Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.46K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-04-17 06:02:02
Dunyoning eng nufuzli grantlaridan biri – MEXT (Research Student) grantiga qabul boshlandi!

Mazkur grant Yaponiyada magistratura yoki doktoranturada istalgan soha bo'yicha oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
940 AQSH dollarigacha miqdorda oylik stipendiya beriladi.
Kontrakt toʻlovi va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplab beriladi.

Nomzod oʻqish uchun ingliz yoki yapon tilini tanlashi mumkin.

Qabul 2024-yil 24-may soat 17:00 gacha davom etadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/magistratura-uchun-yaponiyaning-mext-stipendiyasi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
14.5K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-04-16 18:33:33
SILK ROAD ACADEMYASIdan katta YANGILIK!

2024-yil kuzgi qabulga magistratura va PhD talabalariga elektron viza berish uchun hamkor universitet bilan kelishuvga erishildi.

Endi sizni 100% viza kutyapti!
————————————————
JOONGBU UNIVERSITETI vakillari KUZGI QABUL uchun suhbat olgani kelmoqda.

Xalqaro aloqalar bo'yicha Prorektor PhD KIM WOOSUK,
Xalqaro aloqalar bo'yicha CIS menegeri DJAMALOV MUZAFFAR

Ikkita kampus:
SEUL (Goyang Campus)
Daejeon (Chuncheong Campus)

Koreyan Track bo'yicha barcha yo’nalishlar mavjud (TOPIK bilan)

Bakalavr

English Track:
1. International Trade
2. Hotel Business Major
3. Health Administration

Magistratura
English Track:
1. Future Automotive Engineering
2. Smart Farm
3. International Trade

Doktorantura
English Track: International Trade

Scholarship:
IELTS 5.5+ 30%
TOPIK 3 -> 30%
TOPIK 4 -> 40%
TOPIK 5 -> 50%
TOPIK 6 -> 60%

Bakalavrlarda semestr davomida qoʻshimcha 20% gacha chegirma olish imkoniga ega.

Hujjatlar to’g’ri bo'lsa, VIZA chiqish ko'rsatgichi % gacha

Subbat sanasi:
Andijon – 30-aprel
Toshkent – 2-may
Samarqand – 3-may

+998932849806
@SilkRoad_Academy3

Instagram | Telegram
Facebook | You Tube
13.1K viewsedited  15:33
Ochish/sharhlash
2024-04-16 17:46:26
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2024-yil kuzidan o'qishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar
12.9K viewsedited  14:46
Ochish/sharhlash
2024-04-16 16:17:17
Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2024-yil 12-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
13.3K views13:17
Ochish/sharhlash
2024-04-16 13:02:37
Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar!

56th World Gallery of Cartoons – Skopje 2024 tanloviga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 1500 dollar va maxsus haykalcha;
– 1-o’rin: 1000 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 2-o’rin: 500 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 5 nafar 3-oʻrin sohiblari va 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.
– Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi.

Ishlar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/world-gallery-of-cartoons-skopje-tanlovi/

@grantlar
16.9K views10:02
Ochish/sharhlash
2024-04-16 09:46:00
Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 140 ta!

Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun 140 ta grant taklif etmoqda.

Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Taqdirlash marosimi
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati

Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2024-yil 1-iyundan 15-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2024-yil 27-martdan 31-maygacha.

Batafsil
https://grantlar.uz/deutschland-scholarship/

@grantlar
14.7K views06:46
Ochish/sharhlash
2024-04-16 06:02:00
Global Peace Photo Award: Bosh sovrin 7 ming yevro va Avstriyaga bepul sayohat boʻlgan fototanlov!

Tanlovga tinch va osuda hayotni aks ettirgan fotosuratlar qabul qilinadi.

Tanlovda 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– Bolalar (15 yoshgacha boʻlganlar)
– Kattalar (15 yosh va undan kattalar)

Mukofotlar:
– Kattalar kategoriyasida “Yil surati” egasi 7000 yevro, bolalar kategoriyasi gʻolibi 1000 yevro bilan taqdirlanadi.
– Kattalar kategoriyasida yana 4 nafar sovrindorning har biri 1000 yevrodan pul mukofoti bilan taqdirlanadi
– Barcha gʻoliblar 2024-yil sentabrda Avstriya parlamentida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi. Borish-kelish va turar joy xarajatlari qoplanadi.

Suratlar 2024-yil 19-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/global-peace-photo-award/

@grantlar
16.2K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-04-15 10:17:02
Tabiatdagi oʻzgarishlar aks etgan fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling!

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 18 yosh va undan kattalar
– 18 yoshdan kichiklar

Ishtirokchilar sayyoramizda tabiat bilan bogʻliq oʻzgarishlar aks etgan fotosuratlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar
– 18 yosh va undan kattalar kategoriyasi gʻolibiga 1000 GBP (1275 AQSH dollari)
– 18 yoshdan kichiklar kategoriyasi gʻolibiga 500 GBP (637 AQSH dollari)

Arizalar 2024-yil 20-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/tabiatni-suratga-tushirishni-yoqtirasizmi-fotosuratlaringiz-bilan-tanlovda-ishtirok-etib-1000-funt-sterling-yutib-oling/

@grantlar
16.8K views07:17
Ochish/sharhlash
2024-04-15 08:46:00
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2024-yil 15-apreldan 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
15.9K viewsedited  05:46
Ochish/sharhlash
2024-04-15 06:02:00
Shape the future challenge: 15-20 yoshlilar uchun 3 haftalik bepul onlayn kurs va bellashuv; mukofot – Silikon vodiysiga (AQSH) xarajatlari qoplanadigan sayohat!

Dastur ishitrokchilari 2024-yil 15-maydan 4-iyungacha onlayn mentorlik seanslari, seminarlarda qatnashadi va 2-6 kishilik jamoa sifatida iqlim oʻzgarishi muammosi yuzasidan yechim ishlab chiqadi (ingliz tilida).

Eng yaxshi gʻoya (yechim) taklif qilgan jamoa aʼzolari Silikon vodiysiga (AQSH) taʼlim sayohati uchun borish imkonini qoʻlga kiritadi.

Bunda:
– AQSHga borish va kelish chiptalari olib beriladi
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– Sayohat davomida seminarlar, Google, Apple, Instagram kabi kompaniyalarga tashriflar uyushtiriladi

Qatnashish uchun 2024-yil 4-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil
https://grantlar.uz/moonshot-pirates-shape-the-future-challenge/

@grantlar
17.6K views03:02
Ochish/sharhlash