Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.08K
Kanalning ta’rifi

«O'qish - o'sish demakdir»
Loyihalar:
📼 Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
🧲 Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656
Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.
Aloqa: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-06-09 21:47:42 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №176 mutolaa uchun Vilyam Shekspirning "Qirol Lir" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 10-iyun, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
6.0K views18:47
Ochish/sharhlash
2023-06-09 10:40:11 Qachon xalq bo‘lasan, ey sen, olomon!

Amerika yo Yevropada yahudiylardan birortasi harakat qilib bir restoran ochsa, o‘sha shahar va yaqin atrofdagi barcha yahudiylar iloji boricha faqat shuning restoranida ovqatlanib, yana do‘stlari- tanishlarini ham shu restoranga sudrab olib kelib, xullas, mijozlar topib, yangi biznes boshlagan millatdoshining oyoqqa turib olishiga yordam berarkan.
Agar o‘zbek bir restoran ochsa, yetti mahallasi, eng uzoq qarindoshi va 20 yil oldin bir maktabda o‘qigan maktabdoshi ham "qani, mendan pul olarmikan" deb turadi, negadir.
Xuddi shu kabi, agar birov qiynalib, qarz- havola qilib uy yoki mashina sotib olsa, yaqinu uzoq tanishlari "qachon yuvasan?" deb yetib keladi.
Madinada mashinasiz yashab bo‘lmaydi - bu yerda metro, avtovus kabi jamoat transportlari yo‘q, arzon bo‘lsayam mashina olvolmasa, odam juda qiynaladi. Kuni kecha bir qozog‘istonlik ukamiz mashina olgan ekan, shu yuvish haqidagi ahmoqona gap chiqqandi, sizlar buning uyiga bir oy ovqat chiqarib turinglar endi, bechora hamma pulini sarflab yubordi mashinaga, ahvoli yomon, desam, gapimga hayron bo‘lishdi.
Nega biz shundaymiz? Nega "o‘ligimizni" birovga tashlab, boshqalardan talab qilib, birovlarni qurbon qilish yashaymiz.
Men asli buni yozayotganim sabablaridan biri, ijtimoiy tarmoqlarda imomlar haqni gapirmaydi, jurnalistlar haqni gapirmaydi, ahli ilmlar haqni gapirmaydi, degan ayblovlarni ko‘p eshitamiz.
O‘ylab ko‘rmaysanmi, ey nodon, agar u gapirsa, ishdan olinadi, o‘rniga bir vijdonsiz kelsa, ahvol badtar bo‘ladi. Haq degani faqat muammoli mavzular, ro‘molu bolalarning masjidga kirishi kabilardan iborat emas-ku, ahmoq! Gapira olganini gapirsin, haqning boshqa muhimroq va bular gapira oladigan qismi ham kam emas-ku!
Gapira olmaydiganingiz, gapirsangiz sizga zarar yetadiganini gapirmang, mana biz gapiramiz, deyishimiz kerakmasmidi?! Axir bir imomga bo‘ladigan bosim va nazorat shu ijtimoiy tarmoqni "gullatayotgan" bu shovvozlarga, xususan, nomi noma’lum profil egalariga bo‘layotgan bosim bilan bir xil emas, nahotki shuni o‘ylamasak?!!
Nega endi har bir vijdonli kishini qurbon qilib, ta’ziyasida o‘tirishni yaxshi ko‘ramiz? Nega endi biz o‘sha imomlarga hurriyatni ta’minlab bermadik, biz adolatli jamiyat qurib berolmadik, deb o‘zimizni ayblamaymiz?! Axir siyosiy muammolarning siyosiy yechimlari bu imomlarning qo‘lida emas-ku! Nega o‘zimiz xalq bo‘lib chiqib, shu muammolarni hal qilmayapmiz shunchalik haqiqatparvar ekanmiz?!
Yillab o‘qib, ilm olgan imom xalqiga tavhidni, islom ruknlarini, namoz, ro‘za, zakot, haj, ota-onaga yaxshilik qilish, shirk va gunohi kabiralardan uzoq bo‘lish kabi Jannat va Jahannamdan biriga olib kiruvchi eng muhim masalalarni yetkazish o‘rniga, biz- xalqning, olomonning, jamiyatning sustligi, siyosiy nofaolligi sabab paydo bo‘lgan hijob kabi muammoli ishni gapirib, ishdan haydalsa, SHU XALQQA FOYDALIROQMI?
Hayvonlar ham bir-biriga yordam beradilar, kofirlar ham bir-biriga yordam beradilar.
Ey musulmonlar, endi har bir ishni bir-birimizdan talab qilishni bas qilaylik. O‘zimiz bajaraylik! Biror solih kishi davlat ishida yoki biror mas’uliyatli ishda ishlashini bilsak, og‘ir ish bilan uning belini sindirishga emas, unga yordam berib, yanayam o‘stirishga harakat qilaylik.
Uzoqni o‘ylaydigan, uzoqni ko‘ra oladigan bo‘laylik!
Shu o‘rinda, Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostonidagi bir bayt esimga tushib ketdi:

Shoir bo‘lsang,
Bo‘lsin qalbing
Elga qurbon bo‘lgudek.
Shoir bo‘lsang,
Bo‘lsin xalqing
Senga qalqon bo‘lgudek!


So‘zim oxirida aytadiganim, imomlar gapirmaydi deb malomat qilib yuradiganlar, qani endi gapirib ishidan haydalganlarni bir ziyorat qilib qo‘yinglar. O‘ylab ko‘ringlar, ishlab turgani yaxshimidi yo endi mehrobda boshqasi turgani chindan ham o‘sha masjid ahli uchun foydaliroqmi?
Alloh bizlarga hikmat bersin! Olomon emas, xalq bo‘lmog‘imizni nasib etsin! Birodarlarimizga suyanch bo‘ladiganlardan qilsin, malomatchilardan emas!

23.07.2018y

- Mahmud Usmon

@e_kutubxona
6.8K views07:40
Ochish/sharhlash
2023-05-14 16:39:15 Bo‘ri va eshak haqida masal

Bir kuni bo‘ri bilan eshak maysaning rangi borasida tortishib qolibdi. Eshak maysaning rangini sariq desa, bo‘ri yashil der ekan. Ular ko‘p tortishibdi. Hech kelisha olishmagach, masalani hal qilib berish uchun o‘rmon podshohining oldiga borishga qaror qilishibdi. Muhokama boshlanibdi. Ikkisi ham o‘zining hujjat-isbotini keltiribdi. Hukm chiqarish paytida hamma adolatli hukmni intiqlik bilan kutishar edi. Sher mahkamaga hozir bo‘lganlarning umidlarini chippakka chiqarib, bo‘riga bir oy qamoq jazosi hukm qildi. Eshakni esa aybsiz deb hukm qildi.
Bo‘ri e’tiroz bildirib: “Janob, maysaning rangi yashil emasmi?”, debdi.
Sher: “Ha, yashil”, debdi.
Bo‘ri: “Unday bo‘lsa, nima uchun menga qamoq jazosi ta’yinladingiz?, axir, men xato qilmadimku!”, debdi.
Sher: “To‘g‘ri, sen maysaning rangida xato qilmading, lekin bunday masalada eshak bilan bahslashib xato qilding. Bundan keyin senga ibrat bo‘lishi, hamda tushunmaydigan befahmlar bilan tortishmasliging uchun senga qamoq jazosini tayinladim”, degan ekan.

@e_kutubxona
3.3K views13:39
Ochish/sharhlash
2023-05-12 17:43:26
#Hurriyat

"Mustabid eng qattiq qo‘rqadigan narsa, insonlar hurriyatni hayotdan ham afzal ekanini anglashlaridir".

- Abdurrohman Kavokibiy rohimahulloh.

@e_kutubxona
3.6K views14:43
Ochish/sharhlash
2023-05-11 19:23:29 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №174 mutolaa uchun Shuhratning "Oltin zanglamas" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 13-may, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
3.7K views16:23
Ochish/sharhlash
2023-05-11 12:00:05 #Mamlakatlar_tanazzuli_sabablari

Odamlarning qanday iqtisodiy institutlar asosida yashashini siyosiy jarayon hal qiladi, bu jarayon qanday kechishini esa siyosiy institutlar belgilaydi. Masalan, fuqarolarning siyosatchilarni nazorat qilish va ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatlarini mamlakatning siyosiy institutlari belgilaydi. Bu esa, o‘z navbatida, siyosatchilarning fuqarolar vakili ekani yoki yo‘qligi, shaxsiy boyliklarini ko‘paytirish hamda aholiga zarar keltirib, o‘z manfaatlari himoyasida ishonib topshirilgan (balki egallab olingan) vakolatni suiiste’mol qilishi masalasini aniqlab beradi. Siyosiy institutlarga konstitusiya va jamiyatning demokratik yoki gayridemokratik ekanligi kiradi, lekin siyosiy institutlar shular bilangina cheklanmaydi. Davlatning jamiyatni tartibga solish va boshqarish qudrati, layoqati ham shular sirasiga kiradi. Bundan tashqari, siyosiy hokimiyatning jamiyatda qanday taqsimlanishini, ayniqsa, turli guruhlarning o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida yoki boshqa guruhlar maqsadlariga erishishining oldini olish uchun birgalikda harakat qila olish imkoniyatini belgilab beruvchi omillarni yanada kengroq mulohaza qilish ham muhim.
Modomiki, institutlar kishilarning xatti-harakatlari va intilishlariga ta’sir ko‘rsatar ekan, ular mamlakatlarni taraqqiyot yoki tanazzul sari yetaklaydi.
Shaxsiy iqtidor jamiyatning har qanday jabhasida muhim, ammo uni ijobiy shaklda yuzaga chiqarish uchun sharoit bo‘lishi kerak.


- Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari"

@e_kutubxona
1.2K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-05-10 15:00:05 ​​​​​​​#Kuchsizlar_kuchi

Gʻavvoslikning muhim bir qoidasi bor, unga ko‘ra chuqur suv tubiga sho‘ng‘igan inson suv yuzasiga ko‘tarilayotganda qat’iy tartib va qoidalarga amal qilishi kerak, agar amal qilmasa vafot etishi mumkin. Bu “dekompressiya” deyiladi. Ayni jarayon siyosatda ham kuzatiladi: ma’lum bir totalitar rejim tubidan adolatlik hayotga ko‘tarilayotgan jamiyat ham siyosiy dekompressiya (destalinizatsiya, dekolonizatsiya va h.k.) talablariga rioya qilishi kerak. Agar rioya qilinmasa eski rejim asoratlaridan aslo qutulib bo‘lmaydi, balki u yana qaytalaydi. 

— Vatslav Gavel. "Kuchsizlar kuchi"

@e_kutubxona
2.2K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-05-09 18:14:18 #Vatandoshlik_dasturi

Asoslantirilmagan avtoritet egalari, gumashtalari yordami va yolg‘on asosida bir-birining yo‘lini tozalab, shuningdek, o‘z va o‘zgalar sirini saqlab [kompromat yig‘ib] iqtidorga keladi va hokimiyatga kavsharlanadi.
Mana "tanlov" oqibatlariga bir misol: mas’uliyatli faoliyat yuritish sifatiga ega bo‘lmagan, lekin qarorlarni shakllantiruvchi kengashlarga o‘g‘rincha kirib qolgan shaxslar, o‘z saviyasiga monand mansabdorlarni tanlaydi, ular esa o‘z navbatida huddi shunday maslahatchilarni topadi va hokazo.

Ikkita chiqish yo‘li bor:
• yoki byurokratiya davlatni yo‘q qiladi, xalq esa qo‘l siltab ("hech narsa menga bog‘lik emas, chiranishdan ham foyda yo‘q, chunki "tayog‘ing bo‘lmasa, nog‘ara foyda bermaydi" deb) qolaveradi.
• yoki vatandoshlar yig‘ilib, qo‘rqmasdan, noliyvermasdan byurokratiyani yengadi. Xalol, professional, beg‘araz va izchil bo‘lish talab qilinadi. Bunga faqat Vatanini sevadigan va hurmat qiladigan vatandosh qodir.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

@e_kutubxona
2.7K viewsedited  15:14
Ochish/sharhlash
2023-05-09 07:14:20 "Kitobxonlar"

Hazramiy aytadi:
"Bir paytlar Qurtubada yashadim. Bir kuni kitob bozoriga kirdim. O‘zim uchun muhim bir kitobni qidirib yurgan edim, nogoh oldimdan o‘sha kitob chiqib qoldi. Nihoyatda go‘zal xat bilan, ajoyib sharhlar bilan yozilgan edi. Juda ham qattiq xursand bo‘ldim. Unga kattaroq narx aytdim. Sotuvchi bir kishi mendan ziyodaroq narx aytganini takrorlayverdi. Kitobning narxi haddan oshib ketdi. Shunda men kitob sotuvchisiga dedim:
- Kim ekan u, bu kitobni shuncha qimmatga oladigan? Kitobning narxi haddidan oshib ketdi-ku!
Sotuvchi menga bashang kiyinib olgan bir kishini ko‘rsatdi. Men u kishiga yaqinlashib bordim va dedi:
- Sayyidimiz faqihni Alloh aziz qilsin! Agar bu kitob siz uchun kerak bo‘lsa men olishdan voz kechaman. Narxini juda ham ko‘tarib yubordik!
U kishi dedi:
- Men faqih emasman. U kitobning ichida nima borligini ham bilmayman. Ammo a’yonlar orasida faxrlanish uchun men bir go‘zal kutubxona bino qilganman. O‘sha kutubxonamda bitta kitobga joy bor. Shu kitob juda chiroyli yozilgan ekan. Jildlari ham chiroyli ekan. Menga yoqib qoldi. Shuning uchun puliga parvo qilmayapman. Alhamdulillah Alloh menga ko‘p rizq berib turibdi!
Men unga dedim:
- Subhanalloh! Tishsiz insonga Alloh yong‘oq beribdi-da!

Bir kungina oldin narsalar bilan faxlanish o‘zimizning asrning kasalligi deb o‘ylagan edim. Ammo u juda qadimdan bor ekan. Insonlar barcha asrlarda insonligicha qolaverar ekan. Ularning faqat ismlari o‘zgarar ekan xolos!
Madaniyatni da’vo qiluvchilar juda ko‘p. Bittasi kitob sotib oladi. Uning yonida bir finjon qahvani qo‘yib rasmga tushiradi. Ammo kitobning ichida nima borligini bilmaydi. Bu ijtimoiy obro‘ga, keng tarqagan modaga aylandi. Juda ko‘pchilik shunga mubtalodir!

Ba’zilar iqtisod qiladigan faxrlanuvchidir. Ular suratga olib ovora bo‘lishmaydi. Boshqa faxrlanuvchi tushirgan suratni olib tarqatib qo‘ya qolishadi. Suratning ostiga bu kitobning juda yaxshiligini yozadi. Aslida kitob ichidan bexabar bo‘ladi!
Ba’zilar kitob rasmlarini xuddi ancha zamonlar oldin o‘qib bo‘lgandek qilib qo‘yadi. So‘ngra esa uni bir necha profillarda ko‘rasan.
Tabiiyki, men kitob bilan qahva suratini qo‘yishga qarshi emasman. Yoki kitob haqida go‘zal iqtiboslar qo‘yishga ham qarshi emasman. Bu ishlar go‘zal ishlarga sherik bo‘lishdir. Men qarshi bo‘lgan narsa madaniyatning da’vosidir.

Oq uy tomonidan e’lon qilingan Avraam Linkolnning tarjimai-holida uning qanaqa diplomlar, qanaqa mukofotlar olgani bilan bir qatorda qanaqa kitoblar o‘qigani haqida ham yozishgan ekan. Buni o‘qigan Avraam Linkoln o‘qilgan kitoblar qatorida u o‘qimagan kitoblarni ham qo‘shib ketishganini ko‘rib qoladi. Shunda yordamchisidan tezda o‘sha kitoblarni topib kelishini talab qiladi va ularni o‘qib chiqadi. Kishi uchun qilmagan ishini qildim deyishi ayb ekanligini aytadi!

- Abdulqodir Samarqandiy

@e_kutubxona
3.0K views04:14
Ochish/sharhlash
2023-05-08 16:40:36 Kitobxonlar uchun kichik so‘rovnoma

Siz uchun "Urush haqida yozilgan eng yaxshi kitoblar beshligi" qaysilardan iborat?

Kitob nomlarini tartib raqami asosida quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:
• @rayosat_bot
2.8K views13:40
Ochish/sharhlash