Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.07K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 99

2022-01-01 11:40:14 #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish #maslahat

Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar

Telegram'dagi ko‘pchilik kanal va guruh mualliflarida (ayniqsa buni endigina boshlagan adminlarda) uzun matnlarni yozishga oid muammolar kuzatilib turadi. Bu aynan matnning uzunligi bilan emas, balki uning yozilish uslubi bilan bog‘liqdir.

Ushbu postimizda uzun, zerikarli matnni jozibador va o‘qish uchun qulay shaklga keltirishga oid maslahatlarimizni ulashishga qaror qildik.

Parazit so‘zlarni qo‘llamang – masalan, “eng”, “eng zo‘r”, “to‘g‘risi”, “chindan ham” va hokazo, ko‘pchilik obunachilarning bu kabi so‘zlarga “allergiya”si bor, bu kabi so‘zlar ularning butun matnga bo‘lgan ishonchini so‘ndirishga xizmat qilishi mumkin.

Vizualizatorlardan foydalaning: faraz qiling, his etib ko‘ring, nazar soling, eslab ko‘ring va hokazo.

• Obunachilarning e’tiborini jalb etish uchun markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlardan foydalaning.

• O‘qish uchun qisqa abzatslar qulay.

• Bitta uzun jumlani yozgandan ko‘ra, bir nechta qisqa jumlalarni yozgan ma’qul. Bu orqali postni o‘qishni boshqagan obunachi, uning oxiriga yetganida, postning nimadan boshlaganini unutib qo‘ymaydi.

Murakkab jarayonlarni to‘rt-besh so‘zdan ortmaydigan qilib tasvirlang.

• Faqat alohida mutaxassislarga ma’lum bo‘lgan maxsus so‘zlar (slenglar)ni qo‘llamaslikka harakat qiling. Shunday yozingki, matnlaringizni kichik yoshdagi bola ham, nafaqadagi yoshi ulug‘ inson ham birday tushunsin.

• Bir abzatsda 1-2 raqamdan ortig‘ini yozmaslikka harakat qiling.

Butun matnni KAPSLOK (CapsLock) bilan yozmang – oddiy insonlar uchun bunday matnni o‘qish va qabul qilish murakkablik qiladi.

• Butin matnni BOLD (qalin shrift) bilan yozmang – faqat auditoriya e’tiborini qaratishi lozim bo‘lgan sarlavhalar yoki alohida so‘z va so‘z birikmalarini ajratib ko‘rsating.

• Butun matnni yagona yirik abzats ko‘rinishida yozmang.

• Har bir postingiz uchun sarlavha qo‘llashga harakat qiling.

• Mono kenglikdagi matn bilan yozilgan uzun jumlalar xabarning umumiy kengligini oshiradi. Bu postlarning ba’zi qurilmalarda o‘qilishini qiyinlashtiradi.

• Xabaringizga e’tiborni jalb etish uchun matnning boshlanishi yoki oxiriga rasmlar qo‘shing.

• Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlaridan foydalaning. Matnning muhim qismlariga e’tiborni qaratish uchun bold, kursiv, osti yoki ustidan chizilgan va mono kenglikdagi matnlarni qo‘llang ( va ).

• Matnda emodzilarni qo‘llashda me’yorni biling – ular chalg‘itadi va matnni o‘qishga xalaqit beradi.

P.S.: Telegram'dagi xabarlarda matnlarning o‘qilishini qanday yaxshilash mumkinligini bilasizmi? Ushbu post ostidagi izohlarda o‘z maslahatlaringizni keltiring.

Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

@itspecuz | Mundarija
2.4K views08:40
Ochish/sharhlash
2022-01-01 09:10:24
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Turli dasturlash tillarining tashqi ko‘rinishiga oid qiyosiy yondashuv...

@itspecuz | Mundarija
2.4K views06:10
Ochish/sharhlash
2022-01-01 06:50:01 #mulohaza_uchun

YIL MAKSIMAL DARAJADA SAMARALI O‘TISHI UCHUN UNI QANDAY BOSHLASH LOZIM

. O‘tmishni o‘tmishda qoldirish. Oldinga qarab odimlash osonroq bo‘lishi uchun o‘tmishning yukidan xalos bo‘lish muhimdir. O‘tgan yilda yoki umuman hayotda sodir bo‘lishga ulgurmagan voqelik uchun o‘zingizni kechirish muhim.

. Kemamiz qayerda suzib ketayotganini bilganimizdagina, o‘sha manzilga yetib borishimiz mumkin. Buning uchun o‘z xohishlaringizga e’tiboringizni qaratishingiz lozim va bu sizning yuragingiz, qalbingizning haqiqiy istaklari bo‘lishi muhimdir – faqat shu holatdagina natijalarga erishish uchun o‘zingizda resurslar va energiyani topa olasiz.

. O‘zingizni o‘zingiz aldamang, lahzadan zavqlaning, aynan hozirgi oningizda yashang. “Carpe diem” deya nomlanuvchi ajoyib barqanot ibora mavjud, bu “hozirgi oning bilan yasha”, “lahzani qo‘ldan boy berma” degan ma’noni anglatadi, hayotni aynan shu yo‘sinda qurish muhimdir. Har birimizning qadr-qimmatimiz va maqsadimiz bir-biridan farq qiladi, ehtimol, hayotimiz aynan shunisi bilan ham zavqlidir…

@itspecuz | Mundarija
2.5K views03:50
Ochish/sharhlash
2021-12-31 20:30:51 #internet

Brauzer varaqa (вкладка)lari bilan ishlashni osonlashtiruvchi klavishlar birikmalari

• CTRL + 1...8 — varaqani tartib raqami bo‘yicha tanlash (1 dan 8 ga qadar);

• CTRL + 9 — so‘nggi varaqani tanlash;

• CTRL + T — varaqa yaratish;

• CTRL + W — varaqani yopish;

• CTRL + SHIFT + T — so‘nggi yopilgan varaqa(lar)ni tiklash;

• CTRL + PAGE UP (CTRL + PAGE DOWN) — keyingi / oldingi varaqaga o‘tish;

• CTRL + TAB (CTRL + SHIFT + TAB) — keyingi / oldingi varaqaga o‘tish.

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

@itspecuz | Mundarija
1.5K views17:30
Ochish/sharhlash
2021-12-31 18:31:21
#smartfon #android

Speedtest – Internetning ulanish tezligini tekshirish uchun maxsus mobil ilova. Android 4.2+. Premium imkoniyatlar blokdan chiqarilgan, analitika va boshqa keraksiz xizmatlar kesib tashlangan.

Speedtest Premium v4.6.10 mobil ilovasini yuklab olish.

Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

@itspecuz | Mundarija
1.8K views15:31
Ochish/sharhlash
2021-12-31 15:50:23 #word

Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?

Ba'zida, jadvalni tahrirlash paytida shunday bo‘lishi lozimki, foydalanuvchiga jadval chegaralari ko‘rinib turishi, biroq chop etishga berilganida inobatga olinmasligi (ko‘rinmasligi) kerak.

Buni bevosita Главная varaqa (вкладка)sining o‘zidan turib amalga oshirish mumkin. Shunchaki “ko‘rinmas” holatga keltirilishi lozim bo‘lgan jadvalni belgilang, Абзац Границы guruhini toping va undan Нет границы bandini tanlang.

So‘ngra hujjat bilan ishlash paytida jadval chegaralari ko‘rinib turishi uchun ushbu menyuning o‘zidan Отобразить сетку bandini tanlang.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
• Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
• Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
• Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
• Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
• Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
• Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
• Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
• Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
• Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• Hujjatga ramka qo‘shamiz
• Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
• Word'da chiziqlarni o‘chirish
• Matnni ustunlar yordamida ajratish
• Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.9K views12:50
Ochish/sharhlash
2021-12-31 13:50:25
Kompyuter Akademiyasi endi smartfoningizda!

Siz o'quv markazlarida bir necha oy pul sarflab kompyuterni o'rganayotgan vaqtda, Kompyuter Akademiyasi expertlari o'z obunachilariga bepul va sifatli ta'lim bermoqda.

Endi siz ham video darslar yordamida istagan kompyuter dasturini aql va tafakkuringiz bilan jilovlab, daromad oqimini o'z tomoningizga yo'naltirish imkoniga egasiz!

Kanalga ulaning va akademiya o'quvchilari qatoridan joy oling: @Kompyuter_akademiyasi
2.0K views10:50
Ochish/sharhlash
2021-12-31 12:50:46 #excel

Excel'da tavallud topgan sanangiz bo‘yicha nimalarni aniqlash mumkin?

Dastlab tug‘ilgan sanangizni B1 yacheykasini kiriting, so‘ngra quyidagi funksiyalarni qo‘llab ko‘ring:

=ТЕКСТ(B1;"ДДДД") — siz tavallud topgan hafta kuni;

=СЕГОДНЯ()-B1 — tug‘ilgan sanangizdan buyon nechi kun o‘tgani;

=(СЕГОДНЯ()-B1)*1440 — tug‘ilgan sanangizdan buyon necha daqiqa o‘tgani;

=B1+15000 — qaysi sanada siz, masalan, 15000 kunga yetasiz.

B1'ning o‘rniga siz tug‘ilgan sanani boshqa istalgan yacheykaga ham kiritishingiz mumkin, bunda joriy manzilni formulada o‘sha yacheyka manziliga o‘zgartirish lozim bo‘ladi.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Excel’dagi formulalarni kiritish bo‘yicha umumiy yo‘riqnoma
• Muayyan katakka nisbatan havola turini o‘zgartirish
MS Excel dasturida xatolik turlari
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
1.9K views09:50
Ochish/sharhlash
2021-12-31 10:55:13 #powerpoint

Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas.

KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI
F1 – Dastur ma’lumotnomasi
CTRL + N – Yangi taqdimotni yaratish
CTRL + M – Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shish
CTRL + C – Slayddan nusxa olish
CTRL + V – Nusxasi olingan slaydni joylashtirish
CTRL + X – Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olish
CTRL + Z – So‘nggi harakatni bekor qilish
CTRL + S – Slaydni saqlash
ESC – Slaydlar namoyishini yakunlash
CTRL + D – Obyektning nusxasini yaratish
CTRL + G – Belgilangan obyektlarni guruhlash
CTRL + SHIFT + G – Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratish
CTRL + SHIFT + C – Qo‘llanilgan formatni nusxalash
CTRL + SHIFT + V – So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llash
CTRL + K – Giperhavola qo‘shish
CTRL + Y – So‘nggi harakatni qayta qo‘llash
CTRL + W – Hujjatni yopish
CTRL + O – Hujjatni ochish
CTRL + P – Hujjatni chop etish
TAB – Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tish
CTRL + YUQORIGA STRELKA – Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirish
CTRL + PASTGA STRELKA – Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirish
CTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA – Slaydni dastlabki slaydga aylantirish
CTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA – Slaydni so‘nggi slaydga aylantirish
CTRL + F – Izlash
CTRL + H – Izlash va almashtirish
F4 yoki CTRL + Y – So‘nggi harakatni takrorlash
F12 – … sifatida saqlash
CTRL + F5 – Onlayn taqdimot

MATNNI FORMATLASH
CTRL + B – qalin shrift
CTRL + I – kursiv shrift
CTRL + U – ostiga chizilgan shrift
F2 – shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlash
CTRL + [ – shriftni kichraytirish
CTRL + ] – shriftni kattalashtirish
CTRL + L – belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + R – belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + BACKSPACE – So‘zni chapga qarab o‘chirish
CTRL + BACKSPACE – So‘zni o‘ngga qarab o‘chirish
CTRL + A – Barchasini belgilash
ALT + CTRL + Shift + > – Yuqori indeks
ALT + CTRL + Shift + < – Pastki indeks
F7 – Imloni tekshirish
CTRL + E – abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + J – abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirish
CTRL + L – abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + R – abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirish
SHIFT + F3 – belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish

SLAYDLAR NAMOYISHI
F5 – Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlash
SHIFT + F5 – Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash

SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA
N – keyingi slaydga o‘tish
P – oldingi slaydga o‘tish
B – qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
W – oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
CTRL + P – Ruchkani tanlash
CTRL + E – O‘chirg‘ichni tanlash
CTRL + A – Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash

Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari

@itspecuz
2.1K views07:55
Ochish/sharhlash
2021-12-30 19:10:00 #operatsion_tizim #software #security

Kompyuterdagi ma’lumotlarimizni qanday himoyalashimiz mumkin? (WinRAR misolida)

Agar siz kompyuterda qandaydir maxfiy ma’lumotlarni saqlasangiz va ularning yaqinlaringiz yoki boshqalar tomonidan tasodifan ochib o‘qilishini istamasangiz, u holda eng birinchi hayolingizga keluvchi narsa – bu papkaga parol o‘rnatishdir.

Afsuski, Windows'da bunday funksiya yo‘q, shuning uchun ba’zi hiylalar va qo‘shimcha dasturiy ta’minotlarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Buning uchun, eng qulay hisoblanuvchi va umid qilamizki, qurilmangizga allaqachon o‘rnatilgan dastur – WinRAR arxivatoridir.

Agarda bu dastur sizda bo‘lmasa, u holda uni rasmiy saytidan yoki kanalimizdan bepul yuklab olishingiz mumkin. Ushbu dastur yordamida siz fayllar hajmini siquvchi (hammasining ham emas!) arxiv yaratishingiz, unga parol o‘rnatishingiz va xohishga ko‘ra, mavjud arxiv fayllariga qo‘shimcha fayllarni joylashtirishingiz mumkin.

Buning uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

. Arxivni yarating (ishchi stolida sichqonchaning o‘ng tugmasi bosish orqali)“Создать”“Архив WinRAR”.

. Uni oching.

. Dastur oynasi yuqori qismidagi “Добавить” tugmasi ustiga bosing, kerakli fayllarni tanlang va buni “OK” tugmasini bosish orqali tasdiqlang (yoki Drag'n'Drop, ya’ni kerakli fayllarni belgilab, dastur oynasi ustiga o‘tkazing).

. So‘ngra “Установить пароль” tugmasiga bosing, parolni kiriting va “OK” tugmasi bilan kiritilgan o‘zgartirishlarni arxivga nisbatan qo‘llang.

Parol bilan himoyalangan arxiv tarkibidagi fayl(lar) nomi va kengaytmasining yon tomonida * belgisi turgan bo‘ladi.

Parolning ushbu tarzda o‘rnatilishida arxiv tarkibini hamma ko‘ra oladi, biroq arxiv tarkibidagi istalgan faylni ishga tushirishga urinishda – dastur parol kiritish lozimligini eslatadi. Agarda siz fayllar ko‘rinib turishini istamasangiz, u holda oynada, parol o‘rnatish chog‘ida, “Шифровать имена файлов” bandini faollashtirib ketishni unutmang.

Manba: @bugfeature

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows'da papkaga parol o‘rnatish haqida
• Papkaga parol qanday o‘rnatiladi? (Encrypto dasturi)
• WinRAR mobil ilovasi
• CyberShredder kompyuter dasturi
• Game Protector kompyuter dasturi
• Adguard kompyuter dasturi
• NetGuard mobil ilovasi
• Text Converter (Codec) mobil ilovasi
• Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!
• Parolingizni qanchalik tez buzish mumkinligini tekshiramiz (parolning bardoshliligini tekshirish)
• Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish - xakerdan maslahatlar
• Murakkab parolni o‘ylab topish va uni unutmaslikning eng oddiy usuli
• Hujjatni parol bilan himoyalash
• Hujjatga o‘zgartirish kiritishni cheklash
• Windows parolini tiklashning oddiy usuli
• Windows 10'da parol kiritishga bo‘lgan urinishlar soniga limit o‘rnatish
• Kompyuterni bloklash
• Kompyuterni dinamik bloklash
• Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
• Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.5K viewsedited  16:10
Ochish/sharhlash