Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-04-10 10:19:46
Dunyodagi eng tez kitobxon

Govard Berg dunyodagi eng tez kitobxon hisoblanadi. Govard Berg bir daqiqada 25 000 dan ortiq so'zlarni o'qishi va daqiqasiga 100 dan ortiq so'zlarni yozish qobiliyati uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Govard o'qish tezligini ikki baravar oshirishga, tushunishni yaxshilashga, o'rganganlarimizni qanday eslab qolishimizga yordam beradigan ko'plab dasturlarni ishlab chiqqan. Xozir ularni ijtimoiy tarmoqlarda pullamoqda.

@engyokibirinchi | Instagram
6.6K views07:19
Ochish/sharhlash
2022-04-10 09:01:45
Diqqat bugungi savol!

Mendeleyev jadvalidagi qaysi element K harfi bilan ifodalanadi?


Javoblarni izohlarga yozib qoldiring. To'g'ri javob va g'olib 22:00da "Birinchi savol" kanalida e'lon qilinadi!

@Birinchi_savol | Qiziqarli savollar!
6.3K views06:01
Ochish/sharhlash
2022-04-09 16:44:25
Shunchake qaysi biri!
Anonymous Poll
81%
19%
2.4K voters6.8K views13:44
Ochish/sharhlash
2022-04-09 11:41:40
Islomdagi birinchi masjid

Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Qubo masjidi Islom tarixida birinchi qurilgan masjid hisoblanadi. Uni Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) milodiy 622-yilda (hijriy 1-yilda) barpo etgan.
Masjid yillar davomida bir necha marta ta’mirlangan va kengaytirilgan. 1829 yilda Usmoniylar sultoni Mahmud II Qubo masjidini to‘liq qaytadan qurishni buyurgan. Oxirgi ta’mirlash 1986 yilda bo‘lib o‘tgan.

Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon ma’lum qilishicha masjid maydonini kengaytirish bo'yicha yangi loyiha ishlab chiqilgan, unga ko'ra masjid maydon 50 000 kvadrat metrga kengaytiriladi bu esa uning amaldagi maydonidan 10 baravar ortiq. Loyiha yakunlangach, masjid 66 000 ming namozxonni sig‘dira oladi. Yangi masjid loyihasi misrlik me’mor Abdel Vohid al-Vakil tomonidan ishlab chiqilgan.

@engyokibirinchi | Instagram
7.3K views08:41
Ochish/sharhlash
2022-04-09 09:00:47
Diqqat bugungi savol!

Savodsizlik darajasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadigan davlat?


Javoblarni izohlarga yozib qoldiring. To'g'ri javob va g'olib 22:00da "Birinchi savol" kanalida e'lon qilinadi!

@Birinchi_savol | Qiziqarli savollar!
6.5K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-04-09 06:30:17
Ilon Mask o‘zini dunyodagi eng badavlat odam deb bilmasligini aytdi.

Tesla” rahbari Ilon Mask dunyodagi eng badavlat odam deya rasman tan olindi. Uning bugungi kundagi boyligi 219 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Shunga qaramasdan, Ilon Mask oʻzini dunyodagi eng boy odam deya hisoblamaydi. Tadbirkorning oʻylashicha, dunyoda undan ham boyroq boʻlgan boshqa bir odam bor.

Ilon Mask germaniyalik jurnalist Matias Dyopfnerning shuncha boylikka ega odam sifatida oʻzini qanday his qilishi haqidagi savoliga kutilmagan javob qaytardi: “Oʻylashimcha, Putin mendan anchagina boyroq”. Ilon Maskning umumiy boyligi yil davomida 68 milliard AQSh dollariga oshgan.

@engyokibirinchi | Instagram
7.0K views03:30
Ochish/sharhlash
2022-04-09 06:28:00
Dunyodagi eng mashhur bosqinchilardan biri.

“Timur Tamerlan – dunyodagi eng mashhur bosqinchilardan biri bo‘lib, u haqidagi barcha hikoyalar qonli daryolar bilan tugaydi. Uning qo‘lidan 17 milliondan ortiq odam halok bo‘lgan, XIV asrga kelib u yer yuzidagi barcha aholining 5 foizini qirib tashladi. U “o‘lim otasi” sifatida ham tanilgan. Dafn etilganida qabr toshiga la’nat o‘yib yozilgan. “Kim mening qabrimni ochishga jur’at etsa, uning boshiga mendan ham qattol bosqinchi tushadi”. 

Ushbu so'zlar joriy yilning 29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish boshqarmasining rasmiy sahifasida xorijiy videoblogerlar tomonidan “Indiana Jons O‘zbekistonda” nomi bilan suratga olingan qisqametrajli filmida e’lon qilingan. Amir Temurning bunday salbiy qahramon sifatida ta’riflanishi o‘zbek ziyolilari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

@engyokibirinchi | #Uzbekiston
6.6K views03:28
Ochish/sharhlash
2022-03-31 09:01:01
Diqqat bugungi savol!

Qaysi shahar dunyoning velosport poytaxti deb ataladi?

Javoblarni izohlarga yozib qoldiring?

@Birinchi_savol | Qiziqarli savollar!
10.8K views06:01
Ochish/sharhlash
2022-03-30 19:56:52
Dunyodagi eng baland soch

Dunyodagi eng baland xo'roz soch turmagi Minnesotalik Jozef Grisamornga tegishli bo'lib uning balandligi 1.08 metr. Jozef Ginnesning rekordlar kitobiga eng uzun xo'roz soch turmagi sifatida 2021-yil avgust oyida kiritilgan.

Jozef rekord qo'yish uchun 2007-yildan beri harakat qilib kelgan, uning aytishicha soch parvarishi uchun ko'p vaqt ketmaydi, xo'roz qilish uchun u qadar ko'p soch spreyi ham ketmaydi. Soch turmagini esa qotiradigan sprey bilan ventilyator yordamida tayyorlaydi.

@engyokibirinchi | Instagram
11.3K views16:56
Ochish/sharhlash
2022-03-30 11:00:32
AQShlik qizaloq dunyodagi eng yosh opera xonandasi deb topildi.

Amerikalik Viktoriya Brinkur dunyodagi eng yosh opera xonandasi deb tan olindi. Bu haqida Ginness rekordlari kitobining rasmiy saytida maʼlum qilingan. Pensilvaniyada tugʻilgan qizcha 7 yoshu 314 kunligida Pittsburg teatrida “Olov va afsonalar” operasidan partiya ijro etib, tomoshabinlarni hayratda qoldirgan. Viktoriya ayni vaqtda 10 yoshda, yosh xonanda rekordchiga aylangani haqidagi sertifikatni bir necha kun avval qabul qilib olgan.

Yosh ijodkorning aytishicha, uning musiqaga boʻlgan qiziqishi bolalikdanoq shakllangan. “Mening tilim juda erta chiqqan, 2 yoshimda esa kuylashni boshlaganman”, deydi qizaloq.
Viktoriya opera kuylash sanʼati bilan 6 yoshligida tanishgan, opera xonandalariga xos uslublar uni oʻziga maftun qilib qoʻygan.
Yosh rekordchi kuylash va pianino chalishdan tashqari aktyorlik mahoratidan dars oladi. U kelgusida oʻz yoʻnalishi boʻyicha yana bir necha rekordlar oʻrnatishni reja qilyapti.

@engyokibirinchi | Instagram
10.0K views08:00
Ochish/sharhlash