Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.08K
Kanalning ta’rifi

«O'qish - o'sish demakdir»
Loyihalar:
📼 Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
🧲 Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656
Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.
Aloqa: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 26

2022-08-22 16:25:51 Insonning afzaliyati

Abdulloh ibn Muborakdan: «Komil insonlar kimlar?» deb so‘rashdi. «Olimlar», deb javob berdilar. «Podshohlar kim?» deb so‘rashdi so‘ngra. «Zohidlar», deya javob qildilar.
«Pastkashlar kim?» degan savolga esa: «Din nomidan dunyo yeydiganlar», dedilar.
Ibn Muborak olimlardan boshqasini komil inson demadilar. Chunki insonni hayvonlardan ajratib turadigan asosiy xususiyati ham ilmdir. Inson nima bilan sharafli bo‘lsa, o‘sha narsa bilan insondir. Uning afzalligi jismoniy quvvatida emas. Zero, tuya insondan ancha baquvvatdir. Jismning kattaligi bilan ham afzal emas, zero, fil undan kattaroqdir. Afzallik shijoat bilan ham o‘lchanmaydi, chunki yirtqich hayvon undan ko‘ra shijoatliroqdir. Yeb-ichish bilan ham afzal emas, ho‘kizning qorni unikidan kattaroq. Demak, inson faqat ilm uchun yaratilgan.

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona
3.8K views13:25
Ochish/sharhlash
2022-08-22 12:00:11 Kitobxonlar ligasi — 2022..

Musobaqa yakuniy pallaga kirdi.

FINAL

Final yo‘llanmasiga ega bo‘lgan kitobxonlar tarkibi:


- Nodira Toshaliyeva
- Shohsanam Jo‘rayeva
- Dilnura Yuldosheva
- Abdujalil Xojimatov

Final asari:
«Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar» (Ahmad A'zam)

Final sanasi:
30-avgust. 21:00 dan 23:00 gacha



Final ishtirokchilari finaldagi natijasiga qarab quyidagicha mukofotlanadi.

1-o‘rin:
1'000'000 so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami
2-o‘rin: 400'000 so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami
3-o‘rin: 300'000 ming so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami
4-o‘rin: 300'000 ming so‘m yoki shunga tenglashtirilgan kitoblar to‘plami

Yarimfinal natijalari
Chorakfinal natijalari
Guruh bosqichi natijalari
Saralash bosqichi natijalari

♕ @kitobxonlar_ligasi
3.2K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-08-21 12:13:29 Qaysi amal afzal?

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam): «Qaysi amal afzal?» deb so‘rashdi. U zot aytdilarki: «Alloh azza va jallani bilish». So‘ng: «Siz qaysi ilmni iroda qilyapsiz?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Alloh taoloni bilishni».
Shunda: «Biz sizdan amal haqida so‘rasak, ilm haqida aytyapsiz», deyishdi.
Payg‘ambarimiz: «Alloh taoloni tanib qilinadigan ozgina amal manfaatli bo‘ladi, Allohni bilmasdan qilingan ko‘p amallar foyda bermaydi!» dedilar.

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona
3.7K views09:13
Ochish/sharhlash
2022-08-19 17:00:35 O‘zbek adabiyoti
"Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar"
Ahmad A'zam
Roman
3,8 MB
PDF
308 sahifa

@e_kutubxona
4.3K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-08-18 18:40:19 #Hazrat_Umar

O‘sha kunlarda yana bir qiziq voqea sodir bo‘ldi. Hayotlik chog‘idayoq jannatga kirishi xushxabari berilgan Abu Talha ibn Ubaydulloh inisi Usmonning mukofot pulini eshitib, chidab turolmadi.
– Yaxshi bo‘lmapti, mo‘minlar amiri!
– Nima yaxshi bo‘lmapti?
– Siz Anasning o‘g‘li Nazrga ikki ming dirham beribsiz. U tengi yigit esa sakkiz yuz olibdi.
- Abu Talha, sen o‘zingcha haqsan. Lekin senga bir narsani aytib beray. Uhudda Nazrning otasi Anasga duch keldim, u mendan: «Rasulullohning ahvollari qalay?» — deb so‘radi. «Menimcha, shahid bo‘ldilar», - deya javob berdim. U shu zahoti qilichining qinini sindirib: «Payg‘ambar o‘lsa ham, uni yuborgan Alloh o‘lmaydi», - degancha oldinga otildi. Ayni o‘sha payt Usmonning otasi qo‘ylarini boqib yurgan edi. Bundan o‘zing ham xabardorsan. Qani ayt-chi, shunda ham ularni teng ko‘raymi?
Talhaning beradigan javobi yo‘q edi.

- Ahmad Lutfiy Qozonchi. Hazrat Umar (roziyallohu anhu) kitobidan

@e_kutubxona
4.6K views15:40
Ochish/sharhlash
2022-08-18 08:47:40
"Yoqimli ishtaha"

@e_kutubxona
5.1K views05:47
Ochish/sharhlash
2022-08-17 10:00:15 Munozara fahmi

Munozara foydali ilmlar ila mashg‘ul bo‘lgan kishilar bilan qilinishi lozim. Ammo tortishuvchilarning ko‘plari yetuk va zabardast olimlar bilan munozara qilishdan o‘zlarini chetga olishadi. Chunki haqiqat o‘shalarning tilida izhor bo‘lib qolishidan qo‘rqishadi.
Shuning uchun tortishuvchilar faqat ilm darajasi yuqori bo‘lmagan kishilar bilan munozara qilishga o‘ch bo‘lishadi. Zero, ular botil fikrlarini o‘zidan past darajadagi kishilar orasigagina tarqatishlari mumkin.

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona
4.5K viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2022-08-15 11:41:19 Kitobxonlar ligasi — 2022..

Musobaqa yakuniy pallaga kirib bormoqda

YARIMFINAL: Tahlil asarlari, sana va ishtirokchilar tarkibi

05-to‘rtlik.
Tahlil asari: Jinoyat va jazo
16-avgust. 21:00 dan 23:00 gacha

T1.1 - Maftuna Mirzoyeva
T2.2 - Gavhar Mamarasulova
T3.1 - Shohsanam Jo‘rayeva
T4.2 - Nodira Toshaliyeva



06-to‘rtlik.
Tahlil asari: 1984
17-avgust. 21:00 dan 23:00 gacha

T1.2 - Falcon
T2.1 - Shahnoza Jahongirova
T3.2 - Dilnura Yuldosheva
T4.1 - Abdujalil Xojimatov


To‘rtliklarda dastlabki 2 o‘rinni egallagan kitobxonlar FINALga yo‘l oladi.
• Final bahsi 30-avgust kuni o‘tkaziladi.


Chorakfinal natijalari
Guruh bosqichi natijalari

♕ @kitobxonlar_ligasi
5.0K views08:41
Ochish/sharhlash
2022-08-14 18:45:54 Aql ko‘taradigan ilm berish haqida

"Talabaga ilmni uning fahm-farosati ko‘tarishiga qarab berish lozim. Aqli yetmagan narsani o‘rganmasinki, uni ilmdan nafratlantirib qo‘yadi yoki aqlini chalkashtirib yuboradi. Bu borada bashariyatning sayyidi bo‘lgan zotga (sollallohu alayhi vasallam) ergashish lozimdirki, u zot (sollallohu alayhi vasallam): «Biz payg‘ambarlar jamoasi odamlarni o‘z o‘rinlariga qo‘yishga va ularning aqllari yetadigan miqdorda gapirishga buyurilganmiz», deganlar.
Bas, qachonki talabaning haqiqatni anglashga yuzlanganini bilsa, unga haqiqatni sochsin. Zero, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Bir qavmga ularning aqllari yetmagan biror so‘zni gapirgan kishi ularning ba’zilari uchun fitnaga sabab bo‘ladi», deganlar.
Hazrat Ali (r.a.) ko‘ksiga ishora qilaturib, aytganlar: «Albatta, mana bu yerda juda ko‘p ilm bor, koshkiydi unga munosib tolib topolsam». Naqadar to‘g‘ri so‘zlaganlar. Chunki yaxshilarning qalbi sirlarning qabridir".

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona
5.1K views15:45
Ochish/sharhlash
2022-08-11 18:11:32 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №151 muhokama uchun Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 13-avgust, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.
5.8K views15:11
Ochish/sharhlash