Get Mystery Box with random crypto!

GREEN GRAMMAR

Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR G
Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR
Kanal manzili: @green_grammar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.49K
Kanalning ta’rifi

TESTS🔠
VOTE QUIZ☑️
ENGLISH GRAMMAR📗
Faqat ingliz tilidan savollar bo'lsa, @Alsabr0203bot'ga murojaat qiling.
Texnik admin: @AbdulazizAkhmed
Reklama: @green_reklama_uz

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


AKHMED_o_v
AKHMED_o_v

super


Oxirgi xabar 9

2023-03-27 13:06:30 Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (3-qism)

Ingliz tilidagi quyidagi fe'llardan keyin ma'noda hech qanday oʻzgarishsiz gerundiy yoki to+infinitive qoʻllana oladi.
to begin - boshlamoq
to continue - davom ettirmoq
to start - boshlamoq
to bother - urinmoq, harakat qilmoq
to intend - niyatda boʻlmoq

Eg. He began/started/continued to shout.
Eg. He began/started/continued shouting.

Yuqoridagi gaplarda ma'no juda yaqin, lekin gapda ikkita -ing qoʻshilgan fe'l ketma-ket qoʻllanishidan saqlanish kerak.
Eg. It is starting raining. ( notoʻg'ri )
Eg. It is starting to rain. ( toʻg'ri )

to help - yordam bermoq fe'li oʻzidan keyin to+infinitive yoki bare infinitive bilan qoʻllanishi mumkin.
Eg. They helped us to clean the windows.
Eg. They helped us clean the windows.

Ammo can't help/couldn't help - oʻzini toʻxtatolmaslik, oʻzini tiyolmaslik ma'nolarida oʻzidan keyin gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. He is so funny. Every time I see him, I can't help smiling. (U juda kulguli. Har gal uni koʻrganimda oʻzimni jilmayishdan toʻxtatolmayman)
Eg. I am very sorry. Someone pushed me and I couldn't help dropping the glasses. (Juda afsusdaman. Birov meni itarib yubordi va men stakanni tashlab yuborishdan oʻzimni toʻxtatolmadim)

be afraid to do something - biror ish qilishga qoʻrqmoq ma'nosida qoʻllanadi. Bu vaziyatda biz qoʻrqishimizga asos boʻladigan xavf haqiqatan mavjud boʻladi.
Eg. The sea was rough. We were afraid to swim in the sea. (Dengiz toshqin edi. Biz dengizda choʻmilishga qoʻrqdik)
Eg. The streets of the city are very dangerous at night. People are afraid to go out. (Tunda shahar koʻchalari juda xavfli. Odamlar tashqariga chiqishdan qoʻrqishadi.)

be afraid of doing something - biror ish qilishdan xavfsiramoq degan ma'noda qoʻllanadi. Odatda, bu vaziyatda qoʻrqishimizga asos boʻladigan xavf mavjud boʻlmaydi, lekin uning ehtimoli bor.
Eg. I don't usually carry my passport with me. I am afraid of losing it. (Men odatda pasportim oʻzim bilan olib yurmayman. Men uni yoqotib qoʻyishdan qoʻrqaman/xavfsirayman.)
Eg. We rushed to the station. We were afraid of missing the train. (Biz vokzalga shoshildik. Biz poyezdni oʻtkazib yuborishdan qoʻrqdik.)

chance of doing something - biror ish qilishga imkoniyat (omad) borligini bildiradi.
Eg. She has a very good chance of passing the exam. (Uning imtihondan oʻtish imkoniyati juda yaxshi.)

chance to do something - biror ish qilishga imkoniyat (vaqt) borligini bildiradi.
Eg. Sorry, but I didn't have a chance to look at your application. (Kechirasiz, lekin sizning hujjatingizni koʻrib chiqishga imkoniyatim (vaqtim) boʻlmadi)

opportunity to do something va opportunity of doing something qurilmalari ham yuqoridagi holatdagidek qoʻllaniladi.

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.2K views @English_Navbahor , 10:06
Ochish/sharhlash
2023-03-26 15:40:58 Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (2-qism)

Quyidagi ro'yxatda bir necha fe'llarning ham gerundiy, ham infitiniv bilan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz:

to forget - esdan chiqarmoq, yoddan koʻtarilmoq degan ma'nolarda to infinitive bilan qoʻllaniladi. Ish-harakat bajarilmay qoladi.
Eg. I forgot to lock the door, it was left open. (Eshikni kalitga yopish yodimdan koʻtarilibdi, u ochiq qoldi.)
Eg. to forget - unutmoq, esdan chiqarmoq degan ma'nolarda avval sodir boʻlgan ish-harakatni eslay olmaslikni bildiradi va gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. I forgot lending you any money. (Sizga qarzga pul berganimni eslay olmayapman)

to stop - toʻxtamoq (biror ish qilish maqsadida) ma'nosida to infinitive bilan qoʻllaniladi.
Eg. He stopped to smoke. (U chekish uchun toʻxtadi.)
Eg. After 2 hours we stopped to have a snack. (Ikki soatdan keyin biz tamaddi qilib olish uchun toʻxtadik.)
to stop - toʻxtatmoq, tugatmoq (biror ish-qilishni) degan ma'nolarida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. He stopped smoking. (U chekishni toʻxtatdi/tashladi)
Eg. When she came in, we stopped talking. (U kirganida, biz gaplashishni toʻxtatdik)

to need - kerak, lozim boʻlmoq ma'nolarida gapning egasi shaxs (ish-harakat bajaruvchisi) boʻlganda aniq nisbatda to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
Eg. I need to get up early tomorrow. (Men ertaga erta turishim lozim)
to need - kerak, lozim boʻlmoq majhul nisbat ma'nosida gerund bilan qoʻllaniladi.
Eg. My car needs cleaning. (Mashinam tozalanishi kerak.)
Eg. My grandmother is old. She needs looking after.

Yuqoridagi ma'noda to want/require fe'llari ham gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. My car wants cleaning.

to go on - biror ish qilishda davom etish ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. We must change our ways. We can't go on living like this any more.
to go on - biror ish qilishdan ikkinchi ishga oʻtish ma'nosida to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
Eg. Jack was busy writing letters. Then he went on to do his homework.

to mean - biror ish qilishni anglatadi, bildiradi degan ma'noda gerundiy bilan qo'llaniladi.
Eg. In those days, being a student meant spending long hours in the library. (O'sha paytlarda talaba bo'lish kutubxonada uzoq vaqtlab o'tirishni bildirar edi)
to mean - niyatda bo'lmoq degan ma'noda to+infinitive bilan qo'llaniladi.
Eg. Sorry, I didn't mean to hurt your feelings. (Kechirasiz, Sizni ko'nglingizga tegish niyatim yo'q edi)

to learn/teach - biror fanni o'rganish/o'rgatish, dars berish ma'nosida gerundiy bilan qo'llaniladi.
Eg. She teaches painting at a local adult education centre.
to learn/teach - biror ish qilishni o'rganish/o'rgatish, ko'nikmaga ega bo'lish ma'nosida to+infinitive bilan qo'llaniladi.
Eg. I'd love to learn to paint well.

to imagine/consider - o'ylamoq, tasavvur (hayol) qilmoq degan ma'nosida gerundiy bilan qo'llaniladi.
Eg. I'm considering going to evening classes.
Eg. Imagine being a graduate!
to imagine/consider - (sifatida) bilmoq, (sifatida) tasavvur qilmoq degan ma'nosida to+infinitive bilan qo'llaniladi.
Eg. Everyone considers it to be the best grammar book on the market.
Eg. I imagine him to be a good teacher.

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
725 views @English_Navbahor , 12:40
Ochish/sharhlash
2023-03-26 11:52:39 Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (1-qism)

Ingliz tilida (oldingi darslarda o'rganilgan fe'llardan tashqari) qaysi fe'ldan keyin gerundiy yoki infinitiv ishlatilishining qat'iy qoidasi yoʻq. Ammo siz fe'lning ma'nosidan kelib chiqib, undan keyin nima qoʻllanishini bilib olishingiz mumkin.
Gerundiyda ifodalangan ish-harakat asosiy fe'l bilan bir vaqtda sodir boʻladigan yoki undan oldin sodir boʻlgan ish-harakatni ifodalaydi:
Eg. I enjoy swimming. (bir vaqtda sodir boʻladi…suzayotganda zavqlanaman)
Eg. I regret buying that coat. (sotib olish oldin boʻlgan…sotib olganimdan afsusdaman)

Infinitivda ifodalangan ish-harakat asosiy fe'ldagi ish-harakatdan keyin sodir boʻladigan ish-harakatni bildiradi.
Eg. We hope to see you next week. (hozir umid qilaman seni keyingi hafta koʻrishga)
Eg. We decided to buy a new house.(oldin qaror qildik, endi sotib olamiz)

Quyidagi ro'yxatda bir necha fe'llarning ham gerundiy, ham infitiniv bilan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz:
to remember - esga tushmoq (oldin esga tushib, keyin biror ish-harakatni bajarsak) remember+to infinitive qoʻllaniladi.
Eg. I remembered to post the letter which was urgent. (…esimga tushdi va keyin xatni joʻnatdim.)
to remember - xotirlamoq, eslamoq (avval, oʻtmishda sodir boʻlgan ish-harakatni eslasak) remember+gerund qoʻllaniladi.
Eg. I still remember walking with Jane along the river. (Men haligacha Jeyn bilan daryo boʻylab sayr qilganimni eslayman.)

to regret - afsusda boʻlmoq (biror xabarni aytishda regret to say/to tell/to inform/ to confirm/to report fe'llari bilan qoʻllaniladi.)
Eg. I regret to tell you that your application hasn't been accepted. (Sizning hujjatingiz qabul qilinmaganligini aytishdan afsusdaman.)
to regret - pushaymon boʻlmoq (avval qilingan ishdan afsusda boʻlish ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi)
Eg. I regret being so rude to her. (Unga qoʻpol munosabatda boʻlganimdan pushaymonman.)
Eg. He regrets buying (or having bought) an Opel. He would rather have bought a BMW.

to try - urinmoq, harakat qilmoq ma'nosida to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
Eg. I tried to open the door but I couldn't. (Men eshikni ochishga harakat qildim, ammo qoʻlimdan kelmadi.)
Eg. Please try to be quiet when you come home. Everybody will be asleep.
to try - sinab koʻrmoq ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. If you don't like Coca-Cola, try drinking Pepsi. (Agar Koka-Kolani yoqtirmasang, Pepsi ichib koʻr.)
Eg. If the mashine doesn't work, try pressing the green button again. (Agar uskuna ishlamasa, yashil tugmani yana bosib ko'ring)

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.1K views @English_Navbahor , 08:52
Ochish/sharhlash
2023-03-26 03:16:07 Bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv) ishlatilishi.

Quyidagi fe'llar oʻzidan keyin bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv ) boʻlishini talab qiladi. Bu fe'llar nutqda juda koʻp qoʻllanilgani bois, men ularni buyuk fe'llar metaforasi bilan atayman.
make - majburlamoq
let - ruxsat bermoq, yo'l qo'ymoq
have - yollamoq, koʻndirmoq
Eg. Hot weather makes me feel tired. (Issiq havo meni charchatadi)
Eg. Her parents wouldn't let her go out alone. (Uning ota-onasi unga yolg'iz koʻchaga chiqishga ruxsat berishmaydi.)
Eg. I had Jack write all my notes. (Men Jekga hamma konspektlarimni yozdirdim.)
Eg. I made him promise that he wouldn't tell anyone what had happened.

Majhul nisbatda:
Eg. We were made to wait for two hours. (Bizni ikki soat kutishga majbur qilishdi)

Let's (Let us) - Keling… iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllaniladi.
Eg. Let's go swimming tonight. (Kelinglar, bugun kechqurun suzishga boramiz.)

Why/Why not….? - Nimaga/Nimaga…emas? iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllanishi lozim.
Eg. Why wait for them? (Nimaga ularni kutamiz?)
Eg. Why not go to a restaurant tonight? (Nimaga kechqurun restoranga bormaymiz? (boraylik degan ma'noda)

anything but/… nothing but/except+bare infinitive qurilmasining ishlatilishiga ham e’tibor bering:
Eg. He does nothing but yawn at the lessons. (U darsda faqat esnab o'tiradi)

Agar ketma-ket bir nechta infinitiv qoʻllaniladigan boʻlsa, ikkinchi fe'l to qo'shimchasiz ishlatiladi.
Eg. We decided to come and see you.

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.6K views @English_Navbahor , 00:16
Ochish/sharhlash
2023-03-25 19:44:05 Infinitivning gapdagi to'ldiruvchi bilan ishlatilishi.

want – xohlamoq
expect - kutmoq
would like - xohlamoq
ask - soʻramoq
mean - niyatda boʻlmoq
would prefer - afzal koʻrmoq

Yuqorida keltirilgan fe'llardan keyin ikkita qurilma qoʻllanishi mumkin:
verb+to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni gapning egasi amalga oshiradi)
Eg. He would like to come. (U kelishni xohlaydi)
Eg. I asked to see the manager. (Men menejer bilan ko'rishishni so'radim)

verb+object +to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni toʻldiruvchi amalga oshiradi.)
Eg. He would like me to come. (U mening kelishimni xohlaydi.)
Eg. I asked Tom to help. (Men Tomdan yordam berishni so'radim)

Help fe'lidan keyin yuqoridagi holatlarda to+infinitive yoki bare infinitive qoʻllanishini mumkin.
Eg. Can somebody help me (to) move this table?

Quyida keltirilgan fe'llar esa asosan verb+object+to infinitive qurilmasida qoʻllaniladi.
tell - aytmoq
warn - ogohlantirmoq
enable - imkon bermoq
order - buyurmoq
force - majburlamoq
teach - oʻrgatmoq
remind - esga solmoq
invite - taklif qilmoq
persuade - koʻndirmoq
get - koʻndirmoq (to get somebody to something)
cause - sabab boʻlmoq
entitle - huquq bermoq
challenge - chaqirmoq, chorlamaoq
dare - undamoq
convince - ishontirmoq
hire - yollamoq
urge - undamoq
instruct - koʻrsatma bermoq
require - talab qilmoq
Eg. Remind me to phone Ann tomorrow. (Ertaga menga Annaga telefon qilishimni eslatgin)
Eg. He warned me not to touch anything. (U meni hech narsaga tegmaslik haqida ogohlantirdi)


Bu qurilmani majhul nisbatda ishlatilishiga e'tibor bering.
Eg. I was warned not to touch anything.

Quyidagi fe'llardan keyin ham ikki xil qurilma ishlatiladi. Agar bu fe'llardan keyin toʻldiruvchi boʻlmasa, gerundiy qoʻllaniladi. Agar toʻldiruvchi boʻlsa, infinitive qoʻllanishi lozim.
allow - ruxsat bermoq
recommend - tavsiya qilmoq
permit - ruxsat bermoq
encourage - ruhlantirmoq
advise - maslahat bermoq
urge - undamoq
Eg. I wouldn't advise/recommend staying in that hotel. (Men anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.)
Eg. I wouldn't advise/recommend you to stay in that hotel. (Men sizga anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.)
Eg. They don't allow parking in front of the building.
Eg. They don't allow people to park in front of the building.

Yuqoridagi gaplarning majhul nisbatda qoʻllanishiga e'tibor beramiz:
Eg. Parking isn't allowed in front of the building. (Gerundiy ega oʻrniga oʻtgan)
Eg. You aren't allowed to park in front of the building. (Toʻldiruvchi ega oʻrniga oʻtgan)

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.8K views @English_Navbahor , 16:44
Ochish/sharhlash
2023-03-23 17:10:26
Ramazon muborak!

Assalomu alaykum qadrli @Green_Grammar kanali a'zolari. Barchangizga 23.03.2023 yil'da kirib kelgan "Ramazon oyi" muborak boʻlsin!

Alhamdulillah! Ramazonga yetkazib, roʻza tutish baxtiga musharraf qilgan Allohimga hamdu sanolar boʻlsin!

Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!

@GREEN_GRAMMAR
1.5K views @English_Navbahor , 14:10
Ochish/sharhlash
2023-03-23 04:36:26 Alhamdulillah

23.03.2023

Ramadhan mubarak
1.4K views @English_Navbahor , 01:36
Ochish/sharhlash
2023-03-23 03:34:32 Ramadhan mubarak

Alhamdulillah! Roʻzadorlarga Alloh chiroyli sabr va matonat bersin! Tutgan roʻzamizni Alloh savob ila qabul aylasin!
1.5K views @English_Navbahor , 00:34
Ochish/sharhlash
2023-03-22 21:07:57 Alhamdulillah Ramazonga yetkazayotgan Allohimga hamdu sanolar boʻlsin!
Ramazon oyi barchamizga yaxshiliklar ila xayrli va barakotli kelsin.

Navbahor
1.6K views @English_Navbahor , 18:07
Ochish/sharhlash
2023-03-22 17:43:11
Qalblarning davosi, oylarning sultoni Ramazon kirib kelmoqda...

Barcha muslim va muslimalarga Ramazon muborak! Tutgan roʻzangizni Alloh oʻzi qabul aylasin!

“Ey imon keltirganlar, oldin oʻtganlarga kabi sizlarga ham roʻza tutish farz qilindi, shunda taqvodor boʻlursizlar”
(Baqara surasi, 183-oyat).

@GREEN_GRAMMAR
2.2K views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅 — ᴍᴀɴᴀɢᴇʀ , 14:43
Ochish/sharhlash