Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-08 11:50:07
O'zbekistonda eng ko'p yuklab olinayotgan ilova va o'yinlar.

O'yinlar bo'yicha top beshlikning eng birinchi o'rnini, turli xil xaritalarda, turli xil missiyalar bilan mashina haydash ko'niknamalarini o'rganish imkonini beradigan Traffic and Driving Simulator o'yini egallagan. Bir necha oydan beri birinchilikni egallab kelayotgan Stickman Party mini-o'yinlar to'plami bu safar ikkinchi o'rinda. Uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni shuter janridagi Special Forces Group 2 va PUBG Mobile o'yinlari egallagan bo'lsa, top beshlik taniqli Subway Surfers o'yini bilan yakunlanadi. 

Ilovalar bo'yicha top beshlikka qaraydigan bo'lsak, Instagram o'z joyini o'zgartirmagan holda birinchi o'rinda turibdi. Ikkinchi o'rinni yurtimizdagi eng taniqli messenjer, Telegram band qilgan bo'lsa, uchinchi o'rinda uning eng ashaddiy raqibi, WhatsApp Messenger ilovasi egallagan. Garchi O'zbekistonda bloklangan bo'lsa ham TikTok ijtimoiy tarmog'i eng ko'p yuklab olingan ilovalar ro'yxatining top to'rtinchi o'rnini egallashga muvaffaq bo'lgan. Top beshlik Anorbank ilovasi bilan yakunlanadi.

@engyokibirinchi — kanalini kuzatib boring!
5.5K views08:50
Ochish/sharhlash
2022-08-08 05:30:48
Tanamiz uchun eng muhim element.

Rux tanamiz uchun eng muhim elementlardan biri hisoblanadi. U oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilashda, yaralarni davolashda, immunitetni oshirishda va boshqa ko'plab muhim va foydali jarayonlarda ishtirok etadi.

Rux yetishmovchiligi belgilari.
— soch sifatining yomonlashishi va to'kilishi;
— oshqozon-ichak trakti bilan bog'liq muammolar;
— markaziy asab tizimining buzilishi, xotira yo‘qolishi, depressiya;
— ishtahaning yo‘qolishi;
— teri muammolari, toshmalar.

Rux turli xil mahsulotlarda: kakao, kurka, tuxum, qovoq urug'i, mol go‘shti, bug‘doy yormasi kabi turli xil mahsulotlarda mavjud.

@engyokibirinchi — kanalini kuzatib boring!
5.2K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-08-07 15:20:07
Yer tarixidagi eng qisqa kun.

2022-yil 29-iyun kuni olimlar butun kuzatuvlar tarixidagi Yerning eng tez aylanishini qayd etishdi, buning natijasida kun odatdagidan 1,59 millisekundga kamroq davom etdi. Olimlar nega Yer bunday tez aylanayotganiga aniq javob bera olmaydi, ammo ular bir nechta taxminlarga ega.

Ulardan birining fikricha, iqlim yoki iqlim tizimlarining o‘zgarishi, masalan, muzliklarning erishi va muzlashi yoki harakatlanuvchi shamollarning og‘irligi Yerning tortishish kuchiga ta’sir qiladi. 
Shuningdek, zilzilalar va boshqa seysmik harakatlar, xuddi aylanayotgan odam qo‘llarini tortib olganidek, butun massani Yerning markaziga siljitishi ham sabab qilib ko‘rsatilgan. 

@engyokibirinchi — kanalini kuzatib boring!
5.2K views12:20
Ochish/sharhlash
2022-08-07 11:50:12
Dunyo bo'ylab eng mashhur shaxslarning yashash joylariga ko'ra xarita yaratildi.

Xaritalar bo'yicha dizayner va geograf, Topi Tyukanov, taniqli odamlarning yashash joylariga ko'ra ko'rish imkonini beradigan interaktiv xarita yaratdi. Qizig'i shundaki, siz unda nafaqat mashhur insonlarni qayerlik ekanligini, balki ismlari ustiga bosish bilan ularning mashhurlik darajasi, jinsi va tirik yoki yo'qligini bilib olishingiz mumkin. Xaritada kattaroq harflar bilan uzoqdan ham ko'rinadigan ism egalari yuqoriroq reytingga ega.

Platformada O'zbekistonga qaraydigan bo'lsak, siz xaritani yaqinlashtirmasdan oldin Al-Xorazmiy, Avitsenna yoxud Ibn Sino, Amir Temur va Bobur kabi taniqli tarixiy shaxslarga ko'zingiz tushadi. Xaritani yanada yaqinlashtirsangiz prezident Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik, milliarder Alisher Usmonov va futbolchi Odil Ahmedov namanganlik ekanligini bilib olsangiz bo'ladi.

@engyokibirinchi — kanalini kuzatib boring!
6.0K views08:50
Ochish/sharhlash
2022-08-07 08:10:11
Dilfinlarning eng antiqa qobiliyatlari.

Katta miya va maxsus intellekt tufayli delfinlar dunyodagi eng aqlli hayvonlar hisoblanadi. Biroq aslida ham shundaymi, Kognitiv qobiliyatlar nuqtayi nazaridan tadqiqotchilar ularni fillar bilan bir qatorga qo‘yishadi. Ular hisoblash, raqamlarni farqlash va buyruqlarni bajarishga qodir.

Delfinlar 25 tagacha buyruqni yodlay oladi, shuning uchun ko‘pchilik, ularda inson nutqini tushunish qobiliyati bor deb o'ylashadi. Delfinlar aslida cho‘kib ketayotgan odamlarni qutqarmaydi. Cho‘kayotgan odamni ko‘rib, unga yordamlashishmaydi, aksincha u bilan o‘ynashni xohlashadi va shu bilan uning o‘limiga “hissa qo‘shadi”.

@engyokibirinchi — kanalini kuzatib boring!
4.9K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-08-07 05:30:16
Nokning eng foydali xususiyatlari

Mutaxassisning so'zlariga ko‘ra, nok tarkibida ko'p miqdorda C, B, K vitaminlari mavjud. U mis, magniy va kaliy moddalarini oʻz ichiga olgan. Shuningdek, nok surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradigan xususiyatlarga ega.

Yaqinda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, nok va olma isteʼmol qiladigan odamlar 2-toifa diabetdan kamroq aziyat chekishadi. Bu meva saratonga qarshi faol kurashadi. Ular qon tomirlari va yurak sogʻligini qo'llab-quvvatlaydi.

@engyokibirinchi — kanalini kuzatib boring!
5.2K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-08-05 10:50:07
Bosh og‘rig‘ining eng asosiy sabablari

Ob-havoning o‘zgarishi, haddan tashqari issiqlik, yuqori namlik va atmosfera bosimining o‘zgarishi bosh og‘rig‘ining eng keng tarqalgan sabablari hisoblanadi. Jazirama kunlari kamroq suv ichish va bosh kiyimsiz yurish ham bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Stress, ortiqcha mehnat faoliayti va uyquning buzilishi ushbu kasallikni keltirib chiqaradi.

Og‘riq paytida qorong‘u, shovqinsiz joyda dam olish, shuningdek, bir stakan suv ichish, bosh va bo'yin qismlarini massaj qilish tavsiya etiladi. Og‘riq uzoq vaqt davomida yo‘qolmasa, og‘riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilishingiz kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, agar bosh og‘rig‘i tez-tez ro‘y bersa, albatta shifokorga murojaat qiling.

Ps: Bosh og'rig'idan qanday holos bo'lasiz?

@engyokibirinchi | Instagram
5.7K views07:50
Ochish/sharhlash
2022-08-04 13:20:17
Malikalar haqidagi eng yaxshi multfilmlar.

Aksariyat multfilmlarda malikalar va oddiy xalq orasidan chiqqan bosh qahramon obrazi mavjud. Quyida Wolt Disney kompaniyasiga tegishli bo‘lgan hamda malikalar haqida yaratilgan eng yaxshi animatsion filmlar ro'yxati keltirilgan.

1-o'rin “Oppog‘oy va yetti gnomchalar”
2-o'rin “Zolushka”
3-o'rin “Sohibjamol va maxluq”
4-o'rin
“Alovuddinning sarguzashtlari”
5-o'rin “Shrekning sarguzashti”
6-o'rin
“Anastasiya”
7-o'rin
“Malika va qurbaqa”
8-o'rin “Rapunsel”
9-o'rin “Ralf”
10-o'rin “Muzyurak”


@engyokibirinchi | Instagram
5.9K views10:20
Ochish/sharhlash
2022-08-04 10:50:21
Dunyoning eng go‘zal ayoli

27 yoshli janubiy koreyalik qo'shiqchi va aktrisa Kim Ji Su dunyodagi eng go‘zal ayol deb topildi. G‘olib Nubia onlayn-jurnalining o‘tkazgan so‘rovnomasi asosida aniqlandi. Ovoz berish besh oy davom etdi.

Unda milliondan ortiq odam ishtirok etdi. Natijada “Blackpink” guruhi a’zosi 500 000 ovoz bilan so‘rovnomada g‘olib chiqdi. Ikkinchi o‘rinni tayvanlik “Twice” guruhining solisti Chjou Tzuyuga egalladi. Tailandlik qo'shiqchi va raqqosa Lalisa Manoban kuchli uchlikka kirdi.

@engyokibirinchi | Instagram
5.7K views07:50
Ochish/sharhlash
2022-08-02 19:05:21
GTA'da birinchi marta bosh qahramon ayol kishi bo'ladi.

Grand Theft Auto (GTA) oʻyinining oltinchi seriyasi haqida dastlabki maʼlumotlar paydo boʻldi. Ma'lum bo'lishicha, Rockstar yangi GTA o'yinini 2024-yilning to'rtinchi choragida chiqaradi. Oʻyinga birinchi marta ayol bosh qahramon qo'shiladi. Qahramonning ismi Rouz bo'lib, Rouz sovuqqon beva bo'ladi.

O'yinda Rouzdan boshqa yana ikkita qahramon bo'ladi: Rikardo (boylik va hokimiyatga berilib ketgan sobiq Kolumbiya maxsus agenti), Keysi (fe'l-atvori yomon bo'lgani uchun tez-tez muammoga duch keladigan sobiq bokschi). Oʻyin voqealari 2023-yilda Mayami shahrining hayoliy versiyasida boʻlib oʻtadi.

Ps: GTA muxlislari bormi?

@engyokibirinchi | Instagram
6.5K views16:05
Ochish/sharhlash