Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-02 17:41:28
Hindistonda dunyodagi eng mashhur o'yin, PUBG oʻynash rasman taqiqlandi

Hindistonda “PUBG Mobile Lite” oʻyinining analogi rasman taqiqlandi. Olamshumul mashhurlikka erishgan oʻyinning hindcha versiyasi “Battlegrounds Mobile India” deb nomlanadi, oʻyinning asosiy versiyasi esa mamlakat hududida 2020 yildayoq taqiqlangan edi.

Endilikda uning analogi ham Google Play va App Storeʼdan oʻchirib yuborilgan. “Battlegrounds Mobile India” oʻyining taqiqlanishiga hindistonlik geymerlarning Xitoy serverlaridan foydalanishlari sabab boʻlgan deya taxmin qilinmoqda. Bu esa foydalanuvchilarning xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.

@engyokibirinchi | Instagram
6.5K views14:41
Ochish/sharhlash
2022-08-01 09:07:27
Dunyodagi eng mashhur brend.

2022-yilning ikkinchi choragi uchun dunyodagi eng mashhur moda brendlari ro‘yxati e’lon qilindi. Reyting moda industriyasidagi iste’molchilar xatti-harakatlarini tahlil qilishga ixtisoslashgan “Lyst” platformasi tomonidan tuzildi. “Gucci” 20 ta moda brendi orasida yetakchi deb topilgan.

Ma’lum bo'lishicha, “Adidas” bilan hamkorlik brendga mashhurlik olib kelgan. Ispaniyaning “Balenciaga” brendi reytingdagi ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rin esa “Prada”ga nasib etdi. Ularning ortidan “Valentino” va “Louis Vuitton” brendlari kuchli beshlikka yakun yasadi.

@engyokibirinchi | Instagram
6.0K views06:07
Ochish/sharhlash
2022-07-31 15:00:18
Barcha davrlarning eng boy uch sportchisi.

1-o'rin. Maykl Jordan (basketbol). Afsonaviy basketbolchi Maykl Jordanning umumiy boyligi 1.85 milliard dollarni tashkil qiladi. Sportchi 2003-yilda faoliyatini yakunlagan.

2-o'rin. Tayger Vuds (golf). Yana bir amerikalik sportchi 1.7 mlrd dollar daromadi bilan ikkinchi o’rinni egallagan. Vuds golfdan tashqari bir nechta filmlarda ham suratga tushgan.

3-o'rin. Arnold Palmer (golf). Amerikalik professional golf ustasi 1929-yilda tug’ilgan. Uning boyligi 1.4 mlrd dollarni tashkil qiladi.

@engyokibirinchi | Instagram
5.9K viewsedited  12:00
Ochish/sharhlash
2022-07-31 13:20:14
Dunyodagi eng katta pushtirang olmos

Angolaning shimoli-sharqida noyob 170 karatli pushti Lulo Rose olmosi topildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tosh so‘nggi 300 yil ichida dunyoda qazib olingan eng yirik pushti olmos hisoblanadi. Angolada topilgan eng katta olmosning og‘irligi 404 karat hisoblanadi.

Ushbu olmos 2016-yilda Lulo konida qazib olingan va mamlakat Mustaqillik kuni munosabati bilan “4-fevral” deb nomlangan. Ma’lumot uchun, dunyodagi eng katta olmos 1905-yilda Janubiy Afrika Respublikasida qazib olingan. Uning og’irligi 3106 karatni tashkil qiladi.

@engyokibirinchi | Instagram
5.6K views10:20
Ochish/sharhlash
2022-07-31 08:46:45
Organizmga zararli bo'lgan Coca-cola'ning eng foydali jihatlari

— Agarda sizni badaningizni biron yerini ari chaqib olsa siz oʻsha yeriga «Coca-Cola» ni quyib ozgina kutib tursangiz cola ari zaharini teringizdan qaynatib chiqarib tashlar ekan.

— Agarda sizning koʻnglingiz aynisa buni toʻxtatish uchun «Coca-Cola» ni gazini chiqarib tashlab ichsangiz 5 daqiqada oʻzingizni yaxshi xis qilasiz.

— Agar sochingizga saqich yopishib qolsa uni olishga qiynalsangiz sochingizni oʻsha joyini ikki uch daqiqa «Coca-Cola» quyilgan idishga solib qoʻying, keyin esa osongina saqichni olasiz.

Ps: siz ushbu ichimlikdan yana qanday maqsadlarda foydalangansiz?

@engyokibirinchi | Instagram
6.2K views05:46
Ochish/sharhlash
2022-07-30 20:13:32
Dunyodagi eng ko‘rkam erkak.

Xitoylik aktyor dunyodagi eng ko‘rkam erkak deb topildi. U kelishgan erkaklar reytingida Tom Holland, Jastin Biber va Ronalduni ham ortda qoldirgan. Xitoylik aktyor va qo‘shiqchi Syao Chjan Nubia onlayn-jurnalining o‘tkazgan so‘rovnomasi asosida dunyoning barcha mashhur erkaklari ro'yxati orasidan g'olib deb topildi.

So'rov olti oy davom etdi. Bu vaqt ichida unda 11 milliondan ortiq kishi qatnashdi. Aktyor 2,2 milliondan ortiq ovoz to‘plagan.
Ikkinchi o‘rin janubiy koreyalik musiqachi Kim Tae Xyonga nasib etdi. Xitoylik aktyor va teleboshlovchi Van Yibo eng ko‘rkam erkaklar uchligini yakunladi.

@engyokibirinchi | Instagram
5.4K views17:13
Ochish/sharhlash
2022-07-30 11:54:28
Hiqichoqdan qutulishning eng yaxshi usullari.

1. Nafasni ushlab turing.
Bu shifokorlar tomonidan tavsiya qilinadigan eng samarali usul hisoblanadi.
2. Qand iste’mol qiling. Uni xohishga ko’ra asal bilan almashtirsangiz ham bo’ladi.
3. Sizni qitiqlashlarini so’rang. Ushbu usul qitiqlashdan qo’rqadiganlar uchun qo’l keladi.
4. O’mrov va ko’krak suyaklari birlashgan nuqtani bosib turing. Bu ham hiqichoqdan xalos bo’lishga yordam beradi.
5. Yaqinlaringizdan sizni qo’rqitishlarini iltimos qiling. Bu ham sinalgan va samarali usul sanaladi.

Ps: Hiqichoqdan siz qanday qutilasiz?

@engyokibirinchi | Instagram
5.7K views08:54
Ochish/sharhlash
2022-07-30 07:28:52
Dunyoning eng saxiy davlati.

Britaniyaning “Development Initiatives” tashkiloti 2021-yilda dunyodagi eng “saxovatli davlatlar” global reytingi tuzib chiqishdi. Reytingda yalpi ichki mahsulotga nisbatan eng ko‘p gumanitar yordam ko‘rsatgan davlatlar keltirilgan. Reytingda o‘tgan yili 9,768 mlrd dollarga teng insonparvarlik yordami ko‘rsatgan AQSH yetakchilik qilmoqda.

Turkiyaning gumanitar operatsiyalar uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 5,587 mlrd dollarni tashkil qilib, reytingda ikkinchi o'rinda. Uchinchi o‘rinda Germaniya. Mamlakat 2021-yilda 3,166 mlrd gumanitar yordam ko‘rsatgan. 2021-yilda Yaman, Suriya, Falastin, Afg‘oniston, Efiopiya va Janubiy Sudan eng ko‘p gumanitar yordam olgan.

@engyokibirinchi | Instagram
5.4K views04:28
Ochish/sharhlash
2022-06-05 17:52:49
Eng yosh buvi.

Rifka Stanesku dunyodagi eng yoshi buvi hisoblanadi. Ruminiyalik lo'li xotin Rifka hozirda 26 yoshda. Rifkaning birinchi farzandi 12 yoshida tug'iladi unga Mariya deb ism qo'yadi. Rifka Lo'lilarning an'analariga ko'ra, u boshqa oilaning bolasiga va'da qilingan edi. Lekin u boshqa yigitga turmushga chiqmaslik uchun sevgan yigiti bilan bir kecha o‘tkazadi.

Mana endi uning qizi Mariya ham onasining izidan bordi. 3 yil avval 11 yoshli qizi Mariya o'g'il farzand ko'rdi. Shunday qilib Ruminiyalik lo'li xotin 23 yoshida dunyodagi eng yosh buviga aylandi. "Men buvi bo'lganimdan baxtiyorman, lekin men Mariyaga boshqa narsani tilagandim", dedi Rifca. Mariya o'n yoshida turmushga chiqish uchun ketgan va olti oydan keyin o'g'li Jonni dunyoga keltirgan. 

@Engyokibirinchi | Instagram
2.7K views14:52
Ochish/sharhlash
2022-06-05 16:07:14
Dunyodagi eng badavlat tilanchi.

Kurt Degerman dunyodagi eng badavlat tilanchi hisoblanadi. Qariyb qirq yil davomida u ko‘k kurtka va yirtiq shim kiyib velosipedda mahallarni aylanib, shisha va alyuminiy qutilarni sumkasiga to‘ldirib, velosipedining ruliga bog‘lab, eng yaqin do‘kon yoki qayta ishlash zavodiga olib borardi. Uysiz millioner bir tiyinsiz kun kechirardi va u hech qachon pul sarflamagan.

Kurt har kuni bo'sh vaqtini shahar kutubxonasida o'tkazardi, chunki u gazeta sotib olishga qurbi yetmasdi. Shishalarni topshirib, tilanchilik qilib topgan pulini esa eng yaxshi shved kompaniyalari aksiyalariga sarmoya kiritgan edi. Vaqt oʻtib uning boyligi 1 million dollardan oshib ketdi. Kurt 60 yoshida vafot etdi va amakivachchasiga bor boyligini vasiyat qilib qoldirdi.

@engyokibirinchi | Instagram
3.1K views13:07
Ochish/sharhlash