Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.08K
Kanalning ta’rifi

«O'qish - o'sish demakdir»
Loyihalar:
📼 Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
🧲 Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656
Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.
Aloqa: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-05-08 15:00:04 #Turkiston_qaygʻusi

O‘tmishdagi O‘zbekiston o‘lkasida ming necha yuz yillar davom etgan mustaqil davlatimizdan 1865-yili chor Rusiyasining bosqinchiligi bilan ajragan bo‘lsak ham boshqa ishlarimiz o‘z qo‘limizda edi. Buning ustiga Buxoro, Xorazm hukumatlari esa 1920-yil o‘rtalarigacha saqlanib kelmish edilar. Butun sharoit qo‘llarida bo‘la turib, ongsizlik ofati, siyosat ko‘rligidan yuzlarcha yillab qutilmoqda bo‘lgan bu kabi qulay fursatni bekorga qo‘ldan chiqardilar. Yo‘q esa bu ikki o‘lka birlashib, uning ustiga xalq boyligi va yer boyligi qo‘shilar ekan, vatanimiz Turkistonda milliy va madaniy kuchlik bir davlat qurish qobusi kelmish edi. Biroq baxtimizga qarshi bizda mudofaa quvvati yo‘qligidan o‘z yerimizda g‘arib bo‘lib, o‘z merosimizga ega bo‘la olmadik.
Endi bu o‘rindagi mudofaa quvvati nimadan iborat ekanligini o‘quvchilarga bildirib o‘tmishimiz lozim bo‘ladi. Bosqinchilarga qarshi qo‘yilgan mudofaa quvvati esa shu hozirgi zamonaviy ilm-fan, qurol-jabduqqa ega bo‘lishdan boshqa narsa emasdir. Yalinib-yolvorib bulardan shafqat-marhamat tilamak shaytondan insof-tavfiq umid etmak kabidir. Shunga ko‘ra vatan bolalari
oldimizdagi kelajak kunlarni eskarib, zamonaviy ilm o‘qishga chin ko‘ngillari bilan kirishib, halol meros, o‘z vatanlarini egallash uchun mudofaa tayyorlashga tish-tirnoqlari bilan yopishsinlar.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

@e_kutubxona
3.6K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-05-08 12:00:06 Jahon adabiyoti
Boris Vasilev
"Ro'yxatlarda yo'q edi nomi"
Roman
9,3 MB
PDF
256 sahifa

@e_kutubxona
2.9K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-05-05 18:19:24 "Endi Umarlar yo‘q. Endi Umarlardek munosib ummat ham yo‘q."

Ma’lumki, aksar davlatlar qonunlariga ko‘ra, amaldorlar biznes bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Shuning uchun ularning xotini, farzandi yoki jiyani kompaniyalar ochadi. Biror ish uchun tender o‘tkazilsa, ular yutadi. Sog‘lom raqobat yo‘q qilinadi, monopoliya tashkil qilinadi. Amaldor kursisidan ketgunicha yetti avlodiga yetadigan boylik to‘plab oladi.
Shuning uchun qaysi davlatni qaramang, davlat rahbarlarining farzandlari, jiyanlari va boshqa qarindoshlari shaxsiy biznesiga ega bo‘ladi.
Bu ahvol bizga islom tarixidagi bir voqeani eslatadi.
Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalqning ahvolini bilish uchun bozorga bordilar. Qarasalar, bir tuya boshqalaridan semizroq ekan.
- Bu kimning tuyasi? - deb so‘radilar.
- O‘g‘lingiz Abdullohniki, deyishdi.
Umar roziyallohu anhu qattiq darg‘azab bo‘lib:
- Tez oldimga kelsin!!! - dedilar.
Abdulloh ibn Umar otalarining oldiga shoshilinch yetib keldi.
- Bu sening tuyangmi?
- Ha, ota. Men uni o‘z pulimga xarid qildim. Boqaman, sal katta bo‘lgach, boshqalar kabi sotaman.
- Odamlar tuyangni ko‘rganda mo‘minlar amiri (amirul mo‘minin) o‘g‘lining tuyasiga suv beringlar, mo‘minlar amiri o‘g‘lining tuyasiga yem bering, deyishadi. Oqibatda tuyang hammanikidan semiz, foydang hammanikidan ko‘proq! Shunday emasmi?!
- Balki, otajon - dedi Abdulloh.
Umar roziyallohu anhu hukm qildilar:
- Tuyangni sot, bu ishingga qancha pul tikkan bo‘lsang, o‘shani olib qol, foydaning barchasini musulmonlar baytul moliga  qo‘yib qo‘y!
Endi Umarlar yo‘q. Endi Umarlarga munosib ummat ham yo‘q.
Endi siz bilan biz bormiz, xolos. Ahvolimiz o‘zingizga ayon.
Alloh bizlarga najot bersin!

- Mahmud Usmon

@e_kutubxona
4.5K views15:19
Ochish/sharhlash
2023-05-04 14:00:05 ​​​​​​​#Kuchsizlar_kuchi

Taraqqiyot uchun, avvalo, insonning o‘zi taraqqiy etishi kerak, inson esa taraqqiyotni barpo qiladi.

— Vatslav Gavel. "Kuchsizlar kuchi"

@e_kutubxona
4.2K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-05-03 14:00:04 #Oy_tavsiyalari
May oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari

• Diniy-ma'rifiy:
"Iymon" (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

• Jahon adabiyoti:
"Aka-uka Karamazovlar" (Fyodor Dostoyevskiy)

O‘zbek adabiyoti:
"Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar" (Ahmad A'zam)

• Biografik:
"Mo'jiza sodir bo'lmaydi" (Li Myon Bak)

• Shaxsiy rivojlanish:
"Ulamolar nazdida vaqtning qadri" (Abdul Fattoh Abu G'udda)

Mumtoz:
"Lison ut-tayr" (Alisher Navoiy)

• Tarix:
"Sayyid Nosirxon to‘ra Kosoniy" (Bahrom Irzayev)

• Ilmiy-ommabop:
"Mamlakatlar tanazzuli sabablari" (Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson)

@e_kutubxona
1.7K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-05-03 12:00:06 #Turkiston_qaygʻusi

"Yer aylanib sayohat qilinglar, undagi uchragan narsalarga ibrat ko‘zi bilan qarab foydalaninglardegan Qur’on amricha himmatlik ilm egalari, millatsevar vatan o‘g‘illari imkoniyat boricha ichki-tashqi, ayniqsa, xorijiy
mamlakatlarni sayr-sayohat qilib, ulardan har yoqlama ibrat olishlari albatta lozimdir. Boshqalarni ko‘rib uyg‘onmoq, ulardan ulgu olib himmatlari qo‘zg‘almoq kabi ishlar hamda insoniyat olamida bo‘lish imkoniyatlari bordir.


- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

@e_kutubxona
2.0K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-05-02 18:45:50 KITOBGA QAYTISH
VIJDONGA QAYTISHDIR


Maqoladan parchalar:

Sharq olamida, muqaddas Islom dini ruhida yashagan xalqlar orasida kitob, yozuv, qog‘oz hamisha behad moʻtabar ne’mat hisoblanib kelgan. Shu bois odob risolalarida kitob bor uyda yotmaslik, yotish zarur bo‘lsa, kitobga qarab oyoq uzatmaslik, kitobni xuddi kitobning sohibini, ya’ni muallifini moʻtabar tutgandek moʻtabar tutish ta’lim qilinadi.

Kitobga e’tibor avliyo va alloma zotlar hayotida boshqacha shaklda namoyon bo‘ladi. Tasavvuf buyuklaridan birlari: “Agar karvonning birinchi tuyasiga kitob ortilgan bo‘lsa, men oxirgi tuyaning arqonini tahoratsiz ushlamayman!” – deganlar. Hazrat Nu’mon ibn Sobit Abu Hanifa – Imom A’zam: “Men umrim davomida qog‘oz bozoridan betahorat o‘tmadim”, deganlar. Bundan ma’lum bo‘ladiki, ilgari qog‘oz bozorlari alohida bo‘lgan.

Bu so‘zlar bizning xalqlarimiz kitob ne’matiga qanday buyuk hurmat bilan qaraganlariga dalildir.

Hazrati Abu Iyso Muhammmad Termiziy o‘z tasniflari bo‘lmish “Al-jomi’ as-sahih” (“Sunani Termiziy”) kitobi haqida so‘zlab: “Kimning uyida bu kitobdan bor bo‘lsa, o‘sha uyda hazrat Payg‘ambar (alayhissalom) gapirayotgandek bo‘ladilar”, deganlar. Bu so‘zlar butun dunyo ahliga ma’lum va mashhurdir. Demak, buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan har bir kitob yonida uning aziz muallifi turishini ana shu muborak so‘zdan anglasak bo‘ladi.

Kitob o‘z mavqeiga qarab, qalbni tiriltiruvchi, shu’urni uyg‘otuvchi, haqiqatni bildiruvchi, insonni tarbiyat qiluvchi, jamiyatni poklovchi bir omildir.

Kitobga qaytish vijdonga qaytishdir. Kitobga qaytish haqiqatga, insofga, adolatga, ma’naviyat va ma’rifatga, umuman olganda, hayotga qaytishdir. Kitobsiz hayot ruhsiz hayotdir. Ruhsiz hayot esa o‘limdir.

- Mirzo Kenjabekning
(“Kitobga qaytish vijdonga
qaytishdir”) maqolasidan.

@e_kutubxona
2.6K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-05-01 12:49:16 #Vatandoshlik_dasturi

Ma’muriy choralar — ya’ni qonunlar, qarorlar, turli taqiqlar, buyruqlar va jarimalar, ularni kim qabul qilishidan qat’i nazar, u politsiyachi, inspektor yoki boshqa turdagi mansabdor shaxs yoki idora bo‘ladimi inson xatti-harakatlarining o‘ndan bir qisminigina tartibga soladi xolos.

Ma’muriy nazorat normativ (tartibli va ijobiy) xulq-atvorni kafolatlamaydi. Axloqiy tushunchalar tizimi va ijtimoiy nazorat joriy qilinmas ekan, har bir burchak va butaning orqasiga militsiya xodimi qo‘yib chiqilsa ham, yo‘llarda harakatlanish madaniyatini yaxshilashni umid qilmasa ham bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, "tezliksevar" haydovchilar hajmi ham, mast holda mashina boshqarayotganlar soni ham kamaymaydi.


- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

@e_kutubxona
3.1K views09:49
Ochish/sharhlash
2023-04-30 16:14:27 Ey pul bilan bolalarini olim qilmoqchi bo‘lgan! Qoplab pul sarfla, baribir bolalaringga ilmni sotib ololmaysan! Zero, bu ilm pul bilan olinadigan narsa bo‘lganda edi, uning zarracha qadri bo‘lmasdi!

Axir ko‘rmaysanmi, ahli ilm kishilarning aksari kambag‘al oilalardan chiqqan. Ko‘plab qiyinchiliklar ko‘rgan.

Ilmga mashaqqat bilan erishiladi. Uyqisiz tunlar, ko‘z yoshlar, ustozlar dakkilari, boshlar, oyoqlar, bellar, ko‘zlar og‘rig‘i bilan! Matonat, sabr - bardosh bilan!
Biroq aslo PUL bilan emas! Yalqovlik va tanballik bilan emas!

Shuning uchun ham, "Sahih"ida hadisdan boshqasini zikr qilmagan imom Muslim Yahya ibn Kasirning mana bu so‘zlarini huddi hadislarni keltirgandek keltiradi:

لا يستطاع العلم براحة الجسم

Ma’nosi:

Ilmga jism rohati bilan erishilmaydi!

- Mahmud Usmon

@e_kutubxona
4.0K views13:14
Ochish/sharhlash
2023-04-29 08:17:01 #Turkiston_qaygʻusi

Turkiston xalqi ongsizlik, ilmsizlik kasofatidan shu kabi qulay sharoitlar bo‘la turib ham, bulardan o‘z vaqtida foydalanish yo‘llarini topolmadilar. Ochiq bir maqsadni o‘z oldilariga shart qilib qo‘yib, tashkiliy ravishda ish olib borish uchun harakat qilg‘udek birorta odam yo‘q edi. O‘zlarining kelgusi istiqbollari uchun hech qayg‘urmas edi. Chunki, bu bechora xalq xurofot zulmati, johiliyat botqog‘iga butunlay botgan edi. Bunga shu davrdagi muhit aybdordir. ur’onning "Bilganlar bilan bilmaganlar har to‘g‘rida teng kela olmaydilar", degan hikmatlik so‘zini albatta amalga oshirish kerak edi.
   Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog‘iga botdi? Buning bosh sababi — dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo‘ldilar. O‘zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa bog‘lamadilar, o‘qish-o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uyg‘onish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish imkoniyatlari bo‘lmadi.
Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar sababchidur.


- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

@e_kutubxona
2.0K views05:17
Ochish/sharhlash