Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.46K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2024-04-03 14:43:05
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
15.4K views11:43
Ochish/sharhlash
2024-04-03 12:47:03
AYF Fellowship Program: Bakalavriat yoki magistraturani tamomlaganlar uchun Yaponiyada 9 oylik haq toʻlanadigan amaliyot!

Dasturda ingliz tilini taxminan IELTS 7.0 darajasida biladigan (til sertifikatiga ega boʻlish shart emas), kamida bakalavriatni bitirgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Qabul qilinganlar 2024-yil oktabr oyidan boshlab Yaponiyadagi Avaji orolida 9 oy davomida amaliyot oʻtaydi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 197 000 JPY (1300 dollar) oylik ish haqi
– Bepul turarjoy (kommunal toʻlovlar a Wi-Fi haqi ham qoplanadi)
– Chegirmali narxlarda yapon tili kurslari
– Chegirmali narxlarda ovqatlar taklif qilinadi

Arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/awaji-youth-federation-fellowship-program-by/

@grantlar
15.1K viewsedited  09:47
Ochish/sharhlash
2024-04-03 10:51:02
Italiyada joylashgan Calabria universitetida magistraturada oʻqish uchun 120 ta toʻliq grant!

Bu grantlarning ingliz tilida oʻqitiladigan 2 yillik magistrlik kurslari uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish (kontrakt) toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– 3600 yevrogacha mablagʻ beriladi.

Qabul uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) topshirish majburiy emas.

Arizalar 2024-yil 10-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/university-of-calabria-italiyada-magistraturada-oqish-uchun-120-ta-grant/

@grantlar
12.6K views07:51
Ochish/sharhlash
2024-04-03 08:01:36
Maqolangiz uchun bepul UDC raqamini olish!

Bepul "vebinar" va "master class"lar haqida ma'lumotlar!

Scopus ma'lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar!

Maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar!

O'zbek tilida bepul kitob va monografiya chop qiladigan Yevropa nashriyotlari!

Prezident va Davlat stipendiyalariga tayyorgarlik ko'rish!

Ilmiy tadqiqotchilar uchun bepul online kurslar!

Soxta xalqaro tanlovlar haqidagi ma'lumotlar!

Barcha tillarda kitob va monografiyalarni xalqaro nashriyotlarda bepul chop qilish!

Scopus ma'lumotlar bazasidagi soxta(klon) veb-saytga ega jurnallar haqidagi ma'lumotlar!

Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan konferensiyalar!

Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqola chop qilishga qaratilgan online kurslar!

Ushbu postni yaqinlaringizga ham ulashing!

Murojaat:
@publicationu
Ko'proq ma'lumotlar:
@publish_uz‌‌
12.8K views05:01
Ochish/sharhlash
2024-04-03 07:09:20
Buyuk Britaniya: Ayol-qizlar uchun magistraturada oʻqishga toʻliq grant!

Swansea universiteti Tibbiyot, sog'liqni saqlash va hayot haqidagi fanlar fakultetidagi magistratura kurslarida o'qish uchun ayol-qizlarga grant taklif etadi.

Grant magistraturada o'qish pulidan to'liq ozod qiladi.

Arizalar 2024-yil 26-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/buyuk-britaniya-xotin-qizlar-uchun-magistraturada-oqishga-toliq-grant/

@grantlar
13.3K views04:09
Ochish/sharhlash
2024-04-02 17:02:49
The Geneva Challenge 2024 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!

Tanlovda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishdagi qiyinchilar boʻyicha loyiha (yechim) ishlab chiqiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin (1 ta jamoa): 11 380 dollar;
– 2-oʻrin (2 ta jamoa): 5690 dollardan;
– 3-oʻrin (2 ta jamoa): 2840 dollardan mukofot bilan taqdirlanadi.
– Bu 5 ta jamoa Shveytsariyaga taqdimot uchun taklif etiladi (borib kelish, turar joy va viza xarajatlari qoplanadi).

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2023-yil 23-aprel, soat 03:59.

Batafsil
https://grantlar.uz/the-geneva-challenge-tanlovi-pul-mukofoti-va-shveytsariyaga-sayohat/

@grantlar
13.7K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-04-02 14:36:00
Qabul boshlandi

Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1400 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– Taxminan 5 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1074 dollardan 1410 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
14.3K views11:36
Ochish/sharhlash
2024-04-02 05:47:48
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
21.9K views02:47
Ochish/sharhlash
2024-04-01 13:04:03
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2024-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
19.4K views10:04
Ochish/sharhlash
2024-04-01 08:46:35
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2024-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
18.2K views05:46
Ochish/sharhlash