan qanday kattalashtirish mumkin?
• Android'da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
• Microsoft Word'da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
• Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
1.1K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-12-26 17:31:19
#test #rasm_bilan_ishlash

Photoshop'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida setkani ko‘rsatish / berkitish mumkin?
Anonymous Quiz
33%
ALT + S
25%
CTRL + ;
14%
CTRL + '
17%
F5
9%
2.0K voters1.6K views14:31
Ochish/sharhlash
2021-12-26 17:31:19
#test #excel

Jadval asosida muayyan bir diagramma tuzilgan deylik, jadval o‘chirilgan paytda diagramma bilan nima yuz beradi?
Anonymous Quiz
28%
Diagramma o‘chirilmagunga qadar jadvalni o‘chirib bo‘lmaydi
37%
Bo‘sh diagramma qoladi
18%
Diagramma o‘chib ketadi
10%
Hech nima yuz bermaydi
6%
1.5K voters1.5K views14:31
Ochish/sharhlash
2021-12-26 15:10:12
#smartfon #android

Photo & Picture Resizer - rasmlaringizni oson va tez kichraytirish uchun qulay mobil ilova. Android 4.1+. Premium-versiya.

Уменьшение изображений Premium v1.0.287 mobil ilovasini yuklab olish.

Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

@itspecuz | Mundarija
1.9K views12:10
Ochish/sharhlash
2021-12-26 13:10:18
#bilasizmi #hardware

Nimaga qattiq disk “vinshester” deb ataladi?

— 1973 yilda IBM xodimi Kennet Xouton boshchiligida 3340 deb nomlangan qattiq disk ishlab chiqildi va loyihani ishlab chiqargan muhandislar uni “30-30 Winshester” avtomatlari bilan mos kelgani uchun “Winchester” deb nomlashdi.

Manba: @nimaga

@itspecuz | Mundarija
2.0K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-26 10:10:11
#telegram #maslahat

Telegram smartfon xotirasidan juda ko‘p joy egallayotgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Messenjerning keshi va ma’lumotlari bazasini tozalang va smartfoningizdagi xotira yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammo bartaraf etiladi.

Agar siz Telegram'dan faol foydalansangiz, unda vaqt o‘tishi bilan u borgan sayin ko‘proq xotira makonini band etib boraveradi. Sababi shundaki, messenjer sizga yuborilgan fayllar, rasmlar, fotolar va GIF'larni chatni ochgan paytingiz hadeb yana qayta yuklab o‘tirmaslik maqsadida qurilmaga saqlab boradi.

Bu mobil trafikni tejaydi, biroq saqlash makonining hajmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qo‘ymaydi. Telegram'ning gigabaytlaringiz bilan yumshoqroq muomala qilishi uchun maxsus sozlamalarning ko‘zda tutilgani, albatta quvonarlidir!

Ushbu postimizda ana shular haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
• 1-post | 2-post

@itspecuz | Mundarija
2.2K views07:10
Ochish/sharhlash
2021-12-26 07:10:03
#bilasizmi #hardware

Nimaga klaviaturadagi harflar alifbo tartibida emas?

— 19-asrning oxirida K.Skoulz ismli shaxs “QWERTY” deya nomlangan birinchi yozuv mashinkasini shunday harflar bilan taqdim etdi. O‘sha paytlarda yozuv mashinkalarida harflarning joylashuvi alifbo tartibida edi.

— Bu esa matnni tez terishda, agar harflar yaqin bo‘lsa ular qo‘shilib ketish holatini keltirib chiqargan. Ko‘pincha ularni ajratish mashinkalarning ishdan chiqishiga olib kelgan.

Manba: @nimaga

Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1”
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• “Punto Switcher”
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida

@itspecuz | Mundarija
2.0K views04:10
Ochish/sharhlash
2021-12-25 19:30:36 #operatsion_tizim #hardware

Windows'da videoxotira hajmini bilishning 2 usuli

Agar biror sabab tufayli videokartangizdagi xotira hajmini bilmasangiz, unda buni tizimning standart vositalari yordamida aniqlash mumkin. Ushbu postimizda buni amalga oshirishning 2 usulini ko‘rib o‘tamiz:

. WIN + R klavishlari birikmasi yordamida "Выполнить" oynasini chaqirib, dxdiag buyrug‘ini kiriting, ENTER klavishini bosgan holda DirectX diagnostika vositalari (Средства диагностики DirectX) oynasini ishga tushiring.

Экран (Монитор) varaqa (вкладка)siga o‘ting. Устройство bo‘limida Память дисплея (видеопамять) satrini toping.

. Windows 10 uchun Параметры oynasini ochish uchun WIN + I'ni bosing. Система bo‘limiga o‘ting. Дисплей quyi bo‘limining ostki qismidagi Дополнительные параметры дисплея bandi ustiga bosing.

Свойства видеоадаптера для дисплея 1'ga bosing va ochilgan muloqot oynasida Используется видеопамяти satrini toping.

Manba: @pcTeapot

Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-12-25 17:10:34
Barcha fan va tillardan bepul tayyorlanish imkoniyati

@novqaTalimbot
- sizga barcha fanlardan bepul va saralangan video darslarni taqdim etadi. Har bir video dars alohida tugmada chiroyli bo'lib joylashgan, foydalanish uchun juda qulay, sodda va tez.

Botning afzalliklari:
25 mingdan ortiq ro'yxatdan o'tganlar
Har bir video dars muallifning ruxsati bilan joylangan
Doimiy tarzda video darslar joylanadi
Majburiy a'zolik yo'q

@novqaTalimbot
1.7K views14:10
Ochish/sharhlash
2021-12-25 15:10:26 #word #mulohaza_uchun #maslahat

Ajratib yozaymi yo qo‘shib?

Son va o‘lchov birliklari qo‘shib yoziladimi yoki ularning orasini ochish kerakmi?

Ochish kerak, faqat bo‘linmas/ajralmas probel bilan. Bo‘linmas/ajralmas probel nima degani? U shunday probelki, uning ikki tarafidagi so‘z keyingi qatorga ko‘chish oqibatida bir-biridan ajralib qolmaydi.

5kg
5 kg

100m²
100 m²

30km
30 km

Microsoft Word dasturida bo‘linmas/ajralmas probel qo‘yish: klaviaturada CTRL va SHIFT tugmalarini bosib turib, probel tugmasini bosing: CTRL + SHIFT + PROBEL.

Manba: @xatoliklar

P.S.: Bu haqda ushbu postimizda ham qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.8K views12:10
Ochish/sharhlash