Get Mystery Box with random crypto!

Oilaviy Milliy bog'damiz. Meni xursand qilgani boshqa bog'lard | Ilyos Safarov

Oilaviy Milliy bog'damiz. Meni xursand qilgani boshqa bog'lardan farqli bu yerni magazin, pulli atraksionlar bilan to'ldirib tashlashmabdi.

Tarmoqlardagi ayrim tanqidlardan keyin ha, Milliy bog'niyam har tomoniga 2 yilda qurib qoladigan archalar ekib, quyosh qizdirib turadigan bir joyga aylantirishibdi-da, deb o'ylagandim, yo'q, kelib aylanish, o'pkani toza havoga to'ldirib ketish uchun yaxshi joy bo'lgan.

Umid qilamanki, shahardagi ekologik muhitni balansga keltirishda bu kabi bahavo jamoat bog'larini qurish (ta'mirlash) ishlari davom ettiriladi.

Bular bugun Milliy bog'ga borib qilgan ijobiy xulosalarim. Endi bir necha salbiy xulosalarimni ham aytib ketsam.

Kayfiyatimni tushirgani bog'dagi ta'mir davomida ko'p yillik daraxtlarning 50-60 foiziga jiddiy, qo'pol tarzda shikast yetkazilibdi. Shu tufayli hozir ko'plab chinor, emanlar butunlay qurish holatiga kelib qolgan. Ayrimlari quribdi ham (buni yashirish uchun ularga chiroqlar osib chiqishgan).

Milliy bog'ga zudlik bilan malakali agronomlar va daraxtlar uchun agrotexnik tadbirlar kerak. Agar ish ozgina kechiktirilsa, biz o'nlab ko'p yilik daraxtlarni yo'qotamiz.

Shuningdek, hududdagi ko'l ham maydon jihatidan ancha qisqaribdi. Afsuski, bu endi to'g'rilab bo'lmaydigan ish.

Takrorlayman, Milliy bog'dagi daraxtlarga zudlik bilan yordam zarur.

Ekologiya qo'mitasi yoki Milliy bog'ni saqlab turishga mas'ul idoralar murojaatimga e'tiborsiz bo'lmaydi deb umid qilaman.

Ekofaollarni bu masalaga befarq bo'lmaslikka chaqiraman.

@haqiqatdaIlyos