Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.46K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-04-25 12:31:04
Yosh jurnalist va blogerlar uchun OSCE Akademiyasidan 5 kunlik yozgi maktab – xarajatlar qoplanadi!

Bu maktab 2024-yil, 17-24-iyun kunlari Qirgʻizistonda oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Ishtirok uchun asosiy talablar:
– 18-25 yosh boʻlish
– Bakalavriat yoki magistratura talabasi yoki shu bosqichlardan birini yaqinda tamomlagan bitiruvchi boʻlish
– Ingliz tilida erkin muloqot

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Qirgʻiziston ichidagi transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 30-aprel, 11:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/summer-media-mastery-school/

@grantlar
14.1K views09:31
Ochish/sharhlash
2024-04-25 06:02:02
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
13.2K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-04-24 17:47:52
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
13.0K views14:47
Ochish/sharhlash
2024-04-24 14:20:17
Italiyaning mashhur Milan universitetida magistraturani oʻqish uchun 155 ta toʻliq va qisman grant!

Grantlar Milan universitetidagi istalgan magistrlik kursida oʻqish uchun beriladi (ingliz yoki italyan tilida oʻqish mumkin).

Grant imtiyozlari:
– 100 nafar talabaga toʻliq grant beriladi: talaba universitetdagi barcha badallardan (toʻlovi, kitoblar haqi va hk) toʻliq ozod qilinadi.
– 55 nafar talabaga qisman grant beriladi: universitetdagi barcha badallar uchun 8000 yevro chegirma qilinadi.

Arizalar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/university-of-milan-excellence-scholarships/

@grantlar
13.3K views11:20
Ochish/sharhlash
2024-04-24 10:46:02
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2000 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2024-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar
16.2K views07:46
Ochish/sharhlash
2024-04-24 06:14:36
Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Erlangen-Nyurenberg universiteti (FAU)

FAU dunyoning eng nufuzli universitetlari roʻyxatida 229-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– Har semestr 67 yevro (72 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Ingliz, nemis, fransuz, ispan va yana bir nechta xorijiy tillarda oʻqitiladigan dasturlar mavjud

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-germaniyadagi-erlangen-nyurenberg-universiteti-fau/

@grantlar
18.8K views03:14
Ochish/sharhlash
2024-04-23 16:18:13
Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1 yil davomida oylik stipendiya
– Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/nailekhanim-foundation-ayol-qizlarning-magistratura-yoki-phd-bosqichini-ozarbayjonda-oqishi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
14.3K views13:18
Ochish/sharhlash
2024-04-23 14:46:02
Einstein Fellowship: Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi!

Bu dasturda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar sohasida kamida bakalavrlik darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan nomzodlar oʻz tadqiqot loyihasi bilan qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Qabul qilingan qatnashchilar 5-6 oy Eynshteynning yozgi uyida (Germaniya) yashab, loyihasi ustida ishlaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– 10 000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/einstein-fellowship-albert-eynshteynning-uyida-6-oylik-tadqiqot-10-000-yevro-stipendiya-beriladi-va-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
14.4K views11:46
Ochish/sharhlash
2024-04-23 12:47:41
Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 15 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 15 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2024-yilgi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2024-yil 31-may, 13:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar
14.2K views09:47
Ochish/sharhlash
2024-04-23 11:16:02
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti joriy yilda jami 420 nafar talabani (300 nafar magistr, 120 nafar PhD) oʻqishga qabul qilishini e'lon qildi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (440-820dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2024-yil 15-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2024-yil 5-iyulgacha

Batafsil
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
13.7K views08:16
Ochish/sharhlash