Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.46K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2024-04-09 16:47:11
CV nima: qanday, qayerda tayyorlayman? Ko'rinishi qanaqa bo'ladi?

Koʻpgina dasturlarda nomzodlardan CV soʻraladi. Bunda nomzodlarda “CV nima oʻzi?”, “Uni qanday tayyorlayman?” va shu kabi boshqa savollar tugʻilishi mumkin.

Grantlar.uz jamoasi CV va uni EuroPass formatiga (eng ommabop formatlardan biri) tayyorlash haqida maqola tayyorlagan. Undan CVʼga oid eng muhim maʼlumotlarni topishingiz mumkin.

Maqola bilan quyida tanishing
https://grantlar.uz/blog/cv-nima-qanday-qayerda-tayyorlayman-korinishi-qanaqa-boladi/

@grantlar
17.9K views13:47
Ochish/sharhlash
2024-04-09 15:44:24
Аgar siz Rossiyada yashab, ishlayotgan bo'lsangiz, siz muhim masalalar bo'yicha mutaxassis maslahatiga muhtoj bo'lishingiz mumkin. Bizda ajoyib yechim bor!

Tinkoff Black – bu Rossiyada qulay yashash va ishlash uchun debet kartasi. Ushbu karta MDH mamlakatlariga tez va qulay pul o'tkazish imkonini beradi.

PRO obunada, siz o'zbek, qirg'iz va tojik tillarida, ekspert maslahatlarini olishiz mumkin, rus tilida esa obunasiz:
- qanday vaqtinchalik va doimiy yashash uchun ruxsatnoma va patent olish;
- qanday qulay ish va uy-joyni topish;
- qanday tibbiy sug'urtani olish;
- va boshqalar.


Eng muhimi – Tinkoff Black kartani olish uchun siz Rossiya fuqaroligiga ega bo'lishingiz shart emas!

Tinkoff Black bilan hayotingizni engillashtirish imkoniyatini boy bermang! Kartani hoziroq ro'yxatdan o'tkazing va kerakli masalalar bo'yicha mutaxassisdan maslahat oling – https://t.tb.ru/grantlar

Реклама. АО "Тинькофф Банк", ИНН 7710140679, лицензия ЦБ РФ № 2673, erid:2VtzqvbAB3c
15.1K views12:44
Ochish/sharhlash
2024-04-09 14:11:19
Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga kamida bakalavrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Universitetlarga qabul testlari xarajatlari qoplanadi.
– J-1 toifasidagi vizani olishda yordam.
– AQSHga borish-kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Oylik stipendiya.
– Kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.
– Universitetda oʻqish toʻlovi va boshqa badallar qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/xyubert-x-xamfri-stipendiyalari/

@grantlar
20.8K views11:11
Ochish/sharhlash
2024-04-09 07:59:41
Kanada: dunyoning 30-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati!

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3700 dollargacha grant

Arizalar 2024-yil iyun oyi boshidan 24-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2025-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.

@grantlar
14.1K views04:59
Ochish/sharhlash
2024-04-08 15:44:29
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 5 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 100 dollardan 1000 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2024-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
16.2K views12:44
Ochish/sharhlash
2024-04-08 13:06:37
Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar ingliz tilida boʻlishi yoki inglizchaga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 3000 dollar.
– 2-o’rin: 2000 dollar.
– 3-o’rin: 1000 dollar.
– Qolgan 9 nafar finalistlarning har biriga 300 dollardan.
– Gʻolib boʻlgan 12 ta hikoya tanlov tashkilotchisining onlayn to’plamida chop etiladi.
– Gʻolib AQSHdagi 4 haftalik rezindensiya dasturida qatnashish imkoniga ega boʻladi (3000 dollar gonorar beriladi).

Hikoyalar 2024-yil 24-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/imagine-2200-tanlovi-kelajak-haqida-hikoyalar-uchun-3-000-aqsh-dollarigacha-pul-mukofoti/

@grantlar
14.7K views10:06
Ochish/sharhlash
2024-04-08 11:16:00
Birgina suhbat orqali KANGWON MILLIY UNIVERSITETI talabasi boʻling!

Kangwon milliy universiteti (KNU) vakili LEE MIN HEE shu universitetga qabul suhbatlarini oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurmoqda. Suhbatlar 2024-yil kuzgi semestrdan boshlab bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi, shuningdek, til kursida oʻqish uchun oʻtkaziladi.

KNU Koreyada nufuzli universitetlardan biri boʻlib, viza chiqish darajasi va taʼlim sifati yuqori hisoblanadi.

Tashrif sanalari: 2024-yil 11-apreldan 19-aprelgacha

Suhbat bu tillardan birida o'tkaziladi:
– Ingliz tilida (kamida IELTS 5.5)
– Koreys tilida (Kamida TOPIK 3)
– FAQAT til kursi uchun: koreys yoki oʻzbek tilida ham boʻlishi mumkin

Suhbat oʻtkaziladigan manzillar:
1. Toshkent
2. Samarqand
3. Buxoro
4. Andijon
5. Namangan
6. Farg'ona

Grantlar: 20-100% gacha grantlar mavjud (GKS, HEAT, Campus Asian AIMS, KOICA)

Talaba boʻlishni istaganlar, shuningdek, biz bilan hamkorlik qilmoqchi boʻlgan konsalting agentliklari va til markazlari suhbat uchun roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

Imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻting. Roʻyxatdan oʻtish uchun oxirgi sana: 2024-yil, 19-aprel.

Roʻyxatdan oʻtish
@SilkRoad_Academy1
@SilkRoad_Academy3

Tel.
+998902839806
+998932849806

Telegram | Instagram
14.0K viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2024-04-08 10:30:23
Dunyoning 22-raqamli universitetida tibbiyot sohasida magistratura kurslarini onlayn oʻqish uchun toʻliq grant!

Britaniyadagi Edinburg universiteti onlayn magistratura kurslarida oʻqishni xohlovchilarga Edinburgh Surgery Online Global Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Bu grantlar quyidagi magistrlik kurslarini onlayn tarzda oʻqish uchun ajratiladi:
– MSc in Surgical Sciences
– ChM in General Surgery
– ChM in Trauma & Orthopaedics
– ChM in Urology
– ChM in Vascular & Endovascular

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini (tuition fee) toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2024-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/edinburgh-surgery-online-global-scholarships/

@grantlar
13.7K views07:30
Ochish/sharhlash
2024-04-08 08:41:33
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2024-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
14.7K views05:41
Ochish/sharhlash
2024-04-08 06:02:00
Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar mavjud!

Bu yilgi yozgi maktab mavzusi – Digital Transformation For New Business Models. Yozgi maktab 2024-yil 11-25-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Yozgi maktab toʻlovi uchun toʻliq yoki qisman grantlar takif etiladi. Oʻz hisobidan qatnashish ham mumkin.

Imkoniyatlari

Qabul qilingan 40 dan ortiq ishtirokchi quyidagi sharoitlar bilan taʼminlanadi:
– Turar joy
– Kuniga 3 mahal ovqat
– Aerorportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport
– Dam olish kunlarida barcha xarajatlari qoplanadigan ekskursiya
– Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar

Arizalar 2024-yil 20-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/bucharest-summer-university-ruminiya/

@grantlar
14.9K views03:02
Ochish/sharhlash