Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekistonda eng ko'p yuklab olinayotgan ilova va o'yinlar. | Eng Yoki Birinchi

O'zbekistonda eng ko'p yuklab olinayotgan ilova va o'yinlar.

O'yinlar bo'yicha top beshlikning eng birinchi o'rnini, turli xil xaritalarda, turli xil missiyalar bilan mashina haydash ko'niknamalarini o'rganish imkonini beradigan Traffic and Driving Simulator o'yini egallagan. Bir necha oydan beri birinchilikni egallab kelayotgan Stickman Party mini-o'yinlar to'plami bu safar ikkinchi o'rinda. Uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni shuter janridagi Special Forces Group 2 va PUBG Mobile o'yinlari egallagan bo'lsa, top beshlik taniqli Subway Surfers o'yini bilan yakunlanadi. 

Ilovalar bo'yicha top beshlikka qaraydigan bo'lsak, Instagram o'z joyini o'zgartirmagan holda birinchi o'rinda turibdi. Ikkinchi o'rinni yurtimizdagi eng taniqli messenjer, Telegram band qilgan bo'lsa, uchinchi o'rinda uning eng ashaddiy raqibi, WhatsApp Messenger ilovasi egallagan. Garchi O'zbekistonda bloklangan bo'lsa ham TikTok ijtimoiy tarmog'i eng ko'p yuklab olingan ilovalar ro'yxatining top to'rtinchi o'rnini egallashga muvaffaq bo'lgan. Top beshlik Anorbank ilovasi bilan yakunlanadi.

@engyokibirinchi — kanalini kuzatib boring!