Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.08K
Kanalning ta’rifi

«O'qish - o'sish demakdir»
Loyihalar:
📼 Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
🧲 Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656
Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.
Aloqa: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-03-23 17:20:00
Meni kitoblar juda ham jalb qiladi. Ular men uchun ayollardan ham fitnaliroq. Begona ayollardan bir amallab saqlanishim mumkin, ammo begona kitoblardan o‘zimni tiyishimning iloji yo‘q!

- Abdulqodir Samarqandiy

@e_kutubxona
2.9K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-03-22 19:09:05
Ramazon taqvimi (hijriy 1444, milodiy 2023-yil)

@e_kutubxona
1.8K views16:09
Ochish/sharhlash
2023-03-22 16:30:41 Ramazon'ga oid kitoblar mundarijasi:

Ramazon hikmatlari
Imom G‘azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ro‘za sirlari kitobi (PDF)
Imom G‘azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ro‘za sirlari kitobi (APK)
Ro‘za kitobi (PDF)
Ro‘za kitobi (APK)
Ro‘za oyida taomlanish (APK)
Imom Buxoriy, Imom Muslim. Ro'za kitobi (APK)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ramazon va Ro'za (APK)
Mahmud As’ad Jo’shon. Ramazon va taqvo (PDF)
Mahmud As’ad Jo’shon. Ramazon va taqvo (APK)
Ramazon oylarida yuz bergan muhim voqealar (PDF)
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mo‘minning qalqoni. Mufassal ro‘za kitobi (Audio)

@e_kutubxona
2.5K views13:30
Ochish/sharhlash
2023-03-22 14:53:00 #Maqola
Jamshid Muslimov
"G‘oyalar bozori"
Maqola
0,1 MB
PDF
3 sahifa

@e_kutubxona
2.2K views11:53
Ochish/sharhlash
2023-03-21 17:15:17 #Hikmatlar #Gyote

Faqat buyuk insongina insoniyatga xizmat qiladi.

• Go‘zal ayollarni ortiqcha sarf-xarajatlarga o‘rgatmaslik zarur, aks holda ularni tiyib bo‘lmaydi.

• Har bir kimsa tug‘ma qobiliyatiga mos, qo‘lidan kelgan hunari bilan shug‘ullansa va boshqalarning ishiga xalaqit bermasa, juda oqilona ish bo‘lur edi. Etikdo‘z poyabzal tiksin, dehqon omoch tortsin, hukmdor xalq manfaatini ko‘zlab boshqarsin.

• Daraxtda aynan bir xildagi ikkita bargni topib bo‘lmaydi deyishadi, shunga o‘xshash, minglab kishilar orasida fikrlash tarzi aynan bir xil bo‘lgan ikki odamni topish ham dushvor.

• Muhabbat ideal tushuncha, er-xotinlik esa real tushuncha: real tushunchaning ideal tushuncha bilan aralashib ketishi hech qachon jazosiz qolmaydi.

• Inson qancha teran va jiddiy fikrlasa, keng omma orasida unga shuncha qiyin bo‘ladi.

• Millionlab o‘quvchiga ega bo‘lishni umid qilmagan yozuvchi biron satr ham yozmasligi lozim.

• Har kim nima uchun tug‘ilgan bo‘lsa, o‘sha yumush bilan shug‘ullanishi eng oqilona yechimdir.


- Gyote. "Hikmatlar"

@e_kutubxona
1.1K views14:15
Ochish/sharhlash
2023-03-20 20:38:18
#Keltirma

@e_kutubxona
894 views17:38
Ochish/sharhlash
2023-03-19 09:21:02 Ziyoli odam kim?

Ziyoli odam haqida gapirishdan oldin Ziyo ahlining namoyandalaridan boshlash to‘g‘ri kelyapti. Ziyolilik komil andozalarini aniqlashtirib olgach, shaxsning o‘z zamoni, makoni va imkoniyatidan kelib chiqa oladigan ziyolilik haqida gapirish mumkin bo‘ladi.

Ziyoning komil ahli

1. Ziyoning komil ahli - payg‘ambarlardir. Ular ifoda etgan Ziyo bu bevosita Yaratgan Zotdan kelgan Haqiqatdir.  Payg‘ambarlar Xudoning topshirig‘i bilan yetkazish kerak bo‘lgan narsani yetkazar edilar.
Payg‘ambarlarning ayrimlari to‘g‘ridan to‘g‘ri podshoxlarga da’vat bilan chiqishdi, ayrimlari podshoxga vazir bo‘ldi, qaysilaridir podshoxlik ham qildi, boshqalari zodagon yo‘lboshchilarni haqqa chaqirgan bo‘lsa, yana boshqalari oddiy odamlar ichida bo‘ldi.
Payg‘ambarlar o‘z risolatlarini ado etishdi. Bu yo‘lda qo‘rquv va shahvatlarni chetga surib, o‘z burchlarini ado etdilar. Payg‘ambarlar zo‘ravon hukmdorlar va johil olomon injiqliklariga bo‘yso‘nmaydigan shaxslar edi. Allohning salomi va salovotlari bo‘lsin barcha payg‘ambarlarga.

2. Muqaddas Kitoblardan payg‘ambar bo‘lmagan ammo payg‘ambarlar keltirgan haqiqatlar uchun jonbozlik qilgan odamlar haqida xabarlar bor, bular: siddiqlar, shahidlar va solihlar. Alloh ulardan rozi bo‘lsin.


Endi xalqlar ichidan chiqqan turli ziyolilar misollarini keltiramiz (Oydinlar, intellektuallar, intelligenisiya)

• Haqiqat va adolat nisbiy narsalar emasligini o‘z xalqiga uqtirmoqchi bo‘lgan suqrotlar;

• Adolatli davlatni hikmat va aql bilan barpo qilishga ishongan nizomulmulklar;

• Hukmdorlar oddiy xalq bilan bo‘lishi lozimligini uqtirgan makiavellilar;

• Xalqini istiqlolga yetaklagan gandilar;

• Xalqni jaholat botqog‘idan olib chiqqan jadidlar;

• Mustabid tuzumni ochiq inkor qilgan antifashistlar va dissidentlar;

• Mazlumlar huquqlari uchun kurashgan martin-lyuter-kinglar va malkolm ikslar... va hokazolar...


Ziyo ahlining risolat va umuminsoniy toifalarini birlashtiruvchi sifatlarida to‘xtalaman:

1. Erkin tafakkurga ega bo‘lish;

2. Vijdon amri bilan ish tutish;

3. Haqiqat va adolatni oliy qadriyat deb bilish;

4. Aql va irodani mana shu qadriyatlarga bo‘yso‘ndirish;

5. Zulmga qarshi turish, zulmni hech qaysi tarafdan qo‘llamaslik;

6. Mazlumlar taraf bo‘lish va mazlumlar tarafini quvvatlash;

7. Odamlarga fikriy va amaliy o‘rnak ko‘rsatadigan murabbiy bo‘lish;

8. Yaqinlari, omma va hukumdorlarga yoqimsiz ko‘rinsa ham haqiqatni aytish;

9. Muammolar asosiy sabablari va yechimlarini ko‘ra bilish va e’tiborni shunga qaratish.


Kimdir ziyoli deb bu o‘z sohasi eksperti bo‘lgan, kasbi bilan foyda keltirdiganlar deb aytdi. Bu fikrga qo‘shila olmayman. Mutaxassis bo‘lish har qanday odam uchun amaliy va fikriy quvvatni ta’minlaydi. Ammo unutmaslik kerakki, bu quvvatni behudaga isrof qilish va xatto zulmga ishlatishi ham mumkin. Bunga ko‘p misollarni bilamiz. Mutaxassis yo olimda zehniy imkoniyatlari kengroq bo‘ladi va shuning uchun uning harakatlari samaraliroq bo‘lishi mumkin, natijasi ko‘proq seziladi. Ammo adolatsizlikka befarq bo‘lsa, haqiqatni oliy tutmasa, Ziyo yo‘lida harakat qilmasa, u shunchaki bilimdon mutaxassis, ziyoli emas.

- Jamshid Muslimov

@e_kutubxona
1.4K views06:21
Ochish/sharhlash
2023-03-18 10:16:53 Goodreads foydalanuvchilari tanlovi bo‘yicha 2022-yilning eng yaxshi kitoblari

Goodreads.com har yili an’anaviy tarzda sayt foydalanuvchilari tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha tanlangan yilning eng yaxshi kitoblari e’lon qilinib kelinadi. Ushbu sayt kitob o‘qishni sevuvchilar uchun ijtimoiy tarmoq hisoblanadi va saytga doimiy tarzda millionlab foydaluvchilar tashrif buyuradi. 2013 yildan buyon ushbu sayt Amazon'ga tegishli. Goodreads 2022-yilda ham turli janrlar va yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi kitoblarni aniqladi.

• Eng yaxshi badiiy asar (Fiction) — «Tomorrow, and Tomorrow, and Tomorrow», Gabrielle Zevin

• Eng yaxshi ilmiy-fantastika (Science Fiction) — «Sea of Tranquility», Emily St. John Mandel

• Eng yaxshi mistik asar, triller — «The Maid», Nita Prose

• Eng yaxshi tarixiy-badiiy asar (Historical Fiction) — «Carrie Soto Is Back», Taylor Jenkins Reid

• Eng yaxshi fentezi — «House of Sky and Breath», Sarah J. Maas

• Eng yaxshi romantik asar — «Book Lovers», Emily Henry

• Xorror (qo‘rqinchli — tahr.) janridagi eng yaxshi asar — «Hidden Pictures», Jason Rekulak

• Eng yaxshi hajviy asar — «The Office BFFs: Tales of The Office from Two Best Friends Who Were There», Jenna Fischer, Angela Kinsey

• Eng yaxshi ilmiy-ommabop asar (Non-fiction) — «Atlas of the Heart: Mapping Meaningful Connection and the Language of Human Experience», Brené Brown

• O‘smirlar va bolalar uchun atalgan eng yaxshi asar — «I Am Quiet: A Story for the Introvert in All of Us», Andie Powers

• Eng yaxshi debyut — «Lessons in Chemistry», Bonnie Garmus

• Yoshlar uchun yozilgan eng yaxshi kitob (Young Adult) — «The Final Gambit», Jennifer Lynn Barnes

• Eng yaxshi memuar, avtobiografik asar — «I’m Glad My Mom Died», Jennette McCurdy

• Yoshlar uchun yozilgan eng yaxshi fentezi — «Gallant», Victoria Schwab

• She’riyat yo‘nalishidagi eng yaxshi kitob — «Call Us What We Carry», Amanda Gorman

@e_kutubxona
2.2K views07:16
Ochish/sharhlash
2023-03-17 08:38:59
Ajabo, bu merosu saodatning baland cho’qqisidan qanday qilib tushib qoldik? Bu xususda o’zimizning ulamolarimizdan so’rasak, «kulli yavmin badtar», «bu xohishi ilohiy» va «qiyomat yaqindir» degan gaplardan boshqasini aytmaydilar. Lekin Qur’oni karimga murojaat qilsak, to’g’ri, yaxshi javobga yuzma-yuz qilib, bizga uni ko’rsatib qo’yadi. Agar shunga ham qanoat qilmasak, unda mana javobi: sabab shuki, o’tgan qavmlarning boshlariga azob yuborildi. (Negaki) har qavm solih amallarini yomon odatlarga alishtirar ekan, Alloh o’z ne’matlarini ulardan tortib olib, o’rniga azob yuborar.

Xo’sh, hozir qaysi dalilni qabul qilamiz? Ulamolarimizning so’zlarini qabul qilib, boshimizga kelgan va kelayotgan har baloni ilohiy rizo deb ketaveramizmi, yo Qur’oni karim farmoyishlarini jon qulog’imiz bilan eshitib, shu baxtsizliklarimizga sabab yomon amallarimizdan deb hisoblaymizmi?!
Bu savolga ham Qur’oni karim kamoli qat'iyat va mahobat bilan javob beradi: «Alloh odamlarga zulm qilmaydi, balki ular o’zlari o’zlariga zulm qiluvchilardandir…» «Sizlarga yetgan har bir musibat o’zlaringizning nosoz fe’lu amallaringizdandir, gunohlaringizning ko’plarini Alloh afv etadi. Agar gunohlaringiz evaziga musibatlar yuborilsa, holingizga voydir! Sizlarning amalingiz tufayli bu dunyo musibatlardan xalos bo’lmas edi. Sizlarga Allohdan o’zga himoyachi madadkor, balolarni daf etuvchi yo’qdir».

- Abdurauf Fitrat. "Najot yo‘li" kitobidan

@e_kutubxona
798 views05:38
Ochish/sharhlash
2023-03-17 08:38:59 #Najot_yoʻli

AHVOLIMIZ BAYONIDA

Hayotning (yakkama-yakka) kurash maydonida va jahon xalqlari orasida islom olamining farsax-farsax orqada qolganligini bayon qilishga ehtiyoj yo’qdir. Biz turkistonlilar esa boshqa islomiy jamiyatlarga nisbatan dunyoi jahon parishonlikka tushib, yo’limizdan adashganmiz. Ajabo, bu parishonlikning sababi nedir?
Turkistonlilarning aksariyati bu savolga javob berishda ikki toifaga bo’linadilar! Millat va vatanlari uchun qayg’urgan bir toifa bu parishonlikni ilmsizlik va tanballik oqibati deb biladi. Haqiqatan ham, tushkunlik va xarobligimizning sabablaridan biri ilmsizlik va harakatsizlikdir. Lekin bularning ham asl sababi, ana o’sha tushkunligimizning asosiy sababidir. Ajabo, bu sabab nima ekan?
Bu masala xususida ikkinchi toifa turkistonlilarning nuqtai nazarini bahs mavzuiga kiritsak, ularning nima deyishlari ma’lum bo’ladi. Orqada qolganligimiz xususida bu tomonning asosiy qismi quyidagi fikrlarni keltiradilar:
Parishonligimiz va tushkunligimizga sabab yo’q, bu ilohiy xohishdir.
Xudo bu dunyoni kofirlar uchun jannat, mo‘minlar uchun do’zax qilib yaratgandir.
Qiyomat yaqindir, musulmonlar bu dunyoda asta-sekin kamayib bormoqdalar.
Hazrat Payg’ambarimiz «kulli yavmin badtar» deb aytganlaridek, musulmonlarning kuni kundan battar bo’lib bormoqda.
Ma’lumki, bu mulohazalar bilkul puch va botildir. Unga javob berish u yoqda tursin, balki ularni eshitmoqlik o’zi to’g’ri emas. Banda ham ma’lum muddat xalq va millatning xarobligi sabablarini izlab topish uchun har tarafga yugurib, ko’p kishini so’roqqa tutdim, ammo hech kimdan qoniqarli javob ola bilmadim. Oqibat, biz turkistonlilarning musulmonligimiz va muqaddas Kitobga ega ekanligimiz va shu Kitobni yagona rahnamoyimiz deb tasdiqdashimiz xotiramga keldi. Endi shu muazzam va mukarram dasturulamal bo’lmish Kitobga tavajjuh qilishdan boshqa chora qolmadi. Bu xususda U (Qur’oni karim) bizga rahnamolik qiladimi-yo’qmi deb, kamoli qalb va vujudi bebizoat ila Qur’oni azim mutolaasiga mashg’ul bo’ldim va matlabimga erishdim. Qur’oni karim avval mening savolimga shu tariqa javob berdi: «Albatta, ne’mat berilgan qavm o’zlarini o’zgartirmagunlaricha Alloh ularning holini o’zgartirmas».

Insof yuzasidan islom olamiga diqqat bilan qarasak: oz sonli arab qabilalari Rasuli alayhissalom hidoyati bilan sharaf topguvchi islom diniga kirib, 23 yil mobaynida, ya’ni Hazrati nabiy zamonlaridan to hazrati Umar vafotlarigacha bo’lgan muddatda dunyoning ikki yirik davlati bo’lgan Eronu Rumni mag’lub qildilar. Shundan bani Umayya xalifaligi asrigacha islom saltanatining hududlari Chin (Xitoy)dan Hindgacha, Misrdan Andalusiyagacha cho’zildi. Ummaviy va abbosiy xalifalari Bag’dodu Andalusiyada ajoyib madrasayu fayzlik maktablar ochdilar. O’z zamonasining olim va fan arboblarini dinu mazhabiga qaramay bir joyda jamladilar. Qisqa vaqt orasida bu ikki ulug’ islom poytaxtlari dunyodagi ilm va ma’rifat markaziga aylandi. Nafaqat turkistonli musulmonlar, balki farangistonli nasroniylar ham ilm tahsili va bilim olib yashash uchun Bag’dodu Andalusiyaga kela boshladilar.
Ajabo, shuncha buyuklik (ne holda?). Shuncha azimat va ulug’lik qaerga yo’qoldi? Nechun ahli islomning dunyoi jahon donishi ilmlarining sharofati shu qadar baxtsizlik va jaholatga duchor bo’ldi?!
Hozir umumiy islom olamining ahvolidan o’tib, o’zimizning (shu kungi) holimizni tadqiq qilsak. Bir vaqtlar mamlakatimiz madaniyat quyoshining mabdai, ma’rifat daryosining manbai sifatida tanilgan edi. Forobiylar, Buxoriylar, Abu Ali ibn Sinolar, Ulug’beklar mamlakatimizni jahon sahnasiga chiqargan edilar. Bizning mamlakatimiz minglab mashhur olimlarni chor-atrofga yetkazib berib, qo’shnilarining ham sharafini ovoza qilib, dunyoga taratgan edi. Sanoatimiz shu darajada edi-ki, xalifalar shuncha azimat va shavkatli bo’lishlariga qaramay, libos, kiyim-kechaklarini bizning mamlakatimizdan olib ketardilar.
691 views05:38
Ochish/sharhlash