Get Mystery Box with random crypto!

GREEN GRAMMAR

Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR G
Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR
Kanal manzili: @green_grammar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.49K
Kanalning ta’rifi

TESTS🔠
VOTE QUIZ☑️
ENGLISH GRAMMAR📗
Faqat ingliz tilidan savollar bo'lsa, @Alsabr0203bot'ga murojaat qiling.
Texnik admin: @AbdulazizAkhmed
Reklama: @green_reklama_uz

Ratings & Reviews

3.50

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


AKHMED_o_v
AKHMED_o_v

super


Oxirgi xabar 2

2023-07-19 18:08:52 61-dars. Buyruq gaplarni o'zlashtirma gaplarda ifodalash

Hello everyone. How are you? Are you ready for our the sixty first lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
2.9K viewsNavbahor, 15:08
Ochish/sharhlash
2023-07-19 18:08:42 61-dars. Buyruq gaplarni o'zlashtirma gaplarda ifodalash

Ingliz tilida buyruq gaplar II shaxsga (you) qaratiladi va gap boshida hozirgi zamondagi fe'l bilan qoʻllaniladi. Buyruq gaplar 2 xil boʻladi: boʻlishli va inkor buyruq gaplar.

Eg. Sit down. (Oʻtiring)
Eg. Don't move! (Qimirlama!)

Oʻzlashtirma gaplarda buyruq gaplar ham ikkita qurilma asosida shakllantiriladi:

Agar buyruq gap boʻlishli boʻlsa, oʻzlashtirma gapda to+verb infitiniv shaklida qoʻllaniladi:
Eg. The teacher asked us "Sit down, please" (koʻchirma gap) The teacher asked us to sit down.

Agar buyruq gap boʻlishsiz boʻlsa, oʻzlashtirma gapda not to+verb infinitiv shaklida qoʻllaniladi:
Eg. Tom told me "Don't move" (koʻchirma gap) Tom told me not to move.

Modal fe'llar bilan hosil qilingan iltimos, taklif ma'nosidagi soʻroq gaplar ham mazmunan buyruq gap hisoblanadi.
Eg. Jane asked me "Can you close the door?"
Eg. He asked me "Would you like to drink some tea?"

Yuqoridagi gaplarni ham oʻzlashtirma gapga aylantirganda buyruq gap qoidasi qoʻllaniladi.
Eg. Jane asked me to close the door.
Eg. He offered to drink some tea.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
2.7K viewsNavbahor, 15:08
Ochish/sharhlash
2023-07-14 22:15:25Which one …?, Which ones …?, Too, Enough Test A1 A2 Level Exercises (@GREEN_GRAMMAR)
#green_grammar SOURCE: englishtestsonline.com testi
15 ta savol · 30 soniya
3.3K viewsNavbahor, 19:15
Ochish/sharhlash
2023-07-13 10:34:52 60-dars. So'roq gaplarni o'zlashtirma gaplarda ifodalash

Hello everyone. How are you? Are you ready for our the sixtieth lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
3.8K viewsNavbahor, 07:34
Ochish/sharhlash
2023-07-13 10:34:40 60-dars. So'roq gaplarni o'zlashtirma gaplarda ifodalash

Ma'lumki, ingliz tilida soʻroq gaplar ikki katta guruhga boʻlinadi:

Umumiy soʻroq gaplar (yes/no questions) - javob sifatida Yes -ha yoki No - yoʻq soʻzlarini talab qiladigan soʻroq gaplar. Bu soʻroq gaplar odatda faqat yordamchi fe'llar bilan hosil qilinadi.
Do you speak English?
Are you a student?
Can he swim?


Maxsus soʻroq gaplar (special questions) - Bunday soʻroq gaplarda aniq bir shaxs/voqea/narsa haqida ma'lumot soʻraladi va soʻroq gap soʻroq olmoshlari (what/when/who/why/where…) va yordamchi fe'llar bilan hosil qilinadi.
What do you do?
Where is he going?
Why did she leave early?


Soʻroq gaplarni oʻzlashtirma gapga aylantirshda qoida uning qaysi soʻroq gap turiga mansub ekanligidan kelib chiqadi.

Agar soʻroq gap umumiy soʻroq gap boʻlsa, quyidagi qurilma qoʻllaniladi:
Muallif gapi+if/whether+bir zamon orqaga surilgan darak gap
Eg. He asked me 'Do you speak English?' (soʻroq gap) He asked me if I spoke English. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
Eg. They asked Tom 'Are you a student?' (soʻroq gap) They asked Tom whether he was a student. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
Eg. I asked Jane 'Can your brother swim?' (soʻroq gap) I wanted to know if her brother could swim. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)

Agar soʻroq gap maxsus soʻroq gap boʻlsa, quyidagi qurilma qoʻllaniladi:
Muallif gapi+soʻroq olmoshi+bir zamon orqaga surilgan darak gap
Eg. He asked me 'What do you do?' (maxsus soʻroq gap) He asked me what I did. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
Eg. I asked Jane 'Where is your brother going?' (maxsus soʻroq gap) I wanted to know where her brother was going. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)
Eg. He asked me 'Why did she leave early?' (maxsus soʻroq gap) He asked me why she had left early. (bir zamon orqaga surilgan darak gap)

Soʻroq gaplarda savol kimdan soʻralayotganligiga e'tibor berish lozim va shunga qarab oʻzlashtirma gapda egani toʻg'ri qoʻya olamiz.
Eg. They asked Tom 'Are you a student?' They asked Tom whether he was a student. (savol Tomdan soʻralmoqda, shuning uchun koʻchirma gapdagi you olmoshi oʻzlashtirma gapda he olmoshiga oʻzgartirilishi lozim.
Eg. He asked me 'What do you do?' He asked me what I did. (Savol mendan so'ralmoqda, shuning uchun you olmoshi I ga o'zgardi)

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
3.6K viewsNavbahor, 07:34
Ochish/sharhlash
2023-06-10 10:05:40Relative Clauses MCQ Grammar Quiz - Test - Exercise (@GREEN_GRAMMAR)
#green_grammar SOURCE: englishtestsonline.com testi
15 ta savol · 30 soniya
1.8K viewsNavbahor, 07:05
Ochish/sharhlash
2023-06-09 18:11:42 55-dars Relative clause

Hello everybody. How are you? Are you ready for our the fifty fifth lesson?

Let's get started...


Davomi yuqoridagi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
2.3K viewsNavbahor, 15:11
Ochish/sharhlash
2023-06-09 18:11:28 55-dars. Relative clause

Ingliz tilida relative clause deb gapning biror boʻlagini izohlab kelgan gapga aytiladi. Bunday gaplar oʻzlari mustaqil mazmunni ifodalay olmaydi, lekin gapdagi biror boʻlakka aniqlik kiritadi.

Relative clauseda qoʻllaniladigan olmoshlar asosan quyidagilar:
who, whom - shaxslarga nisbatan qoʻllanilib, ularni izohlab keladi.
which - predmet (narsa)larga nisbatan qoʻllanilib, ularni izohlab keladi.
that - shaxslar va predmetlarni izohlab keladi.
whose - shaxslar va predmetlarga qaratqich kelishigi qoʻshimchasini qoʻshib izohlaydi.
where - oʻrin-joy otlaridan keyin kelib joyni izohlab keladi.

Relative clause qoʻllanilgan bitta gapni tahlil qilamiz.
Eg. The man who lives next door is very kind. (Qoʻshni uyda yashovchi kishi juda mehribon)

Yuqoridagi gapda who lives next door gapi izohlovchi gap hisoblanadi va the man soʻzini izohlab, qaysi kishi nazarda tutilayotganini aniqlashtirib kelmoqda. Ko’pincha izohlovchi gap oʻzi izohlab kelgan gap boʻlagidan keyin keladi. Yana bir misol:
Eg. We know a lot of people who live in the country. (relative clause people soʻzini izohlab, undan keyin kelyapti.)

Gapning egasini izohlab kelgan relative clauselar, agar gapning egasi shaxs boʻlsa, who olmoshi bilan bilan boshlanadi.
Eg. We know a lot of people. They live in the country. (ikkita gap...ikkinchi gapda they olmoshi gapning egasi)
Eg. We know a lot of people who live in the country. (bitta gap...who olmoshi they olmoshi oʻrnida kelmoqda)

Misollar:
Eg. A teetotaller is someone who doesn't drink alcohol.
Eg. What was the name of the man who phoned you last night?

Yuqoridagi gaplarda who olmoshi oʻrniga that olmoshini qoʻyish qoʻllasa ham boʻladi.
Eg. What was the name of the man that phoned you last night?

Agarda gapning egasi predmet (jonsiz narsa) boʻlsa, relative clause which olmoshi bilan boshlanadi.
Eg. Where is the cheese? It was in the fridge. (ikkita gap...ikkinchi gapda it olmoshi gapning egasi)
Eg. Where is the cheese which was in the fridge? (bitta gap... which olmoshi it olmoshi oʻrnida kelmoqda)

Misollar:
Eg. I don't like stories which have unhappy endings.
Eg. Barbara works for a company which makes furniture.

Yuqoridagi gaplarda which olmoshi oʻrniga that olmoshini qoʻysa ham boʻladi.
Eg. I don't like stories that have unhappy endings.

Oʻzbek tiliga tarjima qilganda relative clause oʻzi izohlab kelgan gap boʻlagining aniqlovchisiga aylanadi.
Eg. I don't like stories which have unhappy endings. (Men fojea bilan tugaydigan hikoyalarni yoqtirmayman)
Eg. The man who lives next door is very kind. (Qoʻshni uyda yashovchi kishi juda mehribon)

Yuqoridagi misollarda who va which olmoshlari oʻrnida that olmoshi kelishi mumkinligini koʻrib oʻtdik, lekin ba'zi vaziyatlarda faqat who va which olmoshlarini qoʻllashimiz shart boʻladi. Bunday holatlarni keyingi mavzularda koʻrib chiqamiz.

Dars audiosi keyingi postda

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
2.2K viewsNavbahor, 15:11
Ochish/sharhlash
2023-06-08 23:10:02 https://t.me/navbahor_english0dangrammatika Barcha ingliz tilini 0 dan o'rganmoqchi bo'lganlar ushbu guruhga qo'shilishini so'raymiz!
2.1K views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅, 20:10
Ochish/sharhlash
2023-06-08 22:16:54 https://t.me/navbahor_english0dangrammatika

Barcha ingliz tilini 0 dan o'rganmoqchi bo'lganlar ushbu guruhga qo'shilishini so'raymiz!
1.9K viewsNavbahor, 19:16
Ochish/sharhlash