Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.46K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2024-04-14 18:16:00
Grantga hujjat topshirishdagi muhim qoida: qabulning oxirgi kunini kutmang

Biror grant yoki dasturga ariza topshirishni oxirgi kun/daqiqaga taqash bir qancha koʻngilsiz oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.

Batafsil:

Video shaklida tanishish

Matn shaklida tanishish

@grantlar
12.9K viewsedited  15:16
Ochish/sharhlash
2024-04-14 17:33:47
AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar!

Qohiradagi Amerika universiteti bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqish uchun grantlar taklif qiladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdori: Talabalarga iqtidori va moliyaviy holatiga qarab, kontrak summasi uchun 20-100% lik grantlar taqdim etiladi.

Arizalar 2024-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/auc-excellence-scholarship-program-bachelors/

@grantlar
13.5K viewsedited  14:33
Ochish/sharhlash
2024-04-14 09:20:57
Dunyoning 22-raqamli universitetida onlayn magistratura kurslarini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati!

Britaniyadagi Edinburg universiteti onlayn magistratura kurslarida oʻqishni xohlovchilarga Edinburgh Global Online Learning Masters Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Dastur doirasida 20 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini (tuition fee) toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2024-yil 3-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/edinburgh-global-online-learning-masters-scholarships/

@grantlar
15.1K views06:20
Ochish/sharhlash
2024-04-13 09:04:37
Fulbright Foreign Student Program dasturi bo'yicha bepul vebinar

EducationUSA tomonidan AQSHda magistraturani to'liq grant o'qish imkonini beruvchi Fulbright Foreign Student Program dasturi bo'yicha onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

Vebinarda ushbu dastur, unga ariza topshirish va hujjatlarni tayyorlash bo'yicha batafsil ma'lumot beriladi.

O'tkazilish vaqti:
2024-yil 18-aprel 16:00
O'tkazilish joyi: ZOOM platformasi

AQSHda magistraturani davom ettirmoqchi bo'lgan barcha, qolaversa, barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin. Qatnashish uchun onlayn ro'yxatdan o'tish lozim:

RO'YXATDAN O'TISH

Dastur haqida BU YERDAN batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
15.1K views06:04
Ochish/sharhlash
2024-04-13 07:25:21
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2024- yoki 2025-yil bitiradiganlar yoki 2023-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2024-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
16.7K views04:25
Ochish/sharhlash
2024-04-12 14:39:06
Transversalidades – Photographs without Frontiers: bosh mukofot 1500 yevroni tashkil qiluvchi fototanlov!

Tanlovda belgilangan 4 ta mavzu boʻyicha dunyoning istalgan davlatidan boʻlgan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1 nafar gʻolib 1500 yevro;
– Har bir mavzu boʻyicha eng yaxshi portfolio egasi 750 yevro;
– Yana eng munosib 12 tagacha ishtirokchi 150 yevrodan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga rasmlar 2024-yil 12-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/transversalidades-photographs-without-frontiers/

@grantlar
16.8K views11:39
Ochish/sharhlash
2024-04-12 06:02:02
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2024-yil 12-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
12.6K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-04-11 13:44:51
14-18-yoshlilar uchun Shukur Xolmirzayev xotirasiga bagʻishlangan insholar tanlovi!

Bu tanlovda 14-18 yoshili nomzodlar Shukur Xolmirzayev asarlariga bagʻishlangan insholari bilan qatnashishi mumkin. Insholar oʻzbek, rus yoki ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin – diplom va maxsus sovgʻa.
– 2-oʻrin – diplom, va telefon quvvatlagich.
– 3-oʻrin – diplom va kitoblar jamlanmasi.
– 5 tagcha ragʻbatlantiruvchi ishtirokchi faxriy yorliq va hamkor esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Insholar 2024-yil 15-aprel, soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/shukur-xolmirzayev-xotirasiga-bagishlangan-insholar-tanlovi/

@grantlar
17.2K views10:44
Ochish/sharhlash
2024-04-11 06:02:02
THIEL Fellowship: 22 yoshgacha bo’lgan, o’z biznes g’oyasiga ega yoshlar uchun 100 000 AQSH dollari!

Bu dastur OTMda oʻqish oʻrniga oʻz loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlganlarga moʻljallangan. Agar gʻolib talaba boʻlsa, oʻqishni tashlashi kerak boʻladi.

Mukofot

Har yili 20-30 nafar gʻolib quyidagicha taqdirlanadi:
– 100 ming dollar mablagʻ
– Thiel jamgʻarmasing asoschilari, investorlari va olimlari yordami

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/thiel-fellowship-22-yoshgacha-bolgan-oz-biznes-goyasiga-ega-yoshlar-uchun-100-000-aqsh-dollari/

@grantlar
15.8K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-04-10 06:02:00
UCAS International Summer School 2024: Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik yozgi maktab!

Bu maktabga bakalavriatning oxirgi bosqichi, magistratura yoki doktoranturada (PhD) oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Yozgi maktab mavzusi: Global Change and Ecological Health.

Dastur mashgʻulotlar 2024-yilning 18-iyulidan 27-iyuligacha oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Imtyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Borish va kelish uchun mablagʻ ajratiladi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/ucas-international-summer-school/

@grantlar
18.1K views03:02
Ochish/sharhlash