Get Mystery Box with random crypto!

Go‘zal Turkiston, senga ne bo‘ldi? Saxar vaqtida gullaring so‘ | Ilyos Safarov

Go‘zal Turkiston, senga ne bo‘ldi?
Saxar vaqtida gullaring so‘ldi.
Chamanlar barbod, qushlar ham faryod,
Hammasi mahzun. Bo‘lmasmi dil shod?
Bilmam ne uchun qushlar uchmas bog‘chalaringda?

Birligimizning tebranmas tog‘i,
Umidimizning so‘nmas chirog‘i.
Birlash, ey xalqim, kelgandir chog‘i,
Bezansin endi Turkiston bog‘i.
Qo‘zg‘al, xalqim, yetar shuncha jabru jafolar!

Ol bayrog‘ingni, qalbing uyg‘onsin,
Qullik, asorat – barchasi yonsin.
Qur yangi davlat, yovlar o‘rtansin.
O‘sib Turkiston, qaddin ko‘tarsin,
Yayrab, yashnab o‘z Vataning gul bog‘laringda!

Abdulhamid Cho‘lpon

@haqiqatdaIlyos