Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-03-30 09:59:21
Instagram sahifamizga ham obuna bo'ling.

https://instagram.com/engbirinchi
Follow qilgan hammaga qaytib Follow tashlanadi

Do'stlar tezlashamiz. Instagramda ham ko'zatib boring

@Engyokibirinchi | Instagram
7.3K views06:59
Ochish/sharhlash
2022-03-30 08:59:01
Diqqat biroz tanaffusdan so'ng bugungi savol!

Qaysi davlatda saqich chaynash taqiqlanadi?

Javoblarni izohlarga yozib qoldiring?

@Birinchi_savol | Qiziqarli savollar!
7.3K views05:59
Ochish/sharhlash
2022-03-30 06:30:49
Dunyodagi eng birinchi trillioner kim bo'lishi mumkin.

Ilon Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin, Ilon Mask birinchi bo‘lib o‘rtacha yillik o‘sish tendensiyalari tahlili asosida 2024-yilga qadar 1 trillionlik marraga erishadi. Mask hozirda 200 mlrd dollarga yaqin boylik bilan dunyodagi eng badavlat odam bo‘lib turibdi.

Joriy yilning yanvar oyi o‘rtalariga kelib bu ko‘rsatkich 263 mlrd dollarni tashkil qilgan edi. Mask daromadining asosiy qismi Tesla va SpaceX loyihasiga to‘g‘ri keladi. 2017 yildan beri Maskning boyligi yillik o‘rtacha 129 foizga o‘sdi, bu uning trillion dollarlik marraga atigi ikki yil ichida yetishini va 2024-yilga kelib 52 yoshida 1,38 trln dollarlik sof boylikka erishishini ko‘rsatmoqda.

@engyokibirinchi | Instagram
8.2K views03:30
Ochish/sharhlash
2022-03-24 12:18:39
Eng birinchi Gif fayl

Internetda birinchi GIF fayl paydo bo'lganiga 35 yil bo'ldi. 1987 yil may oyining oxirida harakatlanayotgan samolyotning harakatsiz tasviri atrofda harakatlanuvchi bulutlar aks etirilgan birinchi harakatlanuvchi rasm yaratilgan. GIF tasvirlar formati muallifi esa Stiven Uilxayt hisoblanadi afsuske Stiven yaqindagina 74 yoshida koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi.

"Graphics Interchange Format” (GIF) tasvirlar formati Stiven Uilxayt tomonidan “Compuserve” kompaniyasi uchun ishlab chiqarilgan. Oradan yillar oʻtib mazkur format ijtimoiy tarmoqda hissiyotlarni ifodalashning asosiy usullaridan biriga aylangan. Xozirgi kunda ham gif o'z o'rnini yuqotgani yo'q. Stiven Uilxayt 2013-yilda internet tarmogʻini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun “Webby” mukofoti bilan taqdirlangan.

Ps: birinchi gif izohlarda, siz eng ko'p foydalanadigan gif qaysi?

@engyokibirinchi | Instagram
12.4K viewsedited  09:18
Ochish/sharhlash
2022-03-02 20:36:16
Eng birinchi atom bombasi qachon yaratilgan?

Atom bombasini ilk marta 1943-yillarda ikkinchi jahon urushida yengilayotgan nemis olimlari loyihalashtira boshlagan. Urushda SSSR va ittifoqchilar armiyasi Germaniya qo‘shinlarini ikki tomondan siqib kela boshlagach nemislar «dahshatli qurol» yaratish bo‘yicha olib borayotgan loyihasini oxiriga yetkaza olmaydi. Shundan so‘ng loyiha ma’lumotlarini AQSh razvedkasi o‘g‘irlab ketadi va ilk yadro qurollar Amerikada yaratiladi.

1945 yilda AQSh harbiy havo kuchlari urushda yengilayotgan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashlaydi va ilk sinovni shu tarzda o‘tkazadi. Portlash natijasida har ikki shaharda 100 minglab odam halok bo‘ladi, tirik qolganlar nogiron bo‘lib qoladi va uzoq yashamaydi. Shundan keyin dunyodagi asosiy raqobatchisidan ortda qolishni xohlamagan SSSR okean ortidagi ayg‘oqchilari yordamida AQShdan yadro quroli loyihasini qo‘lga kiritadi.

@engyokibirinchi | Instagram
2.7K views17:36
Ochish/sharhlash
2022-02-28 22:37:53
Bahorning ilk kuni muborak boʻlsin azizlar!

@Engyokibirinchi | #Bahor
6.1K views19:37
Ochish/sharhlash
2022-02-28 10:50:05
Dunyodagi eng qimmat ayollar oyoq kiyimi narxi qancha?

Dunyodagi eng qimmat ayollar oyoq kiyimining narxi 17 million dollar deb baholangan. Passion Diamond deb nomlanuvchi bu tufli oltindan yasalgan va olmos bilan bezatilgan. Passion Diamond 2018-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Jada Dubai brendi tomonidan Passion Jewelers bilan hamkorlikda yaratilgan.

Ushbu tuflining orqa tomoni yuzlab olmos bilan qoplangan va haqiqiy oltindan yasalgan. Eng qimmat poyabzalning ustki qismida ikkita 15 karatli olmos bor va poyabzaldagi barcha olmoslar juda kam uchraydigan olmosdir. Passion Diamond Dubayda dunyodagi yagona yetti yulduzli Burj Al Arab mehmonxonasida namoyish etilgan. Bu tuflining o'lchami 36. Agar siz ham buyurtma qilsangiz sizni o'lchamingizda ham tayyorlab berishar ekan.

@engyokibirinchi | Instagram
6.9K views07:50
Ochish/sharhlash
2022-02-27 19:50:52
Qishloqning bahori eng go'zal bahor!

@engyokibirinchi | #BAHOR
3.2K views16:50
Ochish/sharhlash
2022-02-24 11:54:31
Telegramda muammolar.

Ukrainaning o'qqa tutilishi fonida Telegram ishida nosozlik yuz berdi. Bu Kievda soat 10 larda sodir bo'ldi. Foydalanuvchilar serverga ulanishda xatolik yuz bergani va xabarlarni qabul qila olmasligidan shikoyat qilishgan.

Muammodan Ukraina, shuningdek, Rossiya va Belorussiya aholisi shikoyat qilishgan. Ayni paytda messenjer ishida hech qanday muammo yo‘q. Ushbu post o'zbek kanallarida tarqatildi Telegram muammolaridan o'zbekistonliklar shikoyat qilishdimi yo'qmi noma'lum?

@engyokibirinchi | #Telegram
5.6K views08:54
Ochish/sharhlash
2022-02-23 19:02:16
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi brauzerdan foydalanishadi?

Chrome brauzeri o‘zining qulayligi bilan bir necha yillardan beri eng mashhur brauzer bo‘lib kelmoqda va o‘z raqiblariga boshqa yo‘llar qoldirmasdan butun boshli bozorni egallashda davom etmoqda.
Statcounter ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar oyida dunyo bo‘ylab kompyuter va mobil brauzerlar bozor ulushining salkam 64 foizini Google'ning Chrome brauzeri egallab turibdi ekan.

Undan keyin esa faqat Apple qurilmalarida ishlaydigan Safari brauzeri butun boshli bozorning atigi 19 foizdan ortig‘ini band qilgan. Ulardan keyin esa uchinchi o‘rinda Mozilla'ning FireFox (4.29%) va to‘rtinchi o‘rinda Microsoft'ning Edge (4.23%) brauzerlari turibdi. Xo‘sh, O‘zbekistondachi? Mamlakatimizda 2022-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra eng ko‘p foydalaniladigan kompyuter va mobil brauzeri shubhasiz Chrome bo‘lib, u bozorning 73 foizini egallagan.

Siz qaysi brauzerdan foydalanasiz?

@engyokibirinchi | Manba
2.9K views16:02
Ochish/sharhlash