Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-02-13 19:25:59
Dunyodagi eng katta favvora

The Palm Fountain favvorasi Dubayning Palma Jumayra orolidagi qirg‘oq hududida joylashgan. Birlashgan Arab Amirliklaridagi bu diqqatga sazovor joy 1,3 ming kvadrat metr maydonni egallab, Ginnesning rekordlar kitobiga tarixdagi eng katta favvora sifatida kiritilgan. Uning ochilish marosimi butun dunyo bo‘ylab jonli efirda namoyish etilgan edi. Favvora suvi 105 metr balandlikka qadar ko‘tariladi, inshoot 128ta kuchli nasos bilan jihozlangan. 

«Bu favvora Dubayning me'moriy yutuqlaridagi yana bir muhim voqea bo‘ldi», - deya ta'kidlab o‘tdi Ginnesning rekordlar kitobi vakillari ochilish marosimida. 3000dan ziyod LED-chiroqlar bilan jihozlangan Dubaydagi yagona rangli favvora butun yil davomida tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi. Bu yerda har yarim soatda, soat 19:00dan yarim tungacha 3 daqiqa davom etadigan shoular namoyish etiladi. 

@engyokibirinchi | #Rekord
3.2K views16:25
Ochish/sharhlash
2022-02-13 17:34:35 Ahli Islom uchun oz bo'lsada foydamiz tegish umidi bilan ushbu bot tayyorlandi.

Qo'shimcha qulaylik va yangiliklar qo'shib boriladi.

Yordamingiz tegishini xohlasangiz do'stlaringizga ulashing:

@RamazonimBot
4.2K views14:34
Ochish/sharhlash
2022-02-13 08:02:59
Dunyodagi eng qimmat muzqaymoq.

Dunyodagi eng qimmat muzqaymoq Dubai shahridagi restoranlarning birida sotiladi. Scoopi Cafe restoranidagi bu eng qimmat muzqaymoq tarkibiga qoshiladigan mahsulotlar Italiya va Eron davlatlaridan keltiriladi.

Muzqaymoqning idishi 24 karatli oltindan yasalgan bo'lib u "Black Diamond" (qora olmos) deb ataladi. Muzqaymoq narxi $817 dollor ( 8 mln 823 ming so’mni) tashkil etadi. The Indian Express axborot tashkilotiga iqtibos keltirgan CNBC hisobotiga ko‘ra, “Qora olmos” muzqaymog‘i kafe tomonidan 2015-yilda sotuvga chiqarilgan.

@engyokibirinchi | #Narx
5.8K views05:02
Ochish/sharhlash
2022-02-12 19:33:55
O‘layotgan odamlarning eng ko‘p aytilgan beshta armoni.

Avstraliyalik hamshira Bronniye Varne so‘nggi besh yil davomida shifoxonada ishlab o‘layotgan bemorlarning armonlarini yozib boribdi. U yaqinda bir konferensiyada o‘layotgan odamlarning eng ko‘p aytilgan beshta armonini haqida gapiribdi.

1. Men yillar davomida boshqalar mendan kutgan hayotni emas, balki o‘zim yaxshi ko‘rgan hayotni yashashni istar edim. Men esa odamlar mendan kutgan hayotni yashadim, o‘zim bo‘la olmadim.
2. Bunchalik qattiq ishga berilmasam bo‘lar ekan, deyarli har bir ayol ishga berilib farzandlarining bolaligi va yoshligini o‘tkazib yuborganidan armonda. 3. O‘z his-tuyg‘ularimni ochiq ayta olishga jasoratim bo‘lganda edi. 4. Do‘stlarim, yaqinlarim bilan ko‘proq vaqtimni o‘tkazishim kerak edi. 5. Baxtli bo‘lish mening tanlovim edi, o‘zimni yanada baxtiyor his qilishim, baxtli yashashim uchun barchasi bor edi, lekin men boshqacha yo‘lni tanladim.

P.S.: Armonsiz yashang!

@engyokibirinchi | #Manba
3.5K views16:33
Ochish/sharhlash
2022-02-12 19:00:05
Qaysi stakanda suv ko'proq? (faqat 2% odamlar bu muammoni to'g'ri hal qilishlari mumkin)

Ushbu test yordamida siz o'zingizning aql-idrokingiz darajasini aniqlay olasiz.
3.5K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-02-12 18:08:56
#Diqqat Rossiya Ukrainaga bostirib kiradimi?
Anonymous Poll
44%
Ha
36%
Yo'q
21%
Javob berishga ikkilanaman.
2.3K voters4.3K views15:08
Ochish/sharhlash
2022-02-10 19:05:50
Assalomu alaykum QANCHA PUL?

Botga do'stlaringizni TAKLIF QILING va PUL ISHLAB OLING.
4.5K views16:05
Ochish/sharhlash
2022-02-07 21:00:32
Telegram messenjeridagi ommabop va hammabop kanal!

– Nima qilsa Sifatsiz suratlaringizni Sifatli qilsa bo’ladi ?
– Nima qilsa chekishni tashlasa
bo'ladi?
– Nima qilsa atirning sifatli ekanligini aniqlash mumkin?
– Nima qilsa tuxumning sifatli ekanligini bilsa boʻladi?

@Nimaqilsa — degan qiziqarli savollarga javob beruvchi foydali kanal!

Biz bilan eng sara ma'lumotlarni o'qib, bilimingizni oshirishingiz yoki shunchaki vaqtingizni unumli o'tkazishingiz mumkin.

P.s. Xullas bizning kanalga obuna bo'lib "ВООБЩЕ" o'zingizni yo'qotmang!

@Nimaqilsa - kanaliga obuna bo'ling!
2.4K views18:00
Ochish/sharhlash
2022-02-07 20:12:28
Eng ko'p obunachiga ega instagram foydalanuvchilari.

Krishtianu Ronaldu o‘zining 37 yoshini nishonlaganidan bir kun o‘tib Instagramdagi obunachilari 400 milliondan o‘tgan yer yuzidagi ilk shaxsga aylandi. Instagramda 308 milliondan ortiq obunachisi bo‘lgan Amerikalik model Kayli Jenner reytingda ikkinchi, Lionel Messi esa 306 million bilan - uchinchi o‘rinda.

O‘zbekistonda esa Instagram tarmog‘ida eng ko‘p obunachisi bo‘lgan shaxs - prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarovdir. Uning sahifasini 14,6 million odam kuzatib boradi. Otabek Umarovning o‘zi esa bor-yo‘g‘i 7 nafar Instagram foydalanuvchisini kuzatadi. Ikkinchi o‘rinda – pop yulduzi Munisa Rizayeva – 5,3 million, uchinchi o‘rinda borayotgan yana bir xonanda – Shahzoda 5,1 million followerga ega.

@engyokibirinchi | Instagram
3.5K views17:12
Ochish/sharhlash
2022-02-06 20:33:11
Fazoni zabt etgan eng birinchi inson qancha mukofot olgan?

1961 yil 12 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 09:07 da Yuriy Gagarin o‘tirgan «Vostok» kosmik kemasining uchishiga start beriladi. 108 daqiqalik parvozda Yer sharini bir bor aylanib chiqqanidan so‘ng, maxsus katapultadan foydalanib yerga tushadi. Gagaringa 15 000 rubl, «Volga» avtomobili, Moskvadan yaxshi jihozlangan 4 xonali kvartira sovg‘a sifatida beriladi.

Gagarin SSSR va uning tarkibidagi ittifoqdosh respublikalar, ko‘plab xorijiy mamlakatlarning turli orden va medallari bilan taqdirlanadi hamda ularning faxriy fuqarosi bo‘ladi. Dunyoning turli davlatlarida Gagarin sharafiga uning nomi qo‘yilgan shahar va qishloqlar, ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar bor. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham.

@engyokibirinchi | YouTube
3.0K views17:33
Ochish/sharhlash