Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.46K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2024-04-07 14:46:00 Mayda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2024-yil may oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta! (dedlayn: 1-may)

Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi (dedlayn: 1-may)

International Merit Postgraduate Scholarship: Britaniyada magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar; joy 125 ta! (dedlayn: 13-may)

Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya! (dedlayn: 15-may)

14-30 yoshlilar uchun mukofot jamg‘armasi 60 million so‘m boʻlgan ijodiy ishlar tanlovi (dedlayn: 20-may)

AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti! (dedlayn: 25-may)

Buyuk Britaniya: Ayol-qizlar uchun magistraturada oʻqishga toʻliq grant! (dedlayn: 26-may)

Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 15 ta! (dedlayn: 31-may)

Qozogʻiston: Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Qozogʻiston hukumati grantlari; joy 550 ta! (dedlayn: 31-may)

AYF Fellowship Program: Bakalavriat yoki magistraturani tamomlaganlar uchun Yaponiyada 9 oylik haq toʻlanadigan amaliyot! (dedlayn: 31-may)

YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari! (dedlayn: 31-may)

Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar! (dedlayn: 31-may)

Aprel oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
16.3K views11:46
Ochish/sharhlash
2024-04-07 13:11:26
PURE: Turkiyaning Sabachi universitetida 8 haftalik amaliyot – xarajatlar toʻliq qoplanadi!

Bu dasturga hozirda bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin. Ishtirokchilar mavjud 54 ta tadqiqot loyihasidan birda faoliyat olib boradi, seminarlar, ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashadi.

Dastur mashgʻulotlari 2024-yil 8-iyuldan 29-avgustgacha davom etadi (ingliz tilida).

Imtiyozlari:
– Barcha ishtirokchilar bepul turar joy va maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi
– Eng sara ishtirokchilar uchun 200 dollar oylik stiepndiya, borish-kelish uchun bepul chipta bilan taʼminlanadi

Arizalar 2024-yil, 22-aprel soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/program-for-undergraduate-research-pure/

@grantlar
16.7K views10:11
Ochish/sharhlash
2024-04-07 06:02:00
Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1500 dollargacha yutib oling!

Tanlovda koreys tilini biluvchi koreyalik boʻlmagan barcha xorijlik nomzodlar va xorijda yashayotgan koreyslar qatnashishi mumkin.

Nomzodlardan berilgan mavzulardan biri boʻyicha koreys tilida nutq soʻzlab, uni videoga olish (maksimal 3 daqiqa) va uni YouTubeʼga joylash talab etiladi.

Mukofotlar:
– Bosh mukofot (1 nafar): 1480 dollar
– Oltin mukofoti (2 nafar): 740 dollar
– Kumush mukofoti (2 nafar): 370 dollar
– Bronza mukofoti (3 nafar): 222 dollar
– “Korean Humanities Research Group” mukofoti: 740 dollar

Arizalar 2024-yil 28-aprel, 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/korean-language-speaking-contest/

@grantlar
15.3K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-04-06 10:17:02
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2024-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
17.1K views07:17
Ochish/sharhlash
2024-04-06 08:41:37
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2024-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
16.2K views05:41
Ochish/sharhlash
2024-04-06 06:02:00
14-30 yoshlilar uchun mukofot jamg‘armasi 60 million so‘m boʻlgan ijodiy ishlar tanlovi

“Yoshlar ovozi” gazetasining 100 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan bu tanlovda quyidagi 4 yoʻnalish boʻyicha qatnashish mumkin:
– Eng yaxshi maqola
– Eng yaxshi fotohikoya
– Eng yaxshi video
– Eng faol bloger

Tanlovda Oʻzbekistondagi barcha 14-30 yoshli nomzorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar

Har bir yoʻnalish boʻyicha sovrindorlar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: noutbuk
– 2-oʻrin: smartfon
– Rag‘batlantiruvchi o‘rin: smart televizor

Ishlar 2024-yil 20-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/yoshlar-ovozi-gazetasining-100-yilligi/

@grantlar
16.4K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-04-05 08:47:00
ClimateScience Olympiad 2024: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Bakuga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-19 yoshlilar.
– 20-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 3000 dollar
– 2-oʻrin: 2500 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-5-oʻrinlarning har biri: 1500 dollar
– 6-10-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– OLTIN, KUMUSH VA BRONZA MEDALLARI sohiblari Bakuda (Ozarbayjon) oʻtkaziladigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi
– Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi

Ro'yxatdan o'tish uchun eng yaqin dedlayn: 2024-yil, 30-aprel

Batafsil
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

Foydali

Bu olimpiadaga qanday roʻyxatdan oʻtish haqida video

@grantlar
15.3K views05:47
Ochish/sharhlash
2024-04-05 05:46:02
Qozogʻiston: Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Qozogʻiston hukumati grantlari; joy 550 ta!

Bu dastur doirasida Qozogʻistondagi 37 ta universitetda, istalgan bosqich va yoʻnalishda oʻqish uchun grant yutib olish mumkin.

Nomzod qaysi tilni bilishiga qarab, ingliz, rus yoki qozoq tilida oʻqitiladigan dasturni tanlay oladi.

Arizalarni ingliz, rus yoki qozoq tilida topshirish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– Oylik stipendiya beriladi

Arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/qozogiston-bakalavriat-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-qozogiston-hukumati-grantlari/

@grantlar
14.3K views02:46
Ochish/sharhlash
2024-04-04 09:46:54
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 5000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 1250 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 250 dollar;

Insholar 2024-yil 25-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
16.6K views06:46
Ochish/sharhlash
2024-04-04 06:02:02
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 2000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 500 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 100 dollar.

Insholar 2024-yil 25-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
18.2K views03:02
Ochish/sharhlash