Get Mystery Box with random crypto!

Bo‘ri va eshak haqida masal Bir kuni bo‘ri bilan eshak may | Elektron kutubxona

Bo‘ri va eshak haqida masal

Bir kuni bo‘ri bilan eshak maysaning rangi borasida tortishib qolibdi. Eshak maysaning rangini sariq desa, bo‘ri yashil der ekan. Ular ko‘p tortishibdi. Hech kelisha olishmagach, masalani hal qilib berish uchun o‘rmon podshohining oldiga borishga qaror qilishibdi. Muhokama boshlanibdi. Ikkisi ham o‘zining hujjat-isbotini keltiribdi. Hukm chiqarish paytida hamma adolatli hukmni intiqlik bilan kutishar edi. Sher mahkamaga hozir bo‘lganlarning umidlarini chippakka chiqarib, bo‘riga bir oy qamoq jazosi hukm qildi. Eshakni esa aybsiz deb hukm qildi.
Bo‘ri e’tiroz bildirib: “Janob, maysaning rangi yashil emasmi?”, debdi.
Sher: “Ha, yashil”, debdi.
Bo‘ri: “Unday bo‘lsa, nima uchun menga qamoq jazosi ta’yinladingiz?, axir, men xato qilmadimku!”, debdi.
Sher: “To‘g‘ri, sen maysaning rangida xato qilmading, lekin bunday masalada eshak bilan bahslashib xato qilding. Bundan keyin senga ibrat bo‘lishi, hamda tushunmaydigan befahmlar bilan tortishmasliging uchun senga qamoq jazosini tayinladim”, degan ekan.

@e_kutubxona