Get Mystery Box with random crypto!

Shape the future challenge: 15-20 yoshlilar uchun 3 haftalik b | Grantlar.uz

Shape the future challenge: 15-20 yoshlilar uchun 3 haftalik bepul onlayn kurs va bellashuv; mukofot – Silikon vodiysiga (AQSH) xarajatlari qoplanadigan sayohat!

Dastur ishitrokchilari 2024-yil 15-maydan 4-iyungacha onlayn mentorlik seanslari, seminarlarda qatnashadi va 2-6 kishilik jamoa sifatida iqlim oʻzgarishi muammosi yuzasidan yechim ishlab chiqadi (ingliz tilida).

Eng yaxshi gʻoya (yechim) taklif qilgan jamoa aʼzolari Silikon vodiysiga (AQSH) taʼlim sayohati uchun borish imkonini qoʻlga kiritadi.

Bunda:
– AQSHga borish va kelish chiptalari olib beriladi
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– Sayohat davomida seminarlar, Google, Apple, Instagram kabi kompaniyalarga tashriflar uyushtiriladi

Qatnashish uchun 2024-yil 4-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil
https://grantlar.uz/moonshot-pirates-shape-the-future-challenge/

@grantlar