Get Mystery Box with random crypto!

Bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv) ishlatilishi. | GREEN GRAMMAR

Bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv) ishlatilishi.

Quyidagi fe'llar oʻzidan keyin bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv ) boʻlishini talab qiladi. Bu fe'llar nutqda juda koʻp qoʻllanilgani bois, men ularni buyuk fe'llar metaforasi bilan atayman.
make - majburlamoq
let - ruxsat bermoq, yo'l qo'ymoq
have - yollamoq, koʻndirmoq
Eg. Hot weather makes me feel tired. (Issiq havo meni charchatadi)
Eg. Her parents wouldn't let her go out alone. (Uning ota-onasi unga yolg'iz koʻchaga chiqishga ruxsat berishmaydi.)
Eg. I had Jack write all my notes. (Men Jekga hamma konspektlarimni yozdirdim.)
Eg. I made him promise that he wouldn't tell anyone what had happened.

Majhul nisbatda:
Eg. We were made to wait for two hours. (Bizni ikki soat kutishga majbur qilishdi)

Let's (Let us) - Keling… iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllaniladi.
Eg. Let's go swimming tonight. (Kelinglar, bugun kechqurun suzishga boramiz.)

Why/Why not….? - Nimaga/Nimaga…emas? iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllanishi lozim.
Eg. Why wait for them? (Nimaga ularni kutamiz?)
Eg. Why not go to a restaurant tonight? (Nimaga kechqurun restoranga bormaymiz? (boraylik degan ma'noda)

anything but/… nothing but/except+bare infinitive qurilmasining ishlatilishiga ham e’tibor bering:
Eg. He does nothing but yawn at the lessons. (U darsda faqat esnab o'tiradi)

Agar ketma-ket bir nechta infinitiv qoʻllaniladigan boʻlsa, ikkinchi fe'l to qo'shimchasiz ishlatiladi.
Eg. We decided to come and see you.

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor