Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-06-04 13:55:27
Eng qiziqarli tush kuradigan insonlar.

Biz hayotimizning uchdan bir qismini uxlash bilan o'tkazamiz va shu vaqt ichida tush ko'ramiz. Nima uchun tush ko'rishimizni tushuntirish uchun ko'plab nazariyalar mavjud bo'lsa-da, hech kim ularning maqsadini yoki tushlar nimani anglatishini hali to'liq tushunmaydi. Ba'zi tadqiqotchilar ular ramziy ma'noga ega deb hisoblashadi, boshqalari esa tushlarning uyg'onish bilan bog'liqligiga ishonishadi.

Olimlar ta'kidlashicha, deyarli har bir kishi uxlayotganida tush ko'radi va bu tushlar maftunkor, hayajonli, dahshatli yoki shunchaki g'alati bo'lishi mumkin. Olimlar, bilimli odamlar ya'ni IQ darajasi yuqori bo'lganlar qiziqarli tushlar ko‘rishadi va ularning tushlari yorqinroq va uzoqroq davom etishini isbotlashgan. Agar sizning ham tushlaringiz qiziqarli bo'lsa bilingki siz ham aqlli insonsiz.

@engyokibirinchi | Instagram
2.8K views10:55
Ochish/sharhlash
2022-06-04 09:05:35
Eng katta harbiy byudjetga ega davlatlarlar ro‘yxati

1 – o‘rin AQSH $801 mlrd.;
2 – o‘rin Xitoy $293 mlrd.;
3 – o‘rin Hindiston $76,6 mlrd.;
4 – o‘rin Buyuk Biritaniya $68,4 mlrd.;
5 – o‘rin Rossiya $65,9 mlrd.

Qolgan 3ta davlat katta farq bo‘lmagan xolda o‘rtacha $56 mlrd byudjet bilan
6 – o‘rinda Fransiya,
7 – o‘rinda Germaniya va
8 – o‘rinda Saudiya Arabiston ro‘yxatdan joy olgan.
9 – o'rinda Yaponiya $54,1 mlrd
10 — o'rinda Janubiy Koreya $50,2 mlrd.

@engyokibirinchi | Instagram
3.6K views06:05
Ochish/sharhlash
2022-06-03 20:35:30
O‘zbek so‘mi birinchi marta grafik belgiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Markaziy banki milliy valyuta belgisini yaratish bo‘yicha “So‘m belgisi” tanlovini e’lon qilgan edi. Tanlov natijalariga ko‘ra so‘mning o‘ziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha sifatida Jumagaldiyev Sarvar tomonidan ishlangan grafik belgi tanlab olindi. So‘m ramzini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov joriy yilning 8-fevralidan 31-martiga qadar o‘tkazilgan edi. Tanlovga 17 mingdan ortiq arizalar yuborilgan.

Ko‘plab boshqa valyutalardan farqli o‘laroq, o‘zbek so‘mining grafik belgisi mavjud emas va bo‘lmagan ham. Qisqartma sifatida “so‘m” yoki “sum” so‘zlari, UZS harflaridan iborat belgidan foydalanib kelingan. Endi maxsus belgiga ega bo'ldim deganda u ham tarmoqda ko'plab tanqidiy fikrlarga sabab bo'lmoqda. Dunyodagi eng mashhur valyuta belgisi dollar hisoblanib, u XVIII asrning 70-yillari oxirida rasmiy yozishmalarda paydo bo‘lgan.

@engyokibirinchi | Instagram
2.5K views17:35
Ochish/sharhlash
2022-06-03 19:03:55
2022-yilning birinchi yarmida qoʻshiqlari eng koʻp tinglangan xonanda.

Kanadalik xonanda Dreyk 2022-yilning birinchi yarmida qoʻshiqlari eng koʻp tinglangan xonanda deb tan olindi. Maʼlum boʻlishicha, uning qoʻshiqlari tinglovchilar tomonidan turli musiqa servislarida 3 milliard marta eshitilgan. Reytingdagi ikkinchi oʻrinni YoungBoy Never Broke Again (2,8 mlrd), uchinchi oʻrinni Teylor Svift (2,5 mlrd marta).

Toʻrtinchi oʻrinni esa Juice WRLD (2,2 milliard marta tinglangan) egallagan. Kuchli beshtalikni qoʻshiqlari 2 milliard marta eshitilgan The Weeknd yopib bergan. Oltinchi oʻrinni amerikalik reper Kanye Uest (1,9 milliard marta tinglangan) band etdi. 7-oʻrindan Lil Durk, 8-oʻrindan Morgan Wallen, 9-oʻrindan esa Eminem joy olgan.

@engyokibirinchi | Instagram
3.0K views16:03
Ochish/sharhlash
2022-06-03 18:28:53
Китоб жавонингизни бирданига элликта, энг талабгир китоблар билан бойитишга нима дейсиз? Тағин бунда супер чегирма таклиф этилса-чи?

Ҳа, Asaxiy сизга шундай имкониятни тақдим этади: фақат уч кун давом этувчи супер чегирмада сиз халқ кўнглидан жой олган 50 та машҳур китобни атиги 999 000 сўм эвазига олишингиз мумкин.

Китоблар рўйхати: https://asaxiy.uz/s/pcJKcspAVZ

Айтганча, тўплам хонадонингиз, ўқиган мактабингиз ёки шунчаки ким учундир ажойиб совға бўлиши мумкин. Ҳадяни Республиканинг хоҳлаган ҳудудига, ҳатто энг чекка қишлоқларга ҳам бепул етказамиз.

Тўпламни муддатли тўловга ҳам харид қилишингиз мумкин. Шуниси анча қулай: оилавий кутубхонани бирданига бойитасиз, ҳақини эса 116 600 Сўмдан 12 ой давомида тўлайсиз.

Буюртма бериш:
Сайт орқали: https://asaxiy.uz/s/pcJKcspAVZ
Телеграм орқали: @asaxiybot


Бизни телеграмда кузатинг: @asaxiybooks
2.8K views15:28
Ochish/sharhlash
2022-05-31 10:38:01
Tezlik haqida eng qiziqarli faktlar.

— Ma’lum bo‘lgan eng katta tezlik – yorug‘lik tezligidir
— Dunyodagi eng sekin sutemizuvchi bu yalqo . U daqiqasiga taxminan ikki metr tezlikda harakat qiladi.
— Inson erishgan eng yuqori tezlik 39 897 km/soat.
— Sayyoramizdagi eng tezkor jonzot bu lochin.
— Yerdagi eng kuchli shamollar Antarktidada, Viktoriya vodiysida esadi. U yerda shamol tezligi sekundiga 215 metrga etadi.
— Quruqlikdagi eng tezkor jonzot gepard.
— Yugurgan odam erishgan eng yuqori tezlik 48,7 km/soat.
— Eng tez baliq yelkanli baliq.
— Dunyodagi eng tez mototsikl Suzuki Hayabusa.
— Eng tezkor avtomobil Bugatti Veyron Super Sport.
— Dunyodagi eng tezkor samolyot X-43A eksperimental dron.

@engyokibirinchi | Instagram
3.3K views07:38
Ochish/sharhlash
2022-05-30 10:26:02
Eng mashhur parashyutchi

Butun hayotini sakrashga bag‘ishlagan Avstriyalik parashyutchi Feliks Baumgartner 2012-yilning 14-oktyabr kuni 39 000 metr balandlikdan sakrab, tovush tezligidan yuqori tezlikda harakatlanib, bir vaqtning o‘zida bir nechta rekordlarni o‘rnatgan. Feliksda stratosferadan yer tomon parvoz paytida faqat himoya kostyumi va parashyut bo‘lgan.

Feliks stratosferaga ko‘targan stratostat AQShdagi Rosvel havo kuchlari bazasidan uchirilgan. Parashyutdan sakrashni 16 yoshida boshlab, 43 yoshida “qo‘rqmas Feliks” laqabi bilan eng mashhur parashyutchiga aylangan. Stratosferadan sakraganidan so‘ng, professional faoliyatini yakunlagan Sportchi hayoti davomida 1500 marta balandlikdan sakrashni amalga oshirgan. 6 ta jahon rekordiga ega.

@engyokibirinchi | Instagram
3.2K views07:26
Ochish/sharhlash
2022-05-29 10:23:35
2022-yilning eng nufuzli odami.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “Time” jurnali mushtariylari tomonidan 2022-yilning eng nufuzli odami deb topildi. Reytingdagi ikkinchi oʻrinni “Tesla” va “SpaceX” rahbari Ilon Mask, uchinchi oʻrinni esa Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson egallagan.

“Time” nashri yilning eng nufuzli 100 ta shaxsini aniqlash uchun mushtariylar oʻrtasida soʻrovnoma eʼlon qilgan. Oʻquvchilarning 3,3 million nafari oʻz ovozini Ukraina prezidenti uchun qoldirgan.Oʻtgan yili reytingdagi yetakchilik Ilon Maskka tegishli boʻlgan, 2022-yilda esa oʻz oʻrnini Zelenskiyga boʻshatib bergan. Uchinchi oʻrinni band etgan Boris Jonson uchun mushtariylarning 3,4%i oʻz ovozini qoldirgan.

@engyokibirinchi | Instagram
3.4K views07:23
Ochish/sharhlash
2022-05-21 06:31:01
Kompyuter o‘yinlarini bolalar uchun eng foydali tomonlari.

Farzand sog‘lom o‘sishi va rivojlanishida uning taomlanishi, do‘stlari, bilim olishi bilan bir qatorda qiziqishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda ko‘pchilik bolalarning qizishi bu kompyuter o‘yinlari bo‘lib, uning zarar ekanligi ko‘p takrorlanadi. 

Tanganing ikki tarafi bo‘lgani kabi, ushbu o‘yinlarning ham zarari bilan bir qatorda foydali jihatlari ham bor. Birinchi o‘rinda u yangi bilimlarni o‘zlashtirish darajasini oshiradi. Xotirani yaxshilaydi – o‘yin o‘ynash jarayonida buyumlar va odamlarning holatiga diqqat qilishni o‘rganadi. Kompyuterdagi o‘yinlarni klaviatura va sichqoncha yordamida o‘ynagani uchun qo‘lning mayda motorikalari yaxshi rivojlanadi.

@engyokibirinchi | Instagram
3.5K views03:31
Ochish/sharhlash
2022-05-20 18:01:33
Venesuelalik qariya dunyodagi eng keksa erkak deb topildi

Venesuelalik 112 yoshli Xuan Vinsente Mora dunyodagi eng keksa erkak deb topildi. Uning ismi Ginness rekordlari kitobida rasman qayd etilgan. Xuan Vinsente Mora 1909-yilning 27-may kunida koʻp farzandli oilada tavallud topgan, uzoq yillar davomida fermer boʻlib ishlagan. 1937-yilda uylangan, rafiqasi 1997-yilda vafot etgan.

Rekordchining 11 nafar farzandi, 41 ta nabirasi, 18 ta chevarasi va 12 ta evarasi bor. Rekordchi bir necha kundan keyin 113 yoshni qarshilaydi. Xuan Vinsente Mora oʻzidan avvalgi rekordchi – ispaniyalik Saturnino de la Fuente Garsiyaning vafotidan keyin Yer sayyorasining eng keksa erkak deb tan olingan. Fuente Garsiya joriy yilning 18-yanvar kuni 112 yoshida vafot etgandi.

@engyokibirinchi | Instagram
2.7K views15:01
Ochish/sharhlash