Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-05-20 17:12:34
Pulingiz va Vaqtingizni tejash vaqti keldi

Vaqtingiz va mablagʻingizni tejamoqchimisiz! oʻquv markazlari sizga uzoqlik qilyaptimi? biz sizga uydan chiqmasdan sifatli taʼlim olishingizga yordam beramiz.

AutoCad (loyihalash)
3D Max (dizayn)
1C Buxgalteriya
Lira sapr (new )
Revit arxitektura
Revit konstruksiya
Photoshop
Word va Excel
Web dasturlash
C++ dasturlash

video kurslarimiz orqali siz yuqori maoshli kasb egasiga aylanasiz.

Hoziroq kurslarga chegirmali narxlarda buyurtma bering

Murojaat uchun telefon:
+998931898272

Admin: @Maqsud_school

》》 Telegram kanal 《《
2.9K views14:12
Ochish/sharhlash
2022-05-20 17:11:45
“Mercedes-Benz 300 SLR” dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylandi.

1955-yilda ishlab chiqarilgan “Mercedes-Benz 300 SLR Ulenxaut” dunyodagi eng qimmat yengil avtomobilga aylandi. U Germaniyadagi kim oshdi savdosida rekord darajadagi 135 million yevroga ($142.9 million) sotildi. Xaridorning nomi oshkor etilmagan.

“Mercedes-Benz 300 SLR Ulenxaut” ikki nusxada ishlab chiqarilgan bo'lib ikkinchi prototip Mercedes-Benz egaligida qolmoqda. Avtomobil yaratuvchisi va bosh muhandisi Rudolf Ulenxaut nomi bilan Mercedes-Benz poyga departamenti tomonidan ishlab chiqarilgan.

@engyokibirinchi | Instagram
3.0K views14:11
Ochish/sharhlash
2022-05-13 20:21:49
Dunyodagi eng qimmat PlayStation

Rossiyaning zargarlik buyumlari ustasi Caviar dunyodagi eng qimmat PlayStation 5 konsolini yaratdi. Konsol timsoh terisi va 4,5 kilogramm toza oltindan foydalanib tayyorlangan. Narxi 499 000$ ga baholangan ushbu konsol dunyodagi eng qimmat mahsulot hisoblanadi.

 Caviar hozirda oltin rangli Samsung Galaxy S21 Ultra va oltin Apple AirPods Max minigarnituralari kabi bir qator oltin elektronika ustida ishlamoqda. Caviar companiyasi Gold Edition PlayStation 5 konsolini 9 nusxada ishlab chiqargan va bu buyumni o'zining o'ta boy mijozlari sotib olmoqda.

@engyokibirinchi | Instagram
2.1K views17:21
Ochish/sharhlash
2022-05-13 07:10:03
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi emojidan foydalanishadi?

Bugungi kunda 3663 ta emoji mavjud bo‘lib, o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, "yig‘lab kulayotgan yuz" emojisi dunyo bo‘ylab 75 mamlakatlarda eng ko‘p ishlatiladigan deb topilgan. 9 million geotvitlar yordamida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Eron, Ozarbayjon, Iroq, Turkiya, Yaman mamlakatlarida yashovchilar ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p "kulayotgan" emojisini ishlatishadi.

Shuningdek, Afg‘oniston, BAA, Oman, Iordaniya, Isroil, Suriya mamlakatlaridagilar esa qizil yurak, Turkmaniston va Tojikiston esa o‘z bayroqlari emojisidan eng ko‘p foydalanishsa, Qozog‘istonda pushti yurak, eng mashhur hisoblanadi. Saudiya Arabistonida esa biron kimga qizil yurak emojisini yuborish "bezorilik" hisoblanar va bu uchun jinoyatchi 100,000 Saudiya riyalida ($26,650) jarimaga tortilishi yoki ikki yillik qamoq jazosi berilishi mumkin ekan.

@engyokibirinchi | Instagram
1.2K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-05-11 06:47:29
Dunyodagi eng tez toshbaqa.

Berti laqabli toshbaqa dunyodagi eng tez harakatlanuvchi toshbaqa bo'lib, u sekundiga 28 santimetr tezlikka erisha oladi. Toshbaqaning normal tezligi esa taxminan 10 ga teng.

Berti qarindoshlari orasida eng tez harakatlanuvchisi bo'lib, 2014 yil iyul oyida u sekundiga 28 santimetr (soatiga taxminan 0,97 kilometr)gacha tezlashdi va 1977 yilda o'rnatilgan avvalgi rekordni yangiladi. Agar Berti yuz metrga yugursa, u masofani olti daqiqada bosib o‘tgan bo‘lardi.

@engyokibirinchi | Instagram
4.2K views03:47
Ochish/sharhlash
2022-05-10 10:31:03
Dunyodagi eng qimmat skripkalardan biri.

Bundan 300 yil avval italiyalik usta Antonio Stradivari tomonidan yasalgan va dunyodagi eng qimmat skripkalardan biri deb tan olingan musiqiy asbob kimoshdi savdosiga qoʻyildi. Ushbu skripka ovozini “Oz mamlakati sehrgari” filmi orqali tinglash mumkin. Auksion tashkilotchilari skripkaning 16-20 million AQSh dollariga sotilishini taxmin qilmoqdalar.

Stradivari skripkalari orasidagi bundan avvalgi rekord 2011-yilda qayd etilgan boʻlib, 15,9 million AQSh dollariga sotilgan. Maʼlumot uchun, Antonio Stradivari tomonidan yasalgan skripkalar oʻta qimmat narxga baholanib, musiqachilarning faxri hisoblanadi. U yasagan cholgʻu asboblarining 650 tasi bugungi kunga qadar saqlanib qolgan, ularning 450 tasi skripkadir.

@engyokibirinchi | Instagram
5.1K views07:31
Ochish/sharhlash
2022-05-08 23:41:10
​​9 may – Xotira va qadrlash kuni.

O‘zbekistonda rasman dam olish kuni sifatida nishonlanadigan bayramlar orasida yagona tabriklanmaydigan bayram, mana shu bo‘lsa kerak. Chunki bugun urushda halok bo‘lgan 500 ming ota-bobolarimizning yorqin xotirasini yod etib, bugun hayot bo‘lgan urush qatnashchilarini qadrlashimiz, tabriklasak ham balki faqat ularni tabriklashimiz kerakdir.

Urushni tarixning bir bo‘lagi sifatida ko‘proq o‘rganishimiz, uning dahshatini anglashimiz va har qanday shakldagi urushga qarshi chiqib, tinchlikni qadrlashimiz maqsadga muvofiq.
O‘tganlarning ruhlari shod, oxiratlari obod bo‘lsin.

@engyokibirinchi | #bugun
6.7K views20:41
Ochish/sharhlash
2022-05-08 18:05:19
Dunyoning eng dahshatli urushi

Eng dahshatli rekordlari ikkinchi jahon urushiga tegishli. Bu shuningdek eng qonlisi ham hisoblanadi - uning qurbonlarining umumiy soni 71 milliondan oshiqni tashkil etadi. Urushayotgan mamlakatlarning umumiy zarari oldingi barcha urushlardagi moddiy yo'qotishlardan oshib bir yarim, hatto ikki trillion dollarga teng deb hisoblanadi.

Bu urushda sayyoramizda mavjud bo'lgan 73 ta davlatdan 62 tasi yoki dunyo aholisining 80 foizi u yoki bu shaklda qatnashgan. Urush yerda, osmonda va dengizda bo'ldi - janglar uchta qit'ada va to'rtta okean suvlarida olib borildi. Bu hozirgacha yadro qurolidan foydalanilgan yagona urush hisoblanadi.

@engyokibirinchi | Instagram
5.7K views15:05
Ochish/sharhlash
2022-05-08 11:29:48
Eng uzoq yo'l yura oladigan elektromobil

Fisker kompaniyasi bo'lajak Ronin superkarining yangi modelini e'lon qildi. Kompaniya rahbari Henrik Fiskerning so'zlariga ko'ra, Fiskerning Ronin superkari dunyodagi eng uzoq masofali elektromobil bo'lishi kutilmoqda.

Avtomobil boshqa turdagilardan farq qiladi va ultra-texnologik materiallar yordamida ishlab chiqarilada. Avtomobilni bir marta zaryadlash orqali 1000 km dan oshiq masofani bosib o'tish rejalashtirilgan. Fisker Roninning premyerasi 2023-yil yoz oyilaridan bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Model Britaniyaning Fisker Magic Works texnik markazida ishlab chiqilmoqda.

@engyokibirinchi | Instagram
6.0K views08:29
Ochish/sharhlash
2022-05-07 19:12:33
Dunyoning eng chiroyli erkagi

Dunyoning eng chiroyli ayoli unvonidan tashqari eng chiroyli erkagi unvoniyam mavjud. Masalan, The Sun nashri talqiniga ko‘ra, 2020-yilda “Dunyodagi eng kelishgan odam” unvoni Robert Pattinsonga berilgan (aktyor “Summerki” fantastik melodramasida Edvard Kallen rolini ijro etgan).

Ammo, Efiopiyadagi qabiladagi eng koʼrkam yigit aslida qorni qancha katta boʼlsa shuncha koʼrkam hisoblanarkan. Qorinni katta qilish uchun sigirning qoni va sutini aralshtirib ichishadi va iloji boricha kamroq xarakatda bo'lishadi.

Ps: eng chiroyli tanishlarga yuboramiz!

@engyokibirinchi | Instagram
7.0K views16:12
Ochish/sharhlash