Get Mystery Box with random crypto!

#telegram Telegram'ning Android uchun yangi funksiyalarini | IT specialist

#telegram

Telegram'ning Android uchun yangi funksiyalarini allaqachon sinab ko‘rishingiz mumkin

Messenjer jamoasi Android uchun mijozning yangi beta-versiyasini ishga tushirdi.

Kiritilgan yangilanishlarning qisqacha ro‘yxati:

— yangi yil uchun animatsiyalangan qorli mavzu paydo bo‘ldi, u ikki: kunduzgi va tungi variantlarda mavjud;
— xabarlarning Google bazasidagi ichki tarjimoni paydo bo‘ldi;
— xabarlarga reaksiyalar qo‘shilgan: 11 variantdagi turli reaksiyalar mavjud;
— endi xabarning bir qismini spoyler ortiga berkitish mumkin, undagi matn namoyon bo‘lishi uchun ustiga bosish lozim bo‘ladi;
— foydalanuvchilar va ommaviy kanallarning havolalari endi QR-kod ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.

Ushbu yangilanishlar haqida ilgari ham yozilgan edi. Batafsilroq rus tilidagi ushbu maqolada o‘qib ko‘rishingiz mumkin.

Manba: @d_code

Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

@itspecuz | Mundarija