Get Mystery Box with random crypto!

Global Peace Photo Award: Bosh sovrin 7 ming yevro va Avstriya | Grantlar.uz

Global Peace Photo Award: Bosh sovrin 7 ming yevro va Avstriyaga bepul sayohat boʻlgan fototanlov!

Tanlovga tinch va osuda hayotni aks ettirgan fotosuratlar qabul qilinadi.

Tanlovda 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– Bolalar (15 yoshgacha boʻlganlar)
– Kattalar (15 yosh va undan kattalar)

Mukofotlar:
– Kattalar kategoriyasida “Yil surati” egasi 7000 yevro, bolalar kategoriyasi gʻolibi 1000 yevro bilan taqdirlanadi.
– Kattalar kategoriyasida yana 4 nafar sovrindorning har biri 1000 yevrodan pul mukofoti bilan taqdirlanadi
– Barcha gʻoliblar 2024-yil sentabrda Avstriya parlamentida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi. Borish-kelish va turar joy xarajatlari qoplanadi.

Suratlar 2024-yil 19-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/global-peace-photo-award/

@grantlar