Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.46K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2024-04-23 09:46:49
JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5500 dollar va Gretsiyaga bepul sayohat!

Jahon savdo tashkiloti navbatdagi WTO Essay Award for Young Economists esselar (ilmiy maqolalar) tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda PhD darajasiga ega yoki PhD bosqichini yakunlash jarayonidagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Esselar ingliz tilida, savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi muammolariga qaratilgan boʻlishi kerak.

Mukofot:
– 5547 AQSH dollari
– Gretsiyadagi taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyati (xarajatlar qoplanadi)

Esselar 2024-yil 3-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/wto-essay-award-for-young-economists/

@grantlar
14.7K views06:46
Ochish/sharhlash
2024-04-23 06:02:02
AQSHda huquq boʻyicha magistratura va doktorantura bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi va qabul muddatlari dasturga qarab farq qiladi. 2024-yildagi qabullarninf eng oxirgi muddati: 2024-yil 1-dekabr.

BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
16.7K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-04-21 06:51:36
Gollandiya: Dunyodagi 77-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2314 yevro chegirma.

Arizalar 2024-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi (o'qish 2025-yil fevraldan boshlanadi).

Batafsil
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
14.0K views03:51
Ochish/sharhlash
2024-04-20 08:55:04
International Excellence Scholarship Program (IES) - barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi!

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

Quyida dasturga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin:

Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

Arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

@grantlar
16.8K views05:55
Ochish/sharhlash
2024-04-19 06:20:48
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2370 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (740 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1110 dollar).

Arizalar 2024-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
19.3K views03:20
Ochish/sharhlash
2024-04-18 06:46:02
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2024-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
21.7K views03:46
Ochish/sharhlash
2024-04-18 05:16:02
Global STEM Leadership Scholarship Programme: Britaniyada magistraturani STEM sohasida oʻqish uchun qisman grantlar

Bu grant dasturi City University of London oliygohi tomonidan STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) sohasi boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun taklif etilmoqda.

Dastur doirasida 25 nafar talabaga grant ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovining 75 foizi qoplanadi — 10 nafar;
– Kontrakt toʻlovining 50 foizi qoplanadi — 15 nafar.

Arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/global-stem-leadership-scholarship-programme/

@grantlar
17.9K views02:16
Ochish/sharhlash
2024-04-17 17:46:00
Bugun Yaponiyada bakalavriatni oʻqish uchun “MEXT Undergraduate Students” toʻliq granti post joylagandik.

Grantlar.uz jamoasi mazkur grantni qoʻlga kiritgan va hozirda Yaponiyada tahsil olayotgan hamyurtimiz – Azimov Sarvar bilan suhbat qilgan.

Sarvar suhbatda bu grantga qabul jarayoni va uni qo'lga kiritish borasidagi qimmatli tajribasi bilan bo'lishgan.

Suhbatni quyidagi havol orqali oʻqishingiz mumkin
https://grantlar.uz/blog/yaponiyada-oqish-uchun-mext-talaba-toliq-grantini-yutib-olgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
18.5K views14:46
Ochish/sharhlash
2024-04-17 15:08:26 MEXT Research Student granti boʻyicha batafsil qoʻllanma

Bugun MEXT Research Student grantiga arizalar qabuli boshlangani haqida xabar bergandik.

Grantlar.uz jamoasi bu grant boʻyicha batafsil qoʻllanma tayyorlagan.

Qoʻllanma tarkibi:

MEXT Research Student granti, imtiyozlari, talablari va boshqalar haqida maʼlumot

Shu grantni yutgan oʻzbek talabasi bilan suhbat

Shu grantni yutgan oʻzbek talabasining hujjatlari (yapon tilida)

Shu grantni yutgan oʻzbek talabasining hujjatlari (ingliz tilida)

Imtihon bosqichi uchun: avvalgi yillardagi imtihonlarda tushgan savollar va ularning javoblari

@grantlar
21.7K views12:08
Ochish/sharhlash
2024-04-17 11:46:00
MEXT Undergraduate Students: Yaponiyada bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant va oylik 750 dollar stipendiya!

Bu dastur Yaponiyada deyarli barcha sohalar boʻyicha bakalavriat bosqichida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Talaba ingliz yoki yapon tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
– 750 AQSH dollari miqdorda oylik stipendiya beriladi.
– Kontrakt toʻlovi va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplab beriladi.

Arizalar 2024-yil 24-may 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/mext-talaba-dasturi-yaponiyada-bakalavriatni-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-11000-dollar-stipendiya/

@grantlar
21.9K views08:46
Ochish/sharhlash