Get Mystery Box with random crypto!

Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (3-qi | GREEN GRAMMAR

Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (3-qism)

Ingliz tilidagi quyidagi fe'llardan keyin ma'noda hech qanday oʻzgarishsiz gerundiy yoki to+infinitive qoʻllana oladi.
to begin - boshlamoq
to continue - davom ettirmoq
to start - boshlamoq
to bother - urinmoq, harakat qilmoq
to intend - niyatda boʻlmoq

Eg. He began/started/continued to shout.
Eg. He began/started/continued shouting.

Yuqoridagi gaplarda ma'no juda yaqin, lekin gapda ikkita -ing qoʻshilgan fe'l ketma-ket qoʻllanishidan saqlanish kerak.
Eg. It is starting raining. ( notoʻg'ri )
Eg. It is starting to rain. ( toʻg'ri )

to help - yordam bermoq fe'li oʻzidan keyin to+infinitive yoki bare infinitive bilan qoʻllanishi mumkin.
Eg. They helped us to clean the windows.
Eg. They helped us clean the windows.

Ammo can't help/couldn't help - oʻzini toʻxtatolmaslik, oʻzini tiyolmaslik ma'nolarida oʻzidan keyin gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. He is so funny. Every time I see him, I can't help smiling. (U juda kulguli. Har gal uni koʻrganimda oʻzimni jilmayishdan toʻxtatolmayman)
Eg. I am very sorry. Someone pushed me and I couldn't help dropping the glasses. (Juda afsusdaman. Birov meni itarib yubordi va men stakanni tashlab yuborishdan oʻzimni toʻxtatolmadim)

be afraid to do something - biror ish qilishga qoʻrqmoq ma'nosida qoʻllanadi. Bu vaziyatda biz qoʻrqishimizga asos boʻladigan xavf haqiqatan mavjud boʻladi.
Eg. The sea was rough. We were afraid to swim in the sea. (Dengiz toshqin edi. Biz dengizda choʻmilishga qoʻrqdik)
Eg. The streets of the city are very dangerous at night. People are afraid to go out. (Tunda shahar koʻchalari juda xavfli. Odamlar tashqariga chiqishdan qoʻrqishadi.)

be afraid of doing something - biror ish qilishdan xavfsiramoq degan ma'noda qoʻllanadi. Odatda, bu vaziyatda qoʻrqishimizga asos boʻladigan xavf mavjud boʻlmaydi, lekin uning ehtimoli bor.
Eg. I don't usually carry my passport with me. I am afraid of losing it. (Men odatda pasportim oʻzim bilan olib yurmayman. Men uni yoqotib qoʻyishdan qoʻrqaman/xavfsirayman.)
Eg. We rushed to the station. We were afraid of missing the train. (Biz vokzalga shoshildik. Biz poyezdni oʻtkazib yuborishdan qoʻrqdik.)

chance of doing something - biror ish qilishga imkoniyat (omad) borligini bildiradi.
Eg. She has a very good chance of passing the exam. (Uning imtihondan oʻtish imkoniyati juda yaxshi.)

chance to do something - biror ish qilishga imkoniyat (vaqt) borligini bildiradi.
Eg. Sorry, but I didn't have a chance to look at your application. (Kechirasiz, lekin sizning hujjatingizni koʻrib chiqishga imkoniyatim (vaqtim) boʻlmadi)

opportunity to do something va opportunity of doing something qurilmalari ham yuqoridagi holatdagidek qoʻllaniladi.

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor