Get Mystery Box with random crypto!

Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yi | Grantlar.uz

Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2024-yil kuzidan o'qishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar