Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-04-26 10:44:19
Twitter $44 milliardga dunyoning eng boy odamiga sotildi.

25 aprel kuni Twitter direktorlar kengashi kompaniyani $44 milliardga Ilon Maskka sotishga rozi bo‘lishdi. Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari ijtimoiy tarmoqni o‘zi taklif qilgan narxda, har bir aksiyasini 54.20 dollardan sotib oladi. Endi Twitter kompaniyasi xususiylashtiriladi va birjada kompaniya aksiyalari savdosi to‘xtatiladi.

Ilon Mask o‘zining hazillari va biznes yangiliklarini ulashib boradigan 80 milliondan ortiq obunachiga ega sahifasida eng ashaddiy tanqidchilarini ham ijtimoy tarmoqda qolishini, chunki so‘z erkinligi mana shu ekanligini aytgan. Maskning ijtimoiy tarmoqni to‘laligicha sotib olmoqchiligi 14 aprel kuni ma’lum bo‘lgan edi.

@engyokibirinchi | Instagram
3.8K views07:44
Ochish/sharhlash
2022-04-25 17:31:59
Immunitetni ko'tarishning eng yaxshi tabiiy usullari.

Tonggi soat 11:00 va kechki 17:00 da toza havoga sayrga chiqing. Aynan mana shu vaqtda quyosh nurlari tana uchun oʻta foydali boʻladi. Tongni kontrast dush qabul qilishdan boshlang. Moddalar almashinuvini yaxshilash uchun koʻproq suyuqlik iching.

Shirinliklar, yogʻli va qovurilgan taomlar, xamirli yeguliklar isteʼmolini kamaytiring. Gimnastika yoki fitnes bilan shugʻullaning, koʻproq piyoda yurishga harakat qiling. Har kuni yetarlicha uhlab dam oling. Tabiiy meva hamda sabzavotlardan koʻproq isteʼmol qiling. Zararli odatlardan (spirtli ichimliklar ichish, tamaki chekish) voz keching.

@engyokibirinchi | Instagram
2.7K views14:31
Ochish/sharhlash
2022-04-25 09:29:14
Firibgarlik haqida ishlangan eng yaxshi film.

Koreyalik rejissyor Xon Jung Po suratga olgan 2020 yilda eng yaxshi film sifatida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan, ushbu nominasiyada g‘olib bo‘lgan ingliz tilida bo‘lmagan birinchi film sifatida tarixda qolgan "Parazitlar" filmi firibgarlik haqida ishlangan eng yaxshi filmlardan bir hisoblanadi.

Film bir nechta komediya, drama va triller janrlarni birlashtiradi Unda Kim oilasi haqida hikoya qilinadi, sinfiy tengsizlik muammolari ko‘tariladi. Aloqa va internetsiz yerto‘lada tom ma’noda omon qolgan kambag‘al oila o‘z hayotlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar bu filmni hali ham ko'rmagan bo'lsangiz qisqa sharxini havola orqali ko'rishingiz mumkin.

Ps: Siz uchun firibgarlik haqida ishlangan eng yaxshi film qaysi?

@engyokibirinchi | Instagram
3.9K views06:29
Ochish/sharhlash
2022-04-25 08:04:30
"O'zingizga ravo ko'rgan narsani, o'zgaga ham ulashing".

Saidaxror Saydullayev shaxsiy blogi. Sara kontentlar yanada saralangan holatda, taqdim etiladigan Saidaxror Saydullayevning shaxsiy blogiga hoziroq obuna bo'ling. Bu blogda hayot davomida aql va yurak anglab yetgan haqiqatlar joylab boriladi.

@Saidaxror_Saydullayev | Obuna bo'ling
4.1K views05:04
Ochish/sharhlash
2022-04-18 11:03:32
Salomatlik uchun eng foydali usul.

Har doim ham kuchli va qatʼiyatli boʻlishga majbur emassiz! Vaqti-vaqti bilan koʻngilni boʻshatib, yigʻlab olishning foydasi juda koʻp. Yigʻi stressga qarshi kurashda yordam beradi. Yengillik hissini paydo qiladi. Bosh ogʻrigʻidan xalos etadi. Organizmda endorfin gormoni ishlab chiqariladi va kayfiyat yaxshilanadi.

Bundan tashqari qon bosimi meʼyoriy holatga keladi. Yigʻlaganda ko'zlar namlanishi hisobiga koʻrish qobiliyati yaxshilanadi. Olimlarning aytishlaricha, ayollar uchun bir oyda oʻrtacha 5,3 marta, erkaklar uchun esa 1,3 marta yigʻi bilan koʻngilni boʻshatib olish meʼyoriy holat hisoblanadi.

@engyokibirinchi | Instagram
5.0K views08:03
Ochish/sharhlash
2022-04-16 07:20:08
Dunyodagi eng keksa gorilla 65 yoshga kirdi.

Berlin hayvonot bogʻida yashovchi dunyodagi eng keksa gorilla – Fatu 65 yoshga kirdi. Rekordchining tugʻilgan kuni munosabati bilan hayvonot bogʻiga koʻplab mehmonlar va jurnalistlar tashrif buyurishgan. Hayvonot bogʻi xodimlari gorillaga tugʻilgan kun sovgʻasi sifatida tort taqdim etganlar.

Tortning ustki qismi reza mevalar bilan bezatilgan. Fatu Gʻarbiy Afrikada tugʻilgan. Keyinchalik dengizchilar tomonidan Fransiyaga olib kelingan. Jonivor Berlin hayvonot bogʻiga ikki yoshligida keltirilgan va umrining 63 yilini mana shu yerda oʻtkazgan. Maʼlumot uchun, gorillalar tutqunlikda oʻrtacha 40 yildan 50 yilga umr koʻrishadi

@engyokibirinchi | Instagram
6.7K views04:20
Ochish/sharhlash
2022-04-12 09:00:43
Diqqat bugungi savol!

Nega qaroqchilarni bir ko'zi bog'langan bo'ladi?


Javoblarni izohlarga yozib qoldiring?

@Birinchi_savol | Qiziqarli savollar!
9.1K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-04-11 09:01:09
Diqqat bugungi savol!

Qadimgi Yunonistonda bozor maydonlari nima deb atalgan?


Javoblarni izohlarga yozib qoldiring. To'g'ri javob va g'olib 22:00da "Birinchi savol" kanalida e'lon qilinadi!

@Birinchi_savol | Qiziqarli savollar!
9.8K views06:01
Ochish/sharhlash
2022-04-10 17:35:51
Eng katta qorli labirint

Kanadalik makkajo'xori qayta ishlovchi kompaniya dunyodagi eng katta qor labirintini yaratdi. Unga olti hafta kerak bo'ldi, 150 yuk mashina qor hamda 12 kishi mehnati natijasida dunyodagi eng katta qor labirinti Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Loyiha asoschisi Klint Massega bu yangilik emas edi, bundan oldin ham u o'z uyidan makkajo'xorilardan 21 yil davomida labirint yasagan.

Loyiha muallifi shunday eslaydi. "Men o'zimni biroz aqldan ozgan deb o'yladim. Men xotinim Anjiga: "57 ming dollarga qordan biror narsa yasasam bo'ladimi?" deb so'raganimda ha deyishim uchun men ham aqldan ozgan bo'lishim kerak, deb javob bergandi." Haqiqatdan ham eng katta labirintni tayyorlash uchun 57 000 dollar sarflandi, labirint Thunder Bay shahridagi Fort-Uilyam tarixiy bog'ida joylashgan va 1696 kvadrat metrni tashkil qiladi.

@engyokibirinchi | Instagram
8.8K views14:35
Ochish/sharhlash
2022-04-10 13:20:15
Dunyodagi eng katta bolalar aravachasi.

Chikagoda joylashgan Kolcraft Enterprises kompaniya egasi Tom Koltun va uning sherigi yangi modelni targ'ib qilish uchun dunyodagi eng katta bolalar aravachasini ishlab chiqdilar. Aravachani tayyorlash uchun 8 hafta vaqt ketgan, bu ravachaning asl mahsulotda asosiy farqi 1.38 metr balandligida qolgan barcha funksialari bir xil.

Kompaniya bu aravachani yaratishidagi asosiy maqsadi ota-onalarga aravachada o'tirib ko'rib, bolalari qanchalik qo'lay o'tirganini his qilish uchun ishlab chiqilganini aytishgan. Hozirda bu bahaybat aravacha kompaniyaning Illinoys shtatidagi shtab-kvartirasida saqlanadi va aravachani siz ham bemalol sinab ko'rishingiz mumkin.

@engyokibirinchi | Instagram
6.5K views10:20
Ochish/sharhlash