Get Mystery Box with random crypto!

GREEN GRAMMAR

Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR G
Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR
Kanal manzili: @green_grammar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.49K
Kanalning ta’rifi

TESTS🔠
VOTE QUIZ☑️
ENGLISH GRAMMAR📗
Faqat ingliz tilidan savollar bo'lsa, @Alsabr0203bot'ga murojaat qiling.
Texnik admin: @AbdulazizAkhmed
Reklama: @green_reklama_uz

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


AKHMED_o_v
AKHMED_o_v

super


Oxirgi xabar 8

2023-04-12 06:58:15 49-dars. Sifat va ravishlarning darajalari (The forty ninth lesson: Levels of adjectives and adverbs)

Hello everybody. How are you? Are you ready for our the forty ninth lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
814 views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅, 03:58
Ochish/sharhlash
2023-04-12 06:58:15 49-dars. Sifat va ravishlarning darajalari (The forty ninth lesson: Levels of adjectives and adverbs)

Belgini bildiruvchi soʻz turkumlari (ravish va sifatlar)ning koʻpchiligini darajalab boʻladi, ya'ni u yoki bu xususiyat predmetda koʻproq yoki kamroq ekanligini, bir predmet boshqalar orasida eng koʻp shu xususiyatga ega ekanligini bildirish darajalash deyiladi. Sifat va ravishlarning uchta darajasi mavjud.
Oddiy daraja (Common degree)
Qiyosiy daraja (Comparative degree)
Orttirma daraja (Superlative degree)


Sifat va ravishning oddiy darajasi bu ularga hech qanday qo'shimcha qo'shilmagan shakli bo'lib, o'zakda ham hech qanday o'zgarish bo'lmaydi.

Sifatning qiyosiy darajasi ikkita shaxs/predmetdagi belgi-xususiyatni qiyoslash uchun qoʻllaniladi.
Eg. Nosir is taller than Usmon. (Nosir Usmondan balandroq)

Ravishning qiyosiy darajasi ikkita ish-harakatning belgisini qiyoslashda qoʻllaniladi.
Eg. Nosir runs faster than Usmon. (Nosir Usmondan tezroq yuguradi)

Qiyosiy darajaning yasalishi:
1) Bir boʻg'inli sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi ularga -er qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi. -y harfi bilan tugagan ikki boʻg'inli sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi ham -er qoʻshimchsini qoʻshish bilan yasaladi va oʻzakda oʻzgarish boʻladi.
hard - harder
high - higher
cheap - cheaper
large - larger
busy - busier
lovely - lovelier
friendly - friendlier
early - earlier


2) Koʻpchilik ikki va undan ortiq boʻg'inli sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi ular oldidan more soʻzini keltirish bilan yasaladi.
expensive - more expensive
easily - more easily
often - more often
nicely - more nicely


3) Ba'zi sifat va ravishlarning qiyosiy darajasi -er qoʻshimchasi yoki more soʻzi bilan yasalishi mumkin.
quiet simple common cruel gentle narrow shallow

Misollar:
clever - cleverer yoki more clever
polite - politer yoki more polite


Yuqoridagi holatda faqat bitta qo'shimcha yoki so'zni ishlatishi lozim, ya'ni more quieter deyish noto'g'ri.

Noto'g'ri sifat va ravishlar jadvali
Oddiy daraja - Qiyosiy daraja - Orttirma daraja

good/well - better - the best
bad/badly - worse - the worst
far - farther/further - the farthest/the furthest
many/much - more - the most
old - older/elder - the oldest/the eldest
little - less - the least


Further soʻzining uzoqroq degan ma'nosidan tashqari yana, qoʻshimcha degan ma'nosi ham mavjud. Bu ma'noda mazkur so'z news/details/instructions/information/discussion degan soʻzlar bilan qoʻllaniladi.
Eg. If there is any further news, let me know. (qo'shimcha yangiliklar)

Older/elder soʻzlari yoshdagi farqni bildirib kelishlari mumkin, ammo ularning qoʻllanishida biroz farq bor.
Elder soʻzi faqat oila a'zolariga nisbatan ishlatiladi va than soʻzi bilan qoʻllanilmaydi. Bundan tashqari bu soʻz faqat ot bilan kelishi lozim.
Eg. My elder sister is a teacher.
Older soʻzi barcha vaziyatlarda qiyoshlash uchun ishlatiladi va than soʻzi bilan ham qoʻllana oladi.
Eg. My older/elder sister got married last year.
Eg. Mr Jonhson is a lot older than Bill. (... elder than emas)

Note!
Oddiy daraja
bu hech qanday qoʻshimcha olmaydigan sifat va ravish.
Qiyosiy daraja bu -er yoki more bilan ishlatilib har doim than qiyoslash belgisi bilan qoʻllaniladi.
Orttirma daraja bu sifat va ravishlarga the ... -est qoʻshilib yoki the most bilan birga kelish holati.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
798 views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅, edited  03:58
Ochish/sharhlash
2023-04-11 18:44:20Adjectives and adverbs (@GREEN_GRAMMAR)
CHANNEL: @GREEN_GRAMMAR SOURCE: englsecrets.ru testi
10 ta savol · 30 soniya
1.4K views @English_Navbahor , 15:44
Ochish/sharhlash
2023-04-11 18:41:36Inversion (@GREEN_GRAMMAR)
#Inversion #englishquiz #green_grammar SOURCE: COPYRIGHT usingenglish.com testi
10 ta savol · 30 soniya
1.4K views @English_Navbahor , 15:41
Ochish/sharhlash
2023-04-08 11:15:39 48-dars. Sifatlarning tartibi (The forty eighth lesson: Order of adjectives)

Hello everybody. How are you? Are you ready for our the forty eighth lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
816 views @English_Navbahor , 08:15
Ochish/sharhlash
2023-04-08 11:15:24 48-dars. Sifatlarning tartibi (The forty eighth lesson: Order of adjectives)

Yozma va og'zaki nutqimizda tez-tez ot oldidan bir necha sifat kelish holatini koʻrish mumkin.
Eg. Nick has got a big black dog. (big black = katta qora...2 ta sifat)
Eg. He was wearing an old white cotton shirt. (old white cotton =eski oq paxta...3 ta sifat)
Eg. There was a beautiful large round wooden table in the middle of the room. (beautiful large round wooden= chiroyli katta aylana taxta ...4 ta sifat)

Bir necha sifat ot oldidan qoʻllanilar ekan, ular tartib asosida ketma-ketlikda joylashadilar. Quyidagi qoidalar sifatlar qanday tartibda kelishini yoritib beradi.

Umumiy qoidaga binoan sifatlar fikr (opinion) va fakt (fact) sifatlariga boʻlinadi.
Fikr sifatlari insonning shaxsiy fikriga asoslangan predmetning belgisini bildiradi. Masalan, quyidagi sifatlar odatda fikr sifatlari hisoblanadi:
wonderful nice great awful terrible beautiful
Eg. Lovely sunny day (ajoyib quyoshli kun...bizning fikrimizcha kun ajoyib, lekin boshqa birov uchun ajoyib boʻlmasligi mumkin.)

Fakt sifatlari esa otga tegishli boʻlgan aniq belgi, xususiyatni bildiradi:
large black hot soft long young wooden
Eg. Lovely sunny day (ajoyib quyoshli kun...hamma uchun quyoshli kun.)

Umumiy qoidaga binoan fikr sifatlari fakt sifatlaridan oldin keladi.
Eg. He asked some nice easy questions. (nice - fikr, easy - fakt sifati.)
Eg. I gave Ann a beautiful wooden frame for her birhtday. (beautiful - fikr, wooden - fakt sifati.)
Eg. We met a lot of interesting young people during the holiday. (interesting - fikr, young - fakt sifati.)

Agar ot oldidan bir necha fakt sifatlari keladigan boʻlsa, (har doim emas!) quyidagi tartibga amal qilganimiz ma'qul.
Oʻlcham (how big?) - large/small/long/thin/round
Yoshi (how old?) - new/old
Rangi (what colour?) - red/blue/green/black
Kelib chiqishi (where from?) - American/French/Russian
Nimadan yasalgan (what is it made of? ) - stone/plastic/gold
Qanday turda (what kind? ) - electric/political/road
Nima maqsadda ishlatiladi? (purpose) - bread knife/bath towel/walking stick


Misollar:
Eg. A tall young man (1 va 2, baland boʻyli yosh yigit)
Eg. A large wooden table (1 va 5, katta taxta stol)
Eg. A small black plastic bag (1,3,5, kichkina qora plastik sumka)
Eg. An old Russian song (2 va 4, eski rus qoʻshig'i)

Oʻlcham va uzunlikni bildiradigan sifatlar (big/small/tall/short/long) shakl va kenglikni bildiruvchi sifatlardan (round/fat/thin/slim/wide) oldin keladi.
a large round table
a tall thin girl
a long narrow street

Bir necha rang sifatlari ketma-ket kelganda ular bir-biri bilan and bog'lovchisi yoki vergul bilan ajratiladi.
a black and white dress
a red, white and green flag


Boshqa sifatlar bilan bunday holat koʻrinmaydi.
a long black dress (a long and black dress emas)

The first two days/the next few weeks/the last ten minutes kabi iboralarda the first/the next/the last sifatlari sonlar va miqdorni birdiruvchi soʻzlardan oldin kelishini ham e'tiborga olish lozim.
Eg. They will be away for the next few/five weeks.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
834 views @English_Navbahor , 08:15
Ochish/sharhlash
2023-04-05 02:40:37Order of Adjectives (@GREEN_GRAMMAR)
(Order of Adjectives https://t.me/Green_Grammar/1640) SOURCE: englishtips.com testi
4 ta savol · 30 soniya
1.1K views @English_Navbahor , 23:40
Ochish/sharhlash
2023-04-03 15:49:27Adjectives and adverbs (@GREEN_GRAMMAR)
CHANNEL: @GREEN_GRAMMAR SOURCE: englsecrets.ru testi
10 ta savol · 30 soniya
1.2K views @English_Navbahor , 12:49
Ochish/sharhlash
2023-03-31 12:04:40 47-dars. Sifat va ravish so'z turkumlari (Kirish darsi) (The forty seventh lesson: Categories of adjectives and adverbs) (Introductory lesson)


Hello everybody. How are you? Are you ready for our the forty seventh lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.6K views @English_Navbahor , 09:04
Ochish/sharhlash
2023-03-31 12:04:23 47-dars. Sifat va ravish so'z turkumlari (Kirish darsi) (The forty seventh lesson: Categories of adjectives and adverbs) (Introductory lesson)

Ingliz tilida sifat soʻz turkumi ham oʻzbek tilidagi sifat kabi predmetning belgisini bildirib keladi.
Eg. Claire has got a new car. (Klerning yangi mashinasi bor)
Eg. Claire's car is new. (Klerning mashinasi yangi)

Sifatlar otlar oldidan kelib ularning belgisini bildirib keladi, gapda aniqlovchi vazifasini bajaradi.
Eg. I can see a tall man and a short man in the distance.

Ingliz tilida sifatlar ba'zi fe'llardan keyin predmetning belgisini bildirib kela oladi. Sifat bilan qoʻllaniladigan fe'llar linking verb deb aytiladi. Bu fe'llarga quyidagilar kiradi:
appear*
be
become
feel*
get/grow️*
look️*
seem
smell️*
stay
taste️️*
sound
remain


Misollar:
Eg. This coffee tastes good. (=The coffee is good.)
Eg. I am tired and I am getting hungry. (=I am hungry.)
Eg. Your friend seems very nice. (=Your friend is nice.)

Yuqoridagi misollardan bilib olsak boʻladiki, linking verb predmetning belgisini bildirib kelganda, holat fe'li sifatida qoʻllaniladi va mazmunan to be fe'li ma'nosini beradi.
Eg. This coffee tastes good = This coffee is good.

Yuqoridagi yulduzchali fe'llar harakat fe'li sifatida qoʻllanilganda esa, ravish (adverb) bilan qoʻllanishi lozim. Qiyoslash uchun misollar:
Eg. Tom looked sad. (Tom g'amgin ko'rindi...sifat qoʻllanilgan.)
Eg. Tom looked at me sadly.(Tom menga g'amgin qaradi...ravish qoʻllanilgan.)
Eg. The food tasted awful. (Ovqatning ta'mi yomon edi...sifat qoʻllanilgan.)
Eg. Ann tasted the food carefully. (Anna ehtiyotkorlik bilan ovqatni tatib koʻrdi...ravish qoʻllanilgan.)
Eg. The man appeared drunk. (Kishi mast koʻrindi...sifat qoʻllanilgan.)
Eg.The waiter appeared suddenly. (Ofitsiant toʻsatdan paydo boʻldi...ravish qoʻllanilgan.)

Ingliz tilidagi faqat bir oʻrinda qoʻllaniladigan sifatlar mavjud . Uning bu xususiyatlari lug'atda izoh sifatida only before a noun yoki not before a noun sifatida beriladi.

Faqat ot oldidan keladigan (ot bilan ishlatilishi shart bo'lgan) sifatlarga misollar, lug'atdagi izohi (only before a noun) :
Main, only, indoor, former, chief, elder, outdoor, outer, principal, upper, inner, eldest.

Misollar:
Eg. Be careful crossing the main road. (Asosiy yo'ldan o'tayotganda ehtiyot bo'l)
Eg. The only problem is I have got no money.
Eg. The former footballer now trains young players.

Faqat linking verbdan keyin keladigan sifatlar, bu sifatlar ot oldidan qoʻllanilmaydi, lug'atdagi izohi (not before a noun):
Asleep, alike, pleased, afraid, alone, ashamed, awake, content, fine, glad, unwell, well, aloof, afloat, averse, ablaze, alert, aware.

Misollar:
Eg. At last the baby fell asleep. (Nihoyat, chaqaloq uxlab qoldi)
Eg. Emma's two brothers are very alike.
Eg. I am really pleased to see you.
Eg. Don't be afraid. The dog won't hurt you.

Demak, misol uchun afraid sifatini biz ot oldidan qo'llay olmaymiz. Masalan, qo'rqib ketgan bola demoqchi bo'lsak, 'an afraid boy' deyolmaymiz, chunki afraid sifati ot oldidan kela olmaydi. Lekin 'afraid' so'zining ot oldidan kela oladigan sinonimlarini qo'llab, ' a frightened boy' desak bo'ladi.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.6K views @English_Navbahor , 09:04
Ochish/sharhlash