Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.46K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2024-04-01 06:02:00
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1454 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 792 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
16.8K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-03-31 17:32:02 JACAFA stipendiyasi boʻyicha mentorlik kursi!

@Grantlar_namuna loyihasi JACAFA stipendiyasi boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Bu dastur Oʻzbekiston OTMlarida oʻqiyotgan bakalavrlariga 2 yil davomida oyiga 110 AQSH dollari stipendiya olish va quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat

Kursning asosiy jihatlari:
– Stipendiyani yutish imkoniyatingizni oshiradi.
– Hujjatlarni tayyorlashda bevosita yordam koʻrsatiladi. Motivatsiya xati, CV va boshqalarni tayyorlashda koʻmak beriladi.
– Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
– Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Kursni kim olib boradi?

Kurs JACAFA stipendiyasi gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Kursga qatnashish pulli.

Kursga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi: 2024-yil 7-aprel, 23:59.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
16.2K views14:32
Ochish/sharhlash
2024-03-31 06:19:25
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 650-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2024-yil 30-aprel.

Batafsil
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

@grantlar
16.4K viewsedited  03:19
Ochish/sharhlash
2024-03-30 14:31:00
Janubiy Koreya Universitetlariga o'qishga  topshiruvchilar odatda qanday universitetlarni tanlashadi?

1-toifa faqat Top 1000 talik universitetlar kerak
2-toifa ham o'qish va ham ishlash imkoniyatini beruvchi universitetlar kerak
3-toifa faqat ishlab pul topishga boraman, shunga viza uchun universitetlar kerak deyishadi.


Uzoq yillik tajribaga ega Smart Consulting jamoasi mijozlar maqsadiga qarab eng yaxshi universitetlarga viza olishni kafolatlaydi.

Sizda ham universitet tanlashda ikkilanishlar bo'lsa, bu to'g'risida quyidagi kontaktlarga aloqaga chiqib batafsil javob olishingiz mumkin!


+99893-822-81-86

@N1_Administration
@N2_Administration

Telegram | Instagram
16.7K views11:31
Ochish/sharhlash
2024-03-30 10:36:07
Youth for Biosecurity Fellowship: Magistr va doktorantlar (PhD) uchun bioxavfsizlik boʻyicha 3 oylik dastur

Dasturga hayot haqidagi fanlar (Life Sciences) va aloqador fanlar (bioxavfsizlik, sogʻliqni saqlash xavfsizligi, qurolsizlanish va h.k.) boʻyicha magistrlik yoki PhD darajasiga ega nomzodlar ariza berishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari onlayn seminar/brifinglar va Jenevadagi oflayn konvensiyadan iborat. Nomzodlardan ingliz tilini yetarlicha bilish talab qilinadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Dasturda ishtirok etish bepul
– Jenevadagi (Shveytsariya) 5 kunlik konvensiyada ishtirok: barcha xarajatlar qoplanadi
– Soha olimlari, ekspertlari, diplomatlar bilan aloqa oʻrnatish imkoniyati

Arizalar 2024-yil 6-aprel, tonggi 02:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/youth-for-biosecurity-fellowship/

@grantlar
17.0K views07:36
Ochish/sharhlash
2024-03-30 06:09:49
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1462 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
17.4K viewsedited  03:09
Ochish/sharhlash
2024-03-29 06:02:02
AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti!

Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.

Arizalar 2024-yil 25-may, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

Foydali:

Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

Shu dasturni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
17.3K viewsedited  03:02
Ochish/sharhlash
2024-03-28 13:57:14
#ILMIY_IZLANUVCHILARGA_TAVSIYA

ИЛМИЙ ИШ ҚИЛАЁТГАН МУАЛЛИФЛАР УЧУН МАХСУС ТАКЛИФЛАР

Барча докторант, магистр ва илмий иш қилаётган илмий изланувчилар учун фойдали каналлар тавсия этилади

Докторантура қабули ва илмий даража олиш бўйича канал
https://t.me/ILMIYHIMOYA

Илмий маълумотлар:
@ILMIYIZLANUVCHILAR

SCOPUS ва WEB OF SCIENCE журналлари:
@SCOPUS_WOS_UZ

Илмий ҳимоялар учун ОАК рўйхатидаги журналлар ҳақида маълумот
@OAKnashrlari

ИЛМИЙ ҲИМОЯЛАР ВА БАРЧА ҲИСОБОТЛАР УЧУН ТЕЗИС ВА МАҚОЛА, МОНОГРАФИЯ НАШР ҚИЛАМИЗ

Админ: @article_oak

+998-93-359-07-54
15.7K views10:57
Ochish/sharhlash
2024-03-28 12:35:59 Oyiga 110 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlaydigan JACAFA stipendiyasiga arizalar qabul qilmoqda

Bu grant 2 yil davomida 110 dollarlik stipendiyadan tashqari, quyidagi imtiyozlarni taqdim qiladi:
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat

Quyida ushbu dasturga oid eng kerakli manbalarni topasiz:

JACAFA stipendiya dasturi, talablari, qabul jarayoni haqida batafsil

2021-yilgi gʻolib talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

2020-yilgi gʻoliba talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

Shu dasturni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar_namuna
14.3K views09:35
Ochish/sharhlash
2024-03-28 06:02:00
JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 110 oylik stipendiya olish imkoniyati!

Dasturga:
ijtimoiy fanlar, huquq, matematika, kompyuter muhandisligi, IT muhandisligi va qishloq xoʻjaligi sohalarida oʻqiyotgan;
– hozirda 2-kurs boʻlgan;
– 2024-yil, oktabrda 19 yoshdan kichik boʻlmagan va 23 yoshdan katta boʻlmagan;
– Oʻzbekistondagi OTMlarda tahsil oluvchi talabalar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yilgacha 110 AQSH dollar oylik stipendiya
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish imkoni (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat qilish imkoni

Arizalar 2024-yil 20-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/ozbekistonlik-talabalar-uchun-2-yil-davomida-100-yevro-oylik-stipendiya-olish-imkoniyati/

@grantlar
19.3K views03:02
Ochish/sharhlash