Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-02-23 16:11:01
Quyoshda insoniyat tarixidagi eng kuchli chaqnash hodisasi qayd etildi.

“Solar Orbiter” kosmik stansiyasi insoniyat tarixidagi eng kuchli chaqnash hodisasini qayd etdi. Stansiya ushbu tarixiy voqeani suratga muhrlagan. Yevropa kosmik agentligining maʼlum qilishicha, hodisa 15-fevral kuni sodir boʻlgan, Quyosh zarralari ochiq kosmosning millionlab kilometrlik hududlariga tarqalgan.

Xayriyatki, Quyoshning koronal massasi Yer tomonga yoʻnalmagan, aks holda Yer sayyorasidagi energetika tizimlarining faoliyatida buzilishlar koʻzga tashlangan boʻlar edi. Chaqnash Quyoshning Yerga teskari tomonida sodir boʻlgan, bu esa oʻz navbatida Quyosh massasining qarama-qarshi tomonga qarab tarqalishiga olib kelgan.

@engyokibirinchi | #koinot
4.0K views13:11
Ochish/sharhlash
2022-02-23 09:40:58
Hech qachon noumid bo'lmang…

Shau Ling Li AQSH vizasini qo'lga kiritish uchun shu darajada ko'p uringan-ki, u hatto elchixona vakillari uchun eng taniqli insonga aylangan. Ammo uning talabi rad etilgan. Shunda ham taslim bo'lmadi… Muhojir sifatida Kanadaga ketishga kirishdi. 15 marta urinishiga qaramay, bu istagi ham amalga oshmadi. Xitoy dengiz kuchlari safida xizmat qilmoqchi bo'ldi, ammo uni qabul qilishmadi.

Elektronika sohasini tushungani bois katta bir shirkatga hujjat topshirdi. 124 kishidan 122 tasi qabul qilindi. U rad etilgan ikki kishining biri edi. Muvaffaqiyatsizlik ketidan muvaffaqiyatsizlik kelishiga qaramay u taslim bo'lmadi. Kurashishda davom etdi. Ammo hech qanday mablag'i yo'q edi uni. Kurashishda davom etdi va maqsad sari olg'alab, ayolining taqinchoqlarini sotdi va bir yaqin do'stidan qarz olib ishini boshladi. Uzoq yillik urinishlar va mehnat natijasida shirkati inqirozga yuz tutdi. Hozirda u qamoqda.

@engyokibirinchi | #Motivatsiya
7.2K views06:40
Ochish/sharhlash
2022-02-22 11:40:12
22.02.2022 takrorlanmas kun.

Bugun juda koʻp kanallarda ushbu mazmundagi postlar tarqaldi. Yaʼni bugun takrorlanmas sana (зеркальный sana) ekan. "Зеркалный" sana takrorlanmaydi deydiganlar bizningcha, fikr qilishmaydi!

Kelajakda keladigan 25.02.2052 yoki 15.02.2051 sanalarini ham teskari qilib yozilsa bir xil natija chiqadi. Demak bugun shunchaki "зеркальный" sanalardan biri desak toʻgʻri boʻladi. Aslida har bir kunimiz takrorlanmas. Har bir oʻtkazayotgan daqiqamiz, soniyamiz, takrorlanmas. Alloh tomonidan berilgan neʼmat — vaqtimizni qadriga yetaylik

@engyokibirinchi | #Nimaga
4.7K views08:40
Ochish/sharhlash
2022-02-21 16:10:13
“Space X” kompaniyasi kosmik sayyohlarni ilk bor ochiq kosmosga chiqaradi.

Milliarder Jared Ayzekman Ilon Maskka tegishli boʻlgan “Space X” kompaniyasi bilan birgalikda tijoriy kosmik dasturni amalga oshirishi haqida maʼlum qildi. Ushbu dastur uchta missiya oʻz ichiga oladi. “Polaris Dawn” deb nom olgan birinchi missiyada “Falcon 9” raketa tashuvchisi Yer orbitasiga bortida professionallardan iborat ekipaj boʻlgan “Crew Dragon” kemasini olib chiqadi.

Kosmonavtlar Yer orbitasida 5 kun vaqt oʻtkazadilar va ochiq kosmosga chiqishadi. “Polaris Dawn” missiyasi 2022 yil oxirlariga rejalashtirilgan, aniq sana hozircha maʼlum emas. Ikkinchi missiya parvozi ham “Crew Dragon” va “Falcon 9” yordamida amalga oshiriladi, uchinchi missiya ishtirokchilari esa kosmosga “Starship” raketasida koʻtariladilar.

@engyokibirinchi | #Koinot
5.8K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-02-20 18:03:27
Eng g'ayrioddiy rasmiy ravishda nishonlanadigan kun.

Har yili 20-fevralda, bayramlarning eng g'ayrioddiysi rasmiy ravishda nishonlanadi - Xalqaro alkogolizmni yenggan odamlar kuni yoki oddiy qilib aytganda, alkogolizm kuni .

Ushbu bayram spirtli ichimliklarni sevuvchilarni yana bir bor stakanni ko'tarishga chaqirmaydi. Aksincha, bu qaramlikni yengib o'tgan odamlar, o'z tajribalarini ichishni to'xtatishga ishonchlari komil bo'lganlar bilan o'rtoqlashadilar.

@engyokibirinchi | #bugun
3.5K views15:03
Ochish/sharhlash
2022-02-20 12:22:22
Pekin-2022 Olimpiada o‘yinlari yakunlandi.

Xitoyning Pekin shahri mezbonlik qilgan 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. 4-fevral kuni start olgan Olimpiadaning so‘nggi musobaqalari 20-fevral kuni o‘tkazildi va barcha sovrindorlar ma’lum bo‘ldi. Medallar reytingi bo‘yicha Norvegiya delegatsiyasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Norvegiyaliklar Pekin o‘yinlarida 16 ta oltin, 8 ta kumush va 13 ta bronzaga ega chiqdi. Germaniya ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, mezbonlar kuchli uchlikdan o‘rin oldi. AQSh kuchli uchlikka kira olmadi. O‘zbekiston nomidan qatnashgan yagona sportchi, tog‘ chang‘isi bo‘yicha bahslarini muddatidan avval yakunlagandi. Pekin Olimpiadasining yopilish marosimi bugun kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.

@engyokibirinchi | #Sport
5.0K views09:22
Ochish/sharhlash
2022-02-20 11:18:56
Tayson nasha biznesini boshladi.

Amerikalik bokschi Mayk Tayson Michiganda o‘zi ochgan zavodda ishlab chikarilayotgan «Tayson 2.0» marixuana brendi sotuvini boshladi. Ma’lum qilinishicha, «Temir Mayk» 28,3 grammlik «Tayson 2.0» o‘ramlarini 89,95 dollardan sotuvga chiqargan.

Ta’kidlanishicha, ushbu ishdan maqsad hissiy va jismoniy orom olishni qidirayotgan insonlarga yordam berish. Ma’lumotlarga qaraganda, Taysonga mazkur biznes oyiga bir million dollarga yaqin foyda keltirmoqda. «Bu o‘simlik meni yaxshi tomonga o‘zgartirdi va endi mening vazifam - bu sovg‘ani Michiganliklarga tarqatishdir», — deydi 55 yoshli Tayson.

@engyokibirinchi | #BuQiziq
6.5K views08:18
Ochish/sharhlash
2022-02-19 11:10:12
“Astra Space” raketasining ilk parvozi muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Amerikaning “Astra Space” startapiga tegishli boʻlgan raketaning birinchi tijoriy parvozi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Raketa tashuvchi texnik nosozliklar tufayli yoʻldoshlarni belgilangan manzilgacha yetkaza olmagan. “Biz bugungi parvoz jarayonida nosozliklarga duch keldik, buning natijasida foydali yuk orbitaga olib chiqilmadi”, deb yozdi “Astra Space” vakillari.

Parvozning 3,5 daqiqasida raketa tashuvchining birinchi bosqichi avtomatik rejimda ajralgan. Ikkinchi bosqich dvigateli ishga tushgan boʻlsa-da nazorat qilib boʻlmaydigan aylanish harakati yuzaga kelgan, oradan bir necha soniya vaqt oʻtib raketa tashuvchi bilan aloqa uzilib qolgan. Raketaning muvaffaqiyatsiz parvozidan keyin “Astra” kompaniyasining aksiyalari narxi keskin tushib ketdi, ular oʻz qiymatining uchdan bir qismini yoʻqotgan.

@engyokibirinchi | #koinot
4.1K views08:10
Ochish/sharhlash
2022-02-18 17:13:17
Dunyodagi eng keksa jonivor.

Jonatan laqabli toshbaqa Yer yuzida hayot kechirayotgan eng keksa jonivor deb tan olindi. U 2022-yilda 190 yoshni qarshilaydi. Toshbaqaning ogʻirligi 440 kilogrammga teng. U Avliyo Yelena orolida hayot kechiradi. Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, Jonatan 1832-yilda dunyoga kelgan.

Uning Avliyo Yelena oroliga 1882-yilda olib kelingani haqidagi qaydlar bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Odatda Jonatanning turdoshlari oʻrtacha 50 yil hayot kechirishadi. Toshbaqa oʻzi yashaydigan orolda 31 ta gubernator almashganini koʻrgan, bu vaqt davomida AQSh da 40 ta prezident almashgan.
Jonatan bugungi kunda veterinarlarning doimiy nazorati ostida hayot kechirmoqda.

@engyokibirinchi | #Hayvonot
3.8K views14:13
Ochish/sharhlash
2022-02-18 15:58:06
Siz bu yerda uziz uchun kerakli mahsulotlarni bemalol harid qilishiz mumkun.

Mahsulotlatni sifatiga kafolat bor.

Kotta skidkalar!

Mahsulotni qo'lga olgach, to'lov qilasiz.

Yetkazib berish bepul!

Buyurutma berish uchun

https://t.me/Enternet_magazen_online_xarid
https://t.me/Enternet_magazen_online_xarid
https://t.me/Enternet_magazen_online_xarid
3.9K views12:58
Ochish/sharhlash