Get Mystery Box with random crypto!

Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (2-qi | GREEN GRAMMAR

Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (2-qism)

Quyidagi ro'yxatda bir necha fe'llarning ham gerundiy, ham infitiniv bilan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz:

to forget - esdan chiqarmoq, yoddan koʻtarilmoq degan ma'nolarda to infinitive bilan qoʻllaniladi. Ish-harakat bajarilmay qoladi.
Eg. I forgot to lock the door, it was left open. (Eshikni kalitga yopish yodimdan koʻtarilibdi, u ochiq qoldi.)
Eg. to forget - unutmoq, esdan chiqarmoq degan ma'nolarda avval sodir boʻlgan ish-harakatni eslay olmaslikni bildiradi va gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. I forgot lending you any money. (Sizga qarzga pul berganimni eslay olmayapman)

to stop - toʻxtamoq (biror ish qilish maqsadida) ma'nosida to infinitive bilan qoʻllaniladi.
Eg. He stopped to smoke. (U chekish uchun toʻxtadi.)
Eg. After 2 hours we stopped to have a snack. (Ikki soatdan keyin biz tamaddi qilib olish uchun toʻxtadik.)
to stop - toʻxtatmoq, tugatmoq (biror ish-qilishni) degan ma'nolarida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. He stopped smoking. (U chekishni toʻxtatdi/tashladi)
Eg. When she came in, we stopped talking. (U kirganida, biz gaplashishni toʻxtatdik)

to need - kerak, lozim boʻlmoq ma'nolarida gapning egasi shaxs (ish-harakat bajaruvchisi) boʻlganda aniq nisbatda to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
Eg. I need to get up early tomorrow. (Men ertaga erta turishim lozim)
to need - kerak, lozim boʻlmoq majhul nisbat ma'nosida gerund bilan qoʻllaniladi.
Eg. My car needs cleaning. (Mashinam tozalanishi kerak.)
Eg. My grandmother is old. She needs looking after.

Yuqoridagi ma'noda to want/require fe'llari ham gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. My car wants cleaning.

to go on - biror ish qilishda davom etish ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
Eg. We must change our ways. We can't go on living like this any more.
to go on - biror ish qilishdan ikkinchi ishga oʻtish ma'nosida to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
Eg. Jack was busy writing letters. Then he went on to do his homework.

to mean - biror ish qilishni anglatadi, bildiradi degan ma'noda gerundiy bilan qo'llaniladi.
Eg. In those days, being a student meant spending long hours in the library. (O'sha paytlarda talaba bo'lish kutubxonada uzoq vaqtlab o'tirishni bildirar edi)
to mean - niyatda bo'lmoq degan ma'noda to+infinitive bilan qo'llaniladi.
Eg. Sorry, I didn't mean to hurt your feelings. (Kechirasiz, Sizni ko'nglingizga tegish niyatim yo'q edi)

to learn/teach - biror fanni o'rganish/o'rgatish, dars berish ma'nosida gerundiy bilan qo'llaniladi.
Eg. She teaches painting at a local adult education centre.
to learn/teach - biror ish qilishni o'rganish/o'rgatish, ko'nikmaga ega bo'lish ma'nosida to+infinitive bilan qo'llaniladi.
Eg. I'd love to learn to paint well.

to imagine/consider - o'ylamoq, tasavvur (hayol) qilmoq degan ma'nosida gerundiy bilan qo'llaniladi.
Eg. I'm considering going to evening classes.
Eg. Imagine being a graduate!
to imagine/consider - (sifatida) bilmoq, (sifatida) tasavvur qilmoq degan ma'nosida to+infinitive bilan qo'llaniladi.
Eg. Everyone considers it to be the best grammar book on the market.
Eg. I imagine him to be a good teacher.

@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor