Get Mystery Box with random crypto!

GREEN GRAMMAR

Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR G
Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR
Kanal manzili: @green_grammar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.49K
Kanalning ta’rifi

TESTS🔠
VOTE QUIZ☑️
ENGLISH GRAMMAR📗
Faqat ingliz tilidan savollar bo'lsa, @Alsabr0203bot'ga murojaat qiling.
Texnik admin: @AbdulazizAkhmed
Reklama: @green_reklama_uz

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


AKHMED_o_v
AKHMED_o_v

super


Oxirgi xabar 7

2023-04-29 20:48:46 Good evening my dear subscribers. Do you like the grammar lessons on my channel? Are these lessons useful for you?
Please leave your thoughts in the comments. Your opinion is important to me.


If you liked my channel, click one like!

@English_Navbahor
2.1K views @English_Navbahor , 17:48
Ochish/sharhlash
2023-04-29 16:32:32 51-dars. Enough va too so'zlarining sifat va ravishlar bilan qo'llanishi
(The fifty first lesson: Use of enough and too with adjectives and adverbs)


Hello everybody. How are you? Are you ready for our the fifty first lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
2.3K views @English_Navbahor , 13:32
Ochish/sharhlash
2023-04-29 16:31:51 51-dars. Enough va too so'zlarining sifat va ravishlar bilan qo'llanishi (The fifty first lesson: Use of enough and too with adjectives and adverbs)

Enough - yetarli(cha) degan ma'noda qoʻllaniladi va qaysi soʻz turkumi bilan qoʻllanilishiga qarab gapdagi joyi oʻzgaradi.
adjective and adverb+ enough
enough+ noun


Yuqoridagi qurilmadan ham bilsa boʻladiki, enough soʻzi sifat va ravishlardan keyin, otlardan oldin keladi.
Eg. I can't run very far. I am not fit enough. (Men juda uzoqqa yugurolmayman. Men yetarlicha sog'lom emasman...sifat+enough)
Eg. Let's go. We have waited long enough. (Ketdik. Biz yetarlicha uzoq kutdik...ravish+enough)
Eg. I can't run very far. I haven't got enough energy. (Men juda uzoqqa yugurolmayman. Menda yetarlicha kuch yoʻq...enough+ot)

Too- juda, o'ta degan ma'noda sifat va ravishlardan oldin kelib, ularning ma'nosini kuchaytiradi.
Eg. You never stop working. You work too hard. (Siz hech qachon ishlashni toʻxtatmaysiz. Siz juda qattiq ishlaysiz...too+ravish)
Eg. I can't understand him. He speaks too quickly. (Men uni tushuna olmayman. U juda tez gapiradi...too+ravish)

Too+sifat+a/an+birlikdagi ot qurilmasiga e'tibor bering.
Eg. It is too urgent a matter to postpone. (Bu kechiktirish uchun juda muhim masal - kechiktirib bo'lmaydi degan m'anoda)

Qiyoshlash uchun:
Eg. He speaks very quickly. (...juda tez gapiradi, lekin tushunsa boʻladi)
Eg. He speaks too quickly. (...juda tez gapiradi, tushunib boʻlmaydi.)

Too many/too much iboralari otlar oldidan juda koʻp degan ma'noni bildirib keladi.
Eg. There is too much furniture in this room. There isn't enough space. (juda ko'p mebel, too much+sanalmaydigan ot)
Eg. There were too many people and not enough chairs. (juda ko'p odam, too many+sanaladigan ko'plikdagi ot)

Too va not...enough soʻzlarini gaplarda qiyoslaymiz. Ular odatda bir-biriga antonim ma'no beradi.
Eg. You never stop working. You work too hard. (yetarlidan ortiq qattiq ishlaysiz.)
Eg. You are lazy. You don't work hard enough. (yetarlicha qattiq ishlamaysiz)

Enough soʻzi yolg'iz oʻzi oldin tilga olingan otni takrorlamaslik uchun ham qoʻllaniladi.
Eg. We don't need any more money. We have got enough. (=enough money)

Quyidagi qurilmalarga e'tibor bering:

Enough/too...for somebody/something
Eg. We haven't got enough money for a holiday. (ta'til uchun)
Eg. Is Joe experienced enough for the job?
Eg. This shirt is too big for me. I need a smaller size.

Enough/too...to do something
Eg. We haven't got enough money to go on holiday. (ta'tilga ketish uchun)
Eg. Is Joe experienced enough to do the job?
Eg. They are too young to get married.
Eg. They are not old enough to get married.

Quyidagi misollarda too va enough soʻzlarining infinitiv bilan qoʻllanishiga e'tibor bering.
Eg. These boxes are too heavy to carry. (...to carry them emas)
Eg. This chair is not strong enough to stand on. (to stand on it emas)

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
2.1K views @English_Navbahor , 13:31
Ochish/sharhlash
2023-04-29 13:34:12
Ingliz tilini telegramda oʻrganish endi oson!

Aynan @english_navbahor kanalida siz grammatikani toʻliq oʻrganib va mustahkamlab, mutlaqo bepul onlayn darslar egasiga aylanishingiz mumkin.

Aynan nima uchun ushbu kanal?
Bu kanalni egasi @green_grammar kanalida faoliyat olib borayotgan teacher boʻlib, oʻz bilimlarini onlayn darslar orqali ulashib kelmoqda.

Kanalga oʻtish uchun link
@english_navbahor
2.1K views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅, 10:34
Ochish/sharhlash
2023-04-28 17:38:03
Kaligrafi Hasbi Rabbi

@English_Navbahor
2.6K views @English_Navbahor , 14:38
Ochish/sharhlash
2023-04-20 22:01:02
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

Nurlardan yaratdi farishtalarni,
Moʻminlarga atadi goʻzal jannatni.
Azon sadosidan mamnundir falak,
Qadrli dindoshlar Hayit muborak!


Xulqi Islom, robbisi Rahmon, dasturi Qurʼon, vatani Jannat, qoʻshnisi Muhammad ﷺ qadri baland, iymoni pok, Allohni sevgan va unga ishongan jannatlarga loyiq muslim va muslimalar Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!

Hurmat bilan @GREEN_GRAMMAR kanali!
898 views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅, 19:01
Ochish/sharhlash
2023-04-20 12:02:53 50-dars. So/such so'zlarining sifat va ravishlar bilan qo'llanishi (The fiftieth lesson: use of so/such words with adjectives and adverbs)

Hello everybody. How are you? Are you ready for our the fiftieth lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.4K views @English_Navbahor , 09:02
Ochish/sharhlash
2023-04-20 12:02:44 50-dars. So/such so'zlarining sifat va ravishlar bilan qo'llanishi (The fiftieth lesson: use of so/such words with adjectives and adverbs)

So - juda/shunday degan ma'nolarni bildiradi va oʻzidan keyin sifat yoki ravishni talab qiladi.
Eg. I didn't like the book .The story was so stupid. (so+sifat)
Eg. Nora drives the car so carelessly. (so+ravish)

Such - juda/shunday degan ma'nolarni bildiradi va oʻzidan keyin ot talab qiladi. Ot sanaladigan birlikda boʻlsa - noaniq artikl, sanalmaydigan yoki koʻplikdagi ot boʻlsa - hech qanday artikl qoʻyilmaydi. Such soʻzi va ot orasida sifat ham qoʻllanishi mumkin.
Eg. I didn't like the book. It was such a stupid story. (such+noaniq artikl+sifat+ birlikdagi sanaladigan ot)
Eg. Tom's parents are such nice people. (such+artikl yo'q+sifat+ko'plikdagi ot)
Eg. I couldn't eat such awful food. (such+artikl yo'q+sifat+sanalmaydigan ot)

So soʻzi sifat (yoki ravish), such soʻzi sifat ma'nosini kuchaytirish uchun qoʻllaniladi.
Eg. It's a beautiful day, isn't it? It's so warm. (...juda issiq)
Eg. It's difficult to understand him because he speaks so quietly. (...juda past ovozda gapiradi)
Eg. It was a great holiday. We had such a good time. (...juda zoʻr vaqt oʻtkazdik)

So va such soʻzlari ishtirok etgan gaplar that ergashtirib kelgan gap bilan qoʻllanilib, natija ergash gapli qoʻshma gap hosil qilishadi.
So...that+sentence:
Eg. The book was so good that I couldn't put it down. (Kitob shunchalik yaxshi ediki, men uni qo'limdan qo'ya olmadim)
Eg. I was so tired that I fell asleep in the armchair. (Men shunchalik charchagan edimku, kresloda uxlab qoldim)

Such...that+sentence:
Eg. It was such a good book that I couldn't put it down. (U shunchalik yaxshi kitob ediki, men uni qo'limdan qo'ya olmadim)
Eg. It was such good weather that we spent the whole day on the beach.

Biz so va such soʻzlarini bunday/bunchalik degan ma'noda ham qoʻllay olamiz.
Eg. Somebody told me the house was built 100 years ago. I didn't realise it was so old. ( ...bunchalik qadimiyligini bilmagan edim)
Eg. Somebody told me the house was built 100 years ago. I didn't realise it was such an old house. ( ...bunchalik eski uy ekanligini bilmagan edim)

Artiklsiz qoʻllaniladigan no such iborasiga e'tibor bering.
Eg. You won't find the word blid in the dictionary. There is no such word.

So+sifat+a/an+birlikdagi ot qurilmasiga ham e'tibor bering.
Eg. It is not so simple a problem as it seems.

Muddatni, masofani va miqdorni bildirishda so va such soʻzlarining qoʻllanishiga e'tibor bering.
So long - shunchalik/bunchalik uzoq (vaqtga nisbatan)
Eg. I haven't seen her so long that I have forgotten what she looks like.
Such a long time - shunchalik/bunchalik uzoq vaqt.
Eg. I haven't seen her for such a long time that I have forgotten what she looks like.
So far - shunchalik/bunchalik uzoq (masofaga nisbatan)
Eg. I didn't know that it was so far.
Such a long way - shunchalik/bunchalik uzoq yo'l.
Eg. I didn't know that it was such a long way.
So many/so much - bunchalik/shunchalik/juda ko'p.
Eg. I'm sorry I'm late - there was so much traffic.
Such a lot of - shunchalik ko'p.
Eg. I'm sorry I'm late - there was such a lot of traffic.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.4K views @English_Navbahor , 09:02
Ochish/sharhlash
2023-04-13 14:56:42Comparatives MCQ Grammar Quiz - Test - Exercise (@GREEN_GRAMMAR)
#green_grammar SOURCE: englishtestsonline.com testi
15 ta savol · 30 soniya
1.1K views @English_Navbahor , 11:56
Ochish/sharhlash
2023-04-13 12:14:03Superlatives MCQ Grammar Quiz - Test - Exercise (@GREEN_GRAMMAR)
#green_grammar SOURCE: englishtestsonline.com testi
15 ta savol · 30 soniya
1.4K views @English_Navbahor , 09:14
Ochish/sharhlash