Get Mystery Box with random crypto!

GREEN GRAMMAR

Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR G
Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR
Kanal manzili: @green_grammar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.49K
Kanalning ta’rifi

TESTS🔠
VOTE QUIZ☑️
ENGLISH GRAMMAR📗
Faqat ingliz tilidan savollar bo'lsa, @Alsabr0203bot'ga murojaat qiling.
Texnik admin: @AbdulazizAkhmed
Reklama: @green_reklama_uz

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


AKHMED_o_v
AKHMED_o_v

super


Oxirgi xabar 10

2023-03-20 18:45:35 46-dars'ni davomi. Infinitive haqida qoʻshimcha maʼlumot (Additional information about the infinitive)

Hello everybody. How are you? Are you ready for our the next lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
971 views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅 — ᴍᴀɴᴀɢᴇʀ , 15:45
Ochish/sharhlash
2023-03-20 18:45:35 46-dars'ni davomi. Infinitiv haqida qoʻshimcha maʼlumot (Additional information about the infinitive)

Infinitive gapdagi mazmuniga qarab 6 ta shaklda keladi. Infinitivda davomiy infinitivlar qo'shilganligi sababli, gerundiyga qaraganda 2 ta ko'p shaklga ega. Quyidagi jadvalda to do fe'lining infinitiv shakllari va qavs ichida ularning nisbati berilgan.
Simple infinitive (active) - to do
Eg. I need to do this exercise. (Men bu mashqni bajarishim kerak)

Simple continuous infinitive (active)- to be doing
Davomiy infinitiv davom etib turgan ish-harakatni bildirib to pretend/seem fe'llaridan keyin qoʻllaniladi.
Eg. When I saw him, he pretended to be reading a book. (Uni koʻrganimda, u oʻzini kitob oʻqiyotgandek koʻrsatdi)

Simple infinitive (passive) - to be done
Majhul nisbatdagi infinitiv ish-harakat bajaruvchisi noma'lum yoki ahamiyatsiz ekanligini koʻrsatadi.
Eg. This work needs to be done. (Bu ish bajarilishi kerak - kim bajarishi ahamiyati yoq )

Perfect infinitive (active) - to have done
Perfect infinitiv infinitivda ifodalangan ish-harakat tugallanganligi yoki ancha oldin sodir boʻlganligini koʻrsatadi.
Eg. You seem to have lost weight. (Siz ozgan koʻrinasiz.)

Perfect continuous infinitive (active) - to have been doing
Infinitivning Perfect continuous infinitive tugallangan davomiylikni bildirib keladi.
Eg. You are tired. Was it hard to have been running all morning? (Siz charchabsiz. Butun ertalab yugurib yurish qiyin boʻldimi?)

Perfect infinitive (passive) - to have been done
Perfect infinitive (passive) o'tgan zamondagi majhul nisbatdagi voqea-hodisalar uchun boshqa fe'llardan keyin ishlatiladi.
Eg. This book is thought to have been written in 15th century. (Bu kitob 15-asrda yozilgan deb taxmin qilinadi.)

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
999 views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅 — ᴍᴀɴᴀɢᴇʀ , 15:45
Ochish/sharhlash
2023-03-20 14:27:30

@English_Navbahor
1.2K views @English_Navbahor , 11:27
Ochish/sharhlash
2023-03-17 11:58:57GERUNDS vs INFINITIVES MCQ Grammar Quiz - Test - Exercise (@GREEN_GRAMMAR)
#green_grammar SOURCE: englishtestsonline.com testi
15 ta savol · 30 soniya
1.5K views @English_Navbahor , 08:58
Ochish/sharhlash
2023-03-17 11:58:40"The Infinitive" (@GREEN_GRAMMAR)
#infinitive #green_grammar SOURCE: native-English.ru testi
15 ta savol · 30 soniya
1.5K views @English_Navbahor , 08:58
Ochish/sharhlash
2023-03-16 17:52:28
Siz uchun ajoyib imkoniyat!
Rus tilida gapirishga qiynalayapsizmi?



Aynan siz uchun WELL OʻQUV MARKAZI barcha muammolaringizga asosiy yechim.

Barcha yoshdagi rus tilini oʻrganuvchilar uchun rus tili grammatikisini 0dan oʻrganish, razgavorni tezda oshirish hamda B2 va C1 darajadagi sertifikat egasi boʻlish imkoniyatini biz sizga taqdim etamiz.

Asosiysi qulay narx, sifatli dars va natija malakali ustozlar tomonidan kafolatlanadi.

Shoshiling!
Hoziroq murojaat qilsangiz ajoyib chegirma egasiga aylanishingiz mumkin

Murojaat uchun:
+998900002706
1.9K views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅 — ᴍᴀɴᴀɢᴇʀ , 14:52
Ochish/sharhlash
2023-03-15 15:15:48 Infinitive bilan ishlatiladigan fe'llar

Quyidagi fe'llar o'zidan keyin kelgan fe'l to infinitive shaklida bo'lishini talab etadi. E'tiborlisi shuki, quyidagi fe'llarning ba'zilar turli ma'nolarga ega, lekin ro'yxatda aynan qaysi ma'nosida infinitiv talab qilishi keltirilgan. Masalan to seek fe'lining asosiy ma'nosi qidirmoq, lekin harakat qilmoq ma'nosida o'zidan keyin infinitiv talab qiladi.

agree - rozi boʻlmoq, kelishmoq
appear* - koʻrinmoq
seek - harakat qilmoq
refuse - rad qilmoq, bosh tortmoq
seem* - koʻrinmoq, tuyulmoq
fail - uddasidan chiqolmaslik
promise - va'da bermoq
pretend* - -dek koʻrinmoq
beg - yalinmoq
threaten - tahdid qilmoq
afford - qurbi yetmoq
choose - tanlamoq
offer* - taklif qilmoq
forget* - unutmoq
expect* - kutmoq
attempt - harakat qilmoq
learn (how) - oʻrganmoq
need* - kerak boʻlmoq
manage - uddasidan chiqmoq
dare*- jur'at qilmoq
wish - tilamoq
ask - soʻramoq
tend - moyil boʻlmoq
consent - rozi boʻlmoq
decide - qaror qilmoq
aim - moʻljallamoq
demand - talab qilmoq
plan - rejalashtirmoq
can't wait - juda xohlamoq
desire - istamoq
arrange - belgilamoq, rejalashtirmoq
hurry - shoshilmoq
hesitate - ikkilanmoq
hope - umid qilmoq
prepare - tayyorgarlik koʻrmoq
deserve - loyiq boʻlmoq
mean* - niyatda boʻlmoq
strive - harakat qilmoq
struggle - kurashmoq
swear - qasam ichmoq
volunteer - koʻngilli boʻlmoq
claim - da'vo qilmoq
decline - rad etmoq
want* - xohlamoq
happen - ro'y bermoq
try* - urinmoq
care - qiziqmoq

Yuqorida yulduzcha* bilan belgilangan fe'llarga keyingi mavzularda alohida toʻxtalib oʻtiladi.

Examples:
1. As it was late, we decided to take a taxi home. (Kech boʻlganligi tufayli uyga taksida ketishga qaror qildik.)
2. They agreed to lend me some money when I told them the position I was. (Men ularga qanday sharoitdaligimni aytganimdan keyin, ular menga qarz berishga rozi boʻlishdi.)
3. He pretended not to see me as he passed by. (U yonimdan otganda oʻzini meni koʻrmaganlikka oldi.)
4. The teacher was very strict. Nobody dared to talk. (Oʻqituvchi juda qattiqqoʻl edi. Hech kim gaplashishga jur'at qilolmasdi.)

@GREEN_GRAMMAR
@English_Navbahor
2.2K views @English_Navbahor , 12:15
Ochish/sharhlash
2023-03-14 13:57:33 Additional information!
I think very useful for you

Zamon qo'lashdagi xatolik

I have visited Niagara Falls last weekend
I visited Niagara Falls last weekend

Tugagan vaqt ko’rsatkichlari: yesterday, last week, in 1991… Ya’ni o’tgan zamon paytlari bilan biz Present Perfect ishlatmaymiz

Relative Clausedagi xatolik

The woman which works here is from Japan
The woman who works here is from Japan.

Agar Relative Clauseda ega odam bo’lsa the woman ga o’xshab who ishlatamiz,ega narsa bo’lsa which ishlatamiz. That odamlarga va narsalarga farqiz ishlatiladi

-Ed yoki -ing bilan tugagan sifatlardagi xatolik

She was boring in the class.
She was bored in the class.

Oxiri -ed bilan tugagan sifatlar bizga odamlarning qanday his qilganlarni bildiradi. qo’rqanni, zerikkanni. Oxiri -ing bilan tugagan sifatlar bizga odamlar, narsalar va vaziyatlarni xusisiyatni qanaqa ekani bildiradi: zerkarli, qo’rqinchli

Modal fe'llardagi xatolik

I must to call him immediately
I must call him immediately.

Biz modal fe’lardan so’ng fe’lning o’zini hech bir qo’shimchasiz shaklini ishlatamiz

Every ishlatishdagi xatolik

Every students like the teacher.
Every student likes the teacher.

Each va Every olmoshi o’zidan keyin faqat birlikdagi donalab sanaladigan ot oladi

Bog'lovchilarni ishlatishdagi xatolik

Although it was raining, but we had the picnic.
Although it was raining, we had the picnic.

Although bog’lovchisi - ga qaramay, deb tarjima qilnadi va gapda Although + Ega + kesim, Ega kesim holida keladi. Va gapda o’zidan kegin boshqa bog’lovchi olmaydi

Predlogdan keyin to infinitive qo'llash

I look forward to meet you
I look
forward to meeting you

Biz predloglar(from,to,on,about,of va boshqalar)dan kegin kelgan fe’lga -ing qo’shamiz. Buyerda ham to predlog bo’lib kelmoqda shu sababli fe’lga -ing qo’shilmoqda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.1K views @English_Navbahor , 10:57
Ochish/sharhlash
2023-03-13 13:08:41 46-dars. Infinitive va uning qoʻllanilishi (The forty sixth lesson: To infinitive)

Hello everybody. How are you? Are you ready for our the forty sixth lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.3K views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅 — ᴍᴀɴᴀɢᴇʀ , 10:08
Ochish/sharhlash
2023-03-13 13:08:41 46-Dars. Infinitiv va uning qo'llanishi (The forty sixth lesson: To infinitive)

Ingliz tilida infinitiv deb fe'lning noaniq (birinchi) shakliga aytiladi. Fe'lning noaniq shakli - bu fe'lning zamon va shaxsni koʻrsatmaydigan shaklidir, sodda qilib aytganda, fe'lning lug'atda yoziladigan shaklidir. Infinitivni oʻzbek tilidagi harakat nomi deb tushunishimiz mumkin. Infinitiv ikki turga boʻlinadi:
bare infinitive - 'to 'siz infinitiv. (run/come/go/get…)
full infinitive - 'to' li infinitive (to run/to come/to go/to get…)

Infinitiv quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:
Gapda ega sifatida:
To go overseas on your own is very brave. (Dengiz ortiga yolg'iz sayohat qilish jasurlik)

Ba'zibir fe'llardan keyin toʻldiruvchi sifatida (agree/attempt/hope/decide…+to infinitive):
They agreed to come.
We decided to eat out.

Ba'zibir fe'llardan keyin fe'l+toʻldiruvchi+to infinitive qurilmasida:
I asked her to come.
Remind me to phone Jack.

to be/to have - boʻlmoq/ega boʻlmoq fe'llaridan bilan aim/duty/task/dream… soʻzlari qoʻllanilsa, ushbu qurilmadan keyin:
His duty was to inform us immediately. (Uning vazifasi bizga darhol xabar berish edi)
My dream is to become a sailor.
The aim of the exhibition is to exchange experience.

Maqsadni ifodalash uchun:
I went out to post the letter. (Men xatni jo'natish uchun tashqariga chiqdim)
I am studying English to go to the America.

Ot va olmoshdan keyin:
I have a lot of work to do. (Bajariladigan ishim koʻp)
I've got a few people to see. (Uchrashadigan bir nechta insonlarim bor)

Ba’zibir fe’llaridan keyin fe'l+soʻroq olmoshi+to infinitive qurilmasida:
Could you tell me how to get to the station?
I didn't know what to do.

am/is/are+to infinitive qurilmasi kelajakda boʻladigan ish-harakatni bildiradi:
He is to become mayor next month.

to be about+to infinitive qurilmasi yaqin kelajakda sodir boʻladigan ish-harakat uchun qoʻllaniladi.
The plane is about to take off. (Samolyot hozir uchib ketadi)

Infinitive ham aslida fe'l boʻlganligi uchun uni ham inkor shaklida qilish mumkin. Bunday vaziyatda infinitiv oldidan not soʻzi qoʻllaniladi va oʻzbek tiliga -maslik qoʻshimchasi bilan tarjima qilinadi.
We decided not to stay at home during the holiday. (Biz ta'til davomida uyda qolmaslikka qaror qildik)
We agreed not to tell anyone. (Biz hech kimga aytmaslikka qaror qildik)

Oldingi darslarimizda ham gerundiyni harakat nomi sifatida aytib ot’gandik. Umuman olganda, gapning egasi bo’lib kelgan gerund va infinitiv o’rtasida farq yo’q, lekin odatda umumiy mazmundagi gaplar uchun gerundiy, muayyan vaziyat uchun infinitiv ishlatgan ma’qul. Quyidagi gaplarga e’tibor bering:
Swimming is my favourite sport.
To swim in that river isn’t at all wise.

Thanks everybody. See you soon the next lesson.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.3K views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅 — ᴍᴀɴᴀɢᴇʀ , 10:08
Ochish/sharhlash