Get Mystery Box with random crypto!

GREEN GRAMMAR — Telegram kanal

Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR G
Telegram kanalining logotibi green_grammar — GREEN GRAMMAR
Kanal manzili: @green_grammar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.05K (05.10.2026 holatiga ko'ra ma'lumot)
Oʻxshash kanallar Tillar
Kanalning ta’rifi

TESTS🔠 VOTE QUIZ☑️ ENGLISH GRAMMAR📗 English with @English_Navbahor

Ratings & Reviews

5.00

1 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


AKHMED_o_v
AKHMED_o_v

super


Oxirgi xabar

19 янв 2023
33-dars Wish'li gaplar (The thirty third lesson: Wish sentences)

Wish ishtirok etgan gaplarda so’zlovchi hozirgi holatning boshqacha bo’lishini xohlaydi. Shuning uchun ham gapdagi “wish” so’zini “qani edi…” deb tarjima qilamiz. Bunday gaplarda berilgan mazmun haqiqatga to’g’ri kelmaydigan bo’ladi, shuning uchun hozirgi va kelasi zamondagi ish-harakatlarni ifodalash uchun o’tgan zamon ishlatiladi. Bu gaplar noreal gaplar hisoblanadi xuddi If'li gaplarning 2 va 3 turidagi kabi. Va wish'li gaplar noreal gaplar bo’lganligi sababli bitta zamon pastga tushadi ya'ni present uchun past, past uchun past perfect zamon ishlatiladi. Wish'li gap ikki qismdan iborat.

Wish'li gapdan keyin hech qachon kelasi zamon ishlatilmaydi.
Wish'li gapdsn keyin hech qachon hozirgi zamon kelmaydi.
Wish xuddi fe'llardek shaxs va sonda tuslanadi.


Wish'li gaplarni ishlatilish holatlari va strukturalari:

Biror bir odamga tilak bildirganda, "xohlamoq", "tilamoq", "orzu qilmoq" ma'nolarida wish ni qoʻllaymiz.

Strukturasi:
S+wish+somebody+something
Eg. I wish you all the best in the future.

Shuningdek, wish soʻzi would like birikmasiga sinonim boʻlib keladi. Bunda oʻzidan keyin to+infinitive oladi.

Strukturasi:
S+wish+to V1+something
Eg. If you wish to discuss (would like to discuss) this matter further, please, don't hesitate to contact me any time you want.

Ammo biz biror bir narsani sodir boʻlishini tilasak Hope fe'lini qoʻllaymiz. Bunda wish ishlatilmaydi.
Strukturasi:
S+hope+somebody+V1
Eg. I hope you feel better soon.

Koʻpchilik wish'li gaplarni if conditional ning second/third turidagi gaplar bilan adashtiradi. If conditional gaplarda biz noreal holatlarni tasavvur qilamiz. Wish'li gaplarda esa biror bir holatni orzu qilamiz va qani edi, qaniydi deb tarjima qilamiz. Wish'li gaplar 3ta zamonda qoʻllaniladi. Past wish, present wish, future wish.

PRESENT WISH.
Biz hozirgi zamonda biror bir narsani sodir boʻlishini orzu qilganimizda hozirgi zamon wishli gaplardan foydalanamiz.
Strukturasi:
S+wish(ed) (that)+S+V2/could+V1/were
Eg. I wish I were rich now. I would help everybody.

PAST WISH.
Biz oʻtgan zamonda biror bir sodir boʻlmagan voqeani sodir boʻlishini orzu qilganimizda (yoki sodir boʻlgan voqeani sodir boʻlmasligini orzu qilganimizda) oʻtgan zamon wishli gaplaridan foydalanamiz.
Strukturasi:
S+wish(ed)(that)+S+had/could+V3
Eg. I wish I had studied much harder last year.(demak qattiq oʻqimagan)

FUTURE WISH
Biz kelasi zamonda biror bir narsani sodir boʻlishini orzu qilganimizda yoki biror bir sodir boʻlib turgan ish-harakatni toʻxtashini xahlaganimizda kelasi zamon wishli gaplaridan foydalanamiz.
Strukturasi:
S+wish(ed)(that)+S+would+V1/could+V1/were+Ving
Eg. I wish my students would enter university this year.

Note! Yuqoridagi vaziyatda hech qachon ikki ega bir shaxsdan iborat boʻlmaydi!
I wish I would enter university this year.

Yuqoridagi barcha holatlarda wishning oʻrniga if only ni ham qoʻllash mumkin. Uning ma'nosi ham wish ga teng.
Eg. If only my father were rich. We wouldn't have so much trouble.

Note. Ingliz tilida Wish'li gaplarda would be/would have degan narsa yoʻq. Agar ikkinchi gap I yoki we boʻlsa, hozirgi va kelasi zamonga nisbatan would'ni oʻrnida could'dan foydalanamiz.
Eg. I wish I couldn't sleep every day.

IF ONLY = I WISH ga teng
ONLY IF = IF S+V ga teng
Eg. If only he were here now.

Thanks everybody. See you soon the next lesson.

Dars audiosi keyingi postda


@GREEN_GRAMMAR — English with Navbahor
1.4K views𝙰𝚔𝚑𝙼𝚎𝙳𝚘𝚅, 07:36
Ochish/sharhlash

Ko'p beriladigan savollar

GREEN GRAMMAR haqida tez-tez beriladigan savollar

GREEN GRAMMAR (@green_grammar) — Telegram Store katalogiga kiritilgan Telegram kanali. Ushbu sahifadagi «Kanalga o‘tish» tugmasi kanalni Telegram orqali ochadi.
Ushbu sahifadagi «Kanalga o‘tish» tugmasini bosing yoki Telegramda @green_grammar ni qidiring. Kanalga hali ham qo'shilish mumkinligini Telegramning o'zi ko'rsatadi.
Telegram Store katalogi bu yozuv va havola uchun haq olmaydi. Kanal bepulmi yoki yo'qmi, buni uning Telegramdagi egasi hal qiladi.
Katalogda GREEN GRAMMAR uchun 8.05K obunachi ko'rsatilgan (05.10.2026 holatiga ko'ra ma'lumot). Hozirgi soni Telegramda ko'rinadi.
Katalogda GREEN GRAMMAR tili Oʻzbek tili deb ko'rsatilgan.
Ha, o'xshash kanallar ushbu sahifaning pastroq qismida keltirilgan.
Katalogdagi yozuv xavfsizlik tekshiruvi emas. Ushbu sahifadagi foydalanuvchi baholari shaxsiy fikrlardir, shuning uchun qo'shilishdan oldin kanalni Telegramda tekshiring.
Ushbu sahifada GREEN GRAMMAR haqidagi katalog ma'lumotlari va kanalga havola bor. Postlarning o'zi Telegramda o'qiladi. Foydalanuvchi baholari pastda.
GREEN GRAMMAR avatar
GREEN GRAMMAR @green_grammar
Telegram'da ochish