Get Mystery Box with random crypto!

Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (1-qi | GREEN GRAMMAR

Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (1-qism)

Ingliz tilida (oldingi darslarda o'rganilgan fe'llardan tashqari) qaysi fe'ldan keyin gerundiy yoki infinitiv ishlatilishining qat'iy qoidasi yoʻq. Ammo siz fe'lning ma'nosidan kelib chiqib, undan keyin nima qoʻllanishini bilib olishingiz mumkin.
Gerundiyda ifodalangan ish-harakat asosiy fe'l bilan bir vaqtda sodir boʻladigan yoki undan oldin sodir boʻlgan ish-harakatni ifodalaydi:
Eg. I enjoy swimming. (bir vaqtda sodir boʻladi…suzayotganda zavqlanaman)
Eg. I regret buying that coat. (sotib olish oldin boʻlgan…sotib olganimdan afsusdaman)

Infinitivda ifodalangan ish-harakat asosiy fe'ldagi ish-harakatdan keyin sodir boʻladigan ish-harakatni bildiradi.
Eg. We hope to see you next week. (hozir umid qilaman seni keyingi hafta koʻrishga)
Eg. We decided to buy a new house.(oldin qaror qildik, endi sotib olamiz)

Quyidagi ro'yxatda bir necha fe'llarning ham gerundiy, ham infitiniv bilan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz:
to remember - esga tushmoq (oldin esga tushib, keyin biror ish-harakatni bajarsak) remember+to infinitive qoʻllaniladi.
Eg. I remembered to post the letter which was urgent. (…esimga tushdi va keyin xatni joʻnatdim.)
to remember - xotirlamoq, eslamoq (avval, oʻtmishda sodir boʻlgan ish-harakatni eslasak) remember+gerund qoʻllaniladi.
Eg. I still remember walking with Jane along the river. (Men haligacha Jeyn bilan daryo boʻylab sayr qilganimni eslayman.)

to regret - afsusda boʻlmoq (biror xabarni aytishda regret to say/to tell/to inform/ to confirm/to report fe'llari bilan qoʻllaniladi.)
Eg. I regret to tell you that your application hasn't been accepted. (Sizning hujjatingiz qabul qilinmaganligini aytishdan afsusdaman.)
to regret - pushaymon boʻlmoq (avval qilingan ishdan afsusda boʻlish ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi)
Eg. I regret being so rude to her. (Unga qoʻpol munosabatda boʻlganimdan pushaymonman.)
Eg. He regrets buying (or having bought) an Opel. He would rather have bought a BMW.

to try - urinmoq, harakat qilmoq ma'nosida to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
Eg. I tried to open the door but I couldn't. (Men eshikni ochishga harakat qildim, ammo qoʻlimdan kelmadi.)
Eg. Please try to be quiet when you come home. Everybody will be asleep.
to try - sinab koʻrmoq ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. If you don't like Coca-Cola, try drinking Pepsi. (Agar Koka-Kolani yoqtirmasang, Pepsi ichib koʻr.)
Eg. If the mashine doesn't work, try pressing the green button again. (Agar uskuna ishlamasa, yashil tugmani yana bosib ko'ring)

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor