Get Mystery Box with random crypto!

GREEN GRAMMAR

Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR G
Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR
Kanal manzili: @green_grammar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.49K
Kanalning ta’rifi

TESTS🔠
VOTE QUIZ☑️
ENGLISH GRAMMAR📗
Faqat ingliz tilidan savollar bo'lsa, @Alsabr0203bot'ga murojaat qiling.
Texnik admin: @AbdulazizAkhmed
Reklama: @green_reklama_uz

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


AKHMED_o_v
AKHMED_o_v

super


Oxirgi xabar 6

2023-05-08 09:12:28 Live stream scheduled for May 8 at 17:00
06:12
Ochish/sharhlash
2023-05-08 08:49:19
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz aʼzolari!
Barchangizni bugun soat 22:00 da boʻlib oʻtadigan live stream'ga taklif etamiz.

Mavzu: IELTS da qanday qilib biz kutgan natijalar (7/7,5/8/9) darajalarga erishishimiz mumkin?

IELTS imtihoniga kiruvchilar uchun IELTS zonasidagi atmosfera qay darajada boʻladi?

Shu kabi sizni va bizni qiziqtirayotgan turli savollarimizga bugungi mehmonimiz BARNO QODIROVA tomonidan javoblar olamiz.

Kimda qanday savollar boʻlsa ushbu post izohlarida yozib qoldiring!

Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing! @GREEN_GRAMMAR bilan yuksak choʻqqilarga munosib boʻling!

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
2.5K views @English_Navbahor , 05:49
Ochish/sharhlash
2023-05-05 08:22:49 #GreenTalks ning keyingi Speakeri haqida qisqacha.

- "TESOL - an international teaching certificate"

- "SPEAKING 8"

- "NATIONAL CEFR C1"

- "TEDex SPEAKER "


Qolgan ma'lumotlarni (vaqt) keyinroq kanalda e'lon qilinadi.

Tayyormisizlar?!
3.4K viewsBahodir, edited  05:22
Ochish/sharhlash
2023-05-04 15:46:32
#GREENTalks

1. Eldorbek Olimov IELTS band 7.5

2. Sheroz Akhmadov IELTS band 8.0

3. Guess who is she?
3.0K viewsBahodir, edited  12:46
Ochish/sharhlash
2023-05-04 06:14:50 52-dars Noto'g'ri sifat va ravishlar (The fifty second lesson: Irregular adjective and adverbs)

Hello everybody. How are you? Are you ready for our the fifty second lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
2.9K views @English_Navbahor , 03:14
Ochish/sharhlash
2023-05-04 06:14:29 52-dars Noto'g'ri sifat va ravishlar (The fifty second lesson: Irregular adjective and adverbs)

Notoʻg'ri sifat va ravish deyilganda oldingi mavzulardagi qoʻshimchalar va qoidalardan istisno sifat va ravishlar tushuniladi.

Good soʻzining ravish shakli well hisoblanadi. Bu soʻzlar oʻzbek tilida bir xil 'yaxshi' deb tarjima qilinadi, lekin ingliz tilida ularning gapdagi oʻrniga qarab sifat yoki ravish sifatida qo'llanilganligini bilish mumkin.
Eg. Susan is a good pianist. (good pianist... sifat+ot)
Eg. Susan plays the piano well. (plays the piano well... fe'l+toʻldiruvchi+ravish)

Well ravishi fe'lning III shakli (Past participle) bilan birlashib qoʻshma sifat hosil qiladi. Bunday vaziyatlarda ular orasiga chiziqcha qoʻyiladi.

well-known - mashhur
well-dressed - yaxshi kiyingan
well-paid - yaxshi haq toʻlanadigan
well-educated - yaxshi ta'lim olgan

Eg. I am looking for a well-paid job.
Eg. Gary's father is a well-known writer.

Well soʻzi sog'lig'i yaxshi degan ma'noda sifat boʻlib qoʻllaniladi.
Eg. A: How are you today? (Bugun ahvolingiz qanday?)
B: I am very well, thank you. (Juda yaxshiman, rahmat.)

Quyidagi soʻzlar esa bir xil shaklda ham sifat, ham ravish sifatida qoʻllaniladi:

Hard/fast/deep/early/high/late/long/low/near/right/straight/wrong.

Eg. We did some hard work. (oʻgir ish...sifat)
Eg. We worked hard. (qattiq ishladik...ravish)
Eg. I came on the fast train. (tezyurar poyezd...sifat)
Eg. The train went quite fast. (ancha tez yurdi...ravish)
Eg. Farmer have imported their tomatoes to the UK from late October until June for 120 years. (oktabr oxiri...sifat)
Eg. The postman brings my mail so late that I rarely see it before I go to work. (kech olib keladi...ravish)

Hard/near/late/high/free soʻzlariga - ly qoʻshimchasi qoʻshilganida umuman boshqa ma'no anglatadi.
Eg. I tried hard, but I didn't succeed. (...hard=qattiq)
Eg. I have got hardly any money. (...hardly=deyarli yoʻq)
Eg. Luckily I found a phone box quite near.(...near=yaqin )
Eg. I nearly fell asleep in the meeting. (...nearly=deyarli)
Eg. Rachel arrived late as usual. (...late=kech)
Eg. I have been very busy lately. (...lately=yaqindan beri)
Eg. The plane flew high above the clouds. (...high=baland)
Eg. The material is highly radioactive. (...highly=juda)
Eg. We got into the concert free. (...free=tekin)
Eg. The animals are allowed to wander freely. (...freely=erkin)

Hardly soʻzi gapda zoʻrg'a, deyarli yoq degan ma'nolarda keladi. Bu soʻz mazmunan inkor soʻz hisoblanadi va shuning uchun boʻlishli fe'l bilan qoʻllaniladi.
Eg. We have only met once or twice. We hardly know each other. (...deyarli bir-birimizni bilmaymiz.)

Hardly soʻzining any/anything/anybody/anyone/anywhere olmoshlari bilan qoʻllanilishi koʻp uchraydi.
Eg. A: How much money have you got?
B: Hardly any. (Deyarli hecha qancha)
Eg. There is hardly anything in the fridge. (Muzlatkichda deyarli hech narsa yoq.)
Eg. The exam results were very bad. Hardly anybody in our class passed.

Can/could modal fe'llardan hardly soʻzi bilan juda koʻp qoʻllaniladi.
Eg. Your writing is terrible. I can hardly read it. (zo'rg'a o'qiy oldim)
Eg. My leg was hurting. I could hardly walk.

Hardly ever soʻzi deyarli (hech qachon) degan ma'noda payt ravishi hisoblanadi.
Eg. I'm nearly always at home. I hardly ever go out. (... deyarli ko'chaga chiqmayman)

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
2.7K views @English_Navbahor , 03:14
Ochish/sharhlash
2023-05-01 20:28:10
Congratulations

From Elementary to IELTS 6

Qanday qilib deysizmi?
Test markazimizga keling va 3 kunlik intensiv training kursimizga qatnashib siz ham shunchaki duolingo topshiring.

TARGET: 6, 6.5, 7 (IELTS)

Abdulboriyni kelgusi o'qishlariga omad tilab qolamiz.

Amerika
Yevropa
Kanada
Avstraliya va boshqa chet davlatlariga o'qishga topshirib ketsa bo'loradi endi.

@duolingoandijon
1.8K viewsSobirjon Mirzaxamdamov, 17:28
Ochish/sharhlash
2023-05-01 05:35:41 Good morning to all!
Have a nice day!

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.8K views @English_Navbahor , 02:35
Ochish/sharhlash
2023-04-30 10:49:30Too or Enough? (@GREEN_GRAMMAR)
(Too https://t.me/Green_Grammar/1959) (Enough https://t.me/Green_Grammar/1960) SOURCE: engblog.ru testi
15 ta savol · 30 soniya
2.2K views @English_Navbahor , 07:49
Ochish/sharhlash
2023-04-30 08:20:31ENOUGH (Adjectives vs Nouns) MCQ Grammar Quiz - Test - Exercise (@GREEN_GRAMMAR)
#green_grammar SOURCE: englishtestsonline.com testi
15 ta savol · 30 soniya
2.3K views @English_Navbahor , 05:20
Ochish/sharhlash