Get Mystery Box with random crypto!

Grantlar.uz

Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz G
Telegram kanalining logotibi grantlar — Grantlar.uz
Kanal manzili: @grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 80.46K
Kanalning ta’rifi

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2024-03-27 14:02:00
FuSEP Summer Research Program: bakalavr va magistrlar uchun Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur!

Bu dasturga fizika, kimyo, moddashunoslik, hayot haqidagi fanlar, tibbiyot, yer va kosmik fanlar, matematika, muhandislik, kompyuter fanlari kabi yo’nalishlarida oʻqiyotgan bakalavriat va magistratura talabalari ariza berishi mumin.

Ishtirokchilar professorlar rahbarligida tegishli loyihalar boʻyicha tadqiqot olib boradi. Dastur mashgʻulotlari 2024-yil 1-iyuldan boshlanadi va 1 oy davom etadi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Xitoyga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va sugʻurta
– Maxsus sertifikat

Arizalar 2024-yil 31-mart (ayrim sohalar boʻyicha) yoki 14-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/fusep-summer-research-program/

@grantlar
18.3K views11:02
Ochish/sharhlash
2024-03-27 11:28:11 Chexiyada oʻqishga qiziquvchilar uchun eslatma

Hozirda dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblangan Charlz universiteti (TOP 248) bakalavriat va magistratura uchun bir qancha grantlar taklif etmoqda.

Bu grantlarning barchasiga qabul 2024-yil 30-aprelda tugaydi.

Quyida ularni keltirib oʻtamiz:

Kompyuter fanlariga oid bakalavriat va magistratura dasturlari uchun grantlar

Fizika sohasidagi magistratura dasturlari uchun grantlar

Matematika sohasidagi magistratura dasturlari uchun grantlar

Til texnologiyalari va hisoblash lingvistikasi boʻyicha magistratura uchun grantlar

@grantlar
16.8K views08:28
Ochish/sharhlash
2024-03-27 07:15:53
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar berilgan mavzu boʻyicha ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
16.2K views04:15
Ochish/sharhlash
2024-03-26 16:37:46
Janubiy Koreyada bakalavr va magistratura talabalari uchun yozgi 8 haftalik amaliyot dasturi!

Bu amaliyot Koreyaning mashhur KAIST universiteti tomonidan oʻtkaziladi (2024-yil 24-iyun – 16-avgust). Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

3-4-kursda oʻqiydigan bakalavriat talabalar va magistratura talabalari qatnashishi mumkin.

Moddiy imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajari uchun 750 dollargacha mablagʻ
– Yotoqxona uchun 375 dollar mablagʻ

Arizalar 2024-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/kai-x-research-internship-program/

@grantlar
15.7K views13:37
Ochish/sharhlash
2024-03-26 08:46:47
Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq!

Ushbu xalqaro insholar tanloviga 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– 14 yoshgacha boʻlganlar;
– 15-25 yoshlilar.

Bu yilgi tanlov mavzusi: My Experience of Overcoming Conflict (Ziddiyatni yengish boʻyicha tajribam)

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (660 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2024-yil 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi

Batafsil
https://grantlar.uz/goi-peace-foundation-25-yoshgacha-bolganlar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
17.1K views05:46
Ochish/sharhlash
2024-03-26 06:02:02
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2000 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2024-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar
18.2K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-03-25 09:16:00
Chexiyada fizika sohasida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 248) fizika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PPTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/prague-physics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
18.2K views06:16
Ochish/sharhlash
2024-03-25 07:46:01
Charles University: Chexiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 248) Computer Science - Language Technologies and Computational Linguistics magistrlik dasturi uchun 1 ta toʻliq grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻliq qoplanadi
– Yiliga 4800 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 400 yevro mablagʻ

Arizalar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/computational-linguistics-scholarship/

@grantlar
16.1K views04:46
Ochish/sharhlash
2024-03-25 06:02:00
OSCE school and Model OSCE Conference: Gruziyada barcha xarajatlari qoplanadigan 7 kunlik dastur!

Bu dasturga tegishli sohalarda oʻqiyotgan yoki faoliyat yuritayotgan 18-29 yoshli nomzodlar ariza berishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2024-yil 15-21-iyul kunlari Tbilisida (Gruziya) oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Moddiy taʼminot:
Gruziyaga borish va kelish, turar joy va ovqatlanish xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 28-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil

https://grantlar.uz/osce-school-and-model-osce-conference/

@grantlar
17.2K viewsedited  03:02
Ochish/sharhlash
2024-03-24 16:01:01
Charlz universitetidan navbatdagi grant: Matematika yoʻnalishida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 248) matematika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PMTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/prague-mathematics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
13.6K views13:01
Ochish/sharhlash